O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet31/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

Termorezistiv datchiklar. Xamfri Devi 1821 yildayoq turli metallarning elektr qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lishini sezgan. Vilyam Simens 1871 yilda birinchi platinali rezistiv termometrni yaratgan. 1887 yilda esa Xyu Kallendar o‘zining maqolasida platinali termometrlardan amalda foydalanishni tasvirlab bergan. Termorezistiv datchiklarning yutuqlari yuqori sezgirligi, interfeysli sxemalarni yaratishning oddiyligi va uzoq muddatli barqarorlik bo‘lib hisoblanadi. Bunday datchiklarni uchta guruhga ajratish mumkin: rezistiv harorat datchiklari (RHD), p-n o‘tishli detektorlar va termistorlar.
Rezistiv harorat datchiklari. Bu atama odatda metall detektorlarga taalluqli bo‘ladi, ular simli yoki yupqa plenkali bo‘ladi. Barcha metallar va aksariyat qotishmalarning solishtirma qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lishi sababli ular asosida haroratni o‘lchaydigan sezgir elementlarni ishlash mumkin. Garchi harorat detektorlarini tayyorlash uchun barcha metallar to‘g‘ri kelsada, ushbu maqsadlar uchun asosan faqat platinadan foydalaniladi. Bu uning yaxshi qayta yaratuvchanligi, uzoq muddatli barqarorligi va mustahkamligi bilan izohlanadi. 600 dan yuqori haroratlarni o‘lchash uchun volframli rezistiv datchiklar qo‘llaniladi. Barcha rezistiv harorat datchiklari musbat harorat koeffitsiyentlariga ega. RHD lar bir nechta tipda ishlab chiqariladi:

  1. Yupqa plenkali RHD lar - mos keluvchi taglikka, masalan, kremniy mikromembranaga qoplangan platina yoki uning qotishmalarining yupqa qatlamidan ishlanadi. RHD lar ko‘pincha uzunlikning kenglikka yuqori nisbatini olish uchun serpantin struktura ko‘rinishida ishlanadi.

  2. Simli RHD lar – ularda platina sim keramik trubkaning ichiga o‘ralgan va yuqori haroratbardosh yelim yordamida unga mahkamlangan bo‘ladi. Bunday konstruksiya juda yuqori barqarorlikka ega bo‘lgan datchiklarni tayyorlash imkonini beradi.

Sanoatda past va yuqori haroratlar uchun alohida approksimatsiyalardan foydalanish qabul qilingan. Kallendar-van Dasen platinali detektorning uzatish funksiyasi uchun quyidagi approksimatsion ifodani taklif qilgan:
-200...0 diapazonda:



0...200 diapazonda esa:

(5.17)

(5.18)


A, V va S konstantalar platinaning xususiyatlari bilan belgilanadi. Xuddi o‘sha approksimatsiyani quyidagi ko‘rinishda taqdim qilish mumkin:
(5.19)
Bunda - harorat, larda. A, B va C koeffitsiyentlar esa quyidagicha aniqlanadi:
A=a , B = -a  10-4, C = -a 10-8 (5.20)
ning qiymati detektorni yuqori haroratlarda kalibrlashda olinadi (masalan, ruxning muzlash nuqtasida (419,58 )), koeffitsiyent esa – manfiy haroratda kalibrlashda olinadi.
Odatda RHD lar yuqori aniqlik darajasi bilan laboratoriya sharoitlarida yaratish mumkin bo‘lgan standart haroratlarda kalibrlanadi. Bunday nuqtalarda kalibrlash a va approksimatsiya koeffitsiyentlarini juda aniq aniqlash imkonini beradi.
Simli RHD lar uchun tipik yo‘l qo‘yilishlar 10 MΏ ga teng, bu 0,025 ga mos keladi. O‘lchashlarning yuqori aniqligini ta’minlash uchun RHD ning korpusini uning issiqlik izolyasiyasiga alohida e’tibor qaratish bilan diqqat bilan loyihalash zarur bo‘ladi. Bu o‘lchashlarni yuqori haroratlarda o‘tkazishda ayniqsa muhim bo‘ladi, bunda izolyasiyaning qarshiligi keskin tushadi. Masalan 10-MΏ rezistori 550 haroratda 3 MΏ atrofida xatolikka ega bo‘ladi, bu -0,0075 harorat xatoligiga mos keladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling