O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-seminar mashg‘uloti. Termoelektrik datchiklar


Download 1.83 Mb.
bet34/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

12-seminar mashg‘uloti. Termoelektrik datchiklar
Xaroratni o‘lchashning termoelektrik usuli termoelektrik termometrning ( termoparaning ) termoelektrik yurituvchi kuchi (termo e.yu.k.) xaroratiga boѓlikligiga asoslangan. Bu asbob -2000S dan 2500 0S gacha bo‘lgan xaroratlarni o‘lchashda texnikaning turli soћalari va ilmiy tekshirish ishlarida keng ќo‘llaniladi. Termoelektrik termometrlar yordamida xaroratni o‘lchash 1821 yilda Zeebek tomonidan kashf etilgan termoelektrik xodisalarga asoslangan. Bu xodisalarning xaroratlarni o‘lchashda ќo‘llanilishi ikki ћil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida xaroratlar farќi ћisobiga ћosil bo‘ladigan E.YU.K. effektidan iborat. T.E.YU.K. ћosil bo‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi kamroќ metallga diffuziyasi bilan izoxlanadi. SHu paytda ikki xil metallning birikish joyida paydo bo‘ladigan elektr maydon diffuziyaga ќarshilik ko‘rsatadi. Elektronlarning diffuzion o‘tish tezligi paydo bo‘lgan elektr maydon ta’siridagi ularning ќayta o‘tish tezligiga teng bo‘lganda xarakatli muvozanat ћolati o‘rnatiladi. Bu muvozanatda A va V metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo‘ladi. Elektronlar diffuziyasining intensivligi o‘tkazgichlar birikkan joyning xaroratiga ћam boѓliќ bo‘lgani sababli birinchi va ikkinchi ulanmalarda ћosil bo‘lgan e.yu.k. ћam turlicha bo‘ladi.
Termoelektrik termometrlarni yaratish uchun ishlatiladigan termoelektrod materiallar bir ќator xususiyatlarga ega bo‘lishi shart, chunonchi: issiќќa chidamlilik va mexanikaviy mustaxkamlik; kimeviy inertlik; termoelektr bir xillik; stabillik va termoelektr xarakteristikani tiklash; t.e.yu.k.ning temperaturaga bo‘lgan (chiziќli xarakteristikasiga yaќin va bir ishorali) boѓlanishi; yuќori sezgirlik.
Termoparalarning ќuyidagi turlari mavjud:

  1. Platinarodiy - platina termopara (TPP)- neytral va oksidlanadigan muxitda ishonchli ishlaydi, ammo tiklanish atmosferasida, ayniќsa, metall oksidlari termoparaga yaќin joylashgan erda tez ishdan chiќadi. Metall buѓlari va uglerod (ayniќsa uning oksidi) platinaga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

  2. Platinarodiy (30%- rodiy)- platinarodiy, (6%- rodiy) termopara (TPR- 306 tip). Bu termoparalarning asosiy xususiyati 18000S gacha temperaturani o‘lchash va kichik t.e.yu.k. ga ega bo‘lishdir.

  3. Xromel - alyumel (TXA tip) termopara nodir bo‘lmagan metallardan tayyorlangan termoparalar orasida eng turѓuni ћisoblanadi. Musbat elektrod- xromel (89% Ni; 9,8% Cr; 1% Fe; 0.2% Mn) ќotishmadan, manfiy elektrod- almel esa (94% Ni; 2% Al; 2,5% Mn; 1% Si; 0,5% Fe) ќotishmadan iborat. TXA termopara 1300 0S gacha bo‘lgan temperaturani o‘lchash uchun ќo‘llaniladi. 4.Xromel-kopel termopara (TXK)- turli muxitlarning temperaturasini o‘lchash uchun ishlatiladi. Manfiy elektrod - kopel mis va nikel ќotishmasidan (59% Cu; 44% Ni) iborat. TXK termopara 800 0 S gacha temperaturani o‘lchash uchun ishlatiladi, uning t.e.yu.k. boshќa termoparalarnikiga ќaraganda ancha katta.

5. NK - SA ќotishmalaridan tayyorlangan (TNS tipidagi) termopara erkin uchining temperaturasiga tuzatish kiritishni talab ќilmaydi, chunki 200 0 S gacha temperaturani o‘lchaydigan termoparaning t.e.yu.k. amalda nolga teng. YUќorigi temperatura chegarasi 1000 0 S. Platina gruppasidagi TPP va TPR termoparalari 0,5 eki 1mm diametrda tayerlanib, chinni munchoќ yoki trubka bilan izolyasiyalanadi. TXA, TXK va TNS termoparalar 0,7...3,2 mm diametrlik simdan tayerlanib, sopol munchoќ bilan izolyasiya ќilinadi.
Mexanikaviy tayziќ va o‘lchanaetgan muxit ta’siridan saќlash uchun termopara elektrodi ћimoya armaturasi ichiga olinadi.
YUќorida aytilganidek, termopara bilan temperaturani o‘lchash paytida termoparaning erkin uchlaridagi temperaturaning o‘zgarishiga ќarab tuzatish kiritiladi. Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun elektr ko‘prik sxemalar ќo‘llaniladi

2.33-rasm. Termoelektrik termometrning prinsipial sxemasi.




Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling