O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 1.83 Mb.
|
КОНСТ ЛОТ
r = 1 – ε (4.93)
Stefan-Bolsman qonuni T haroratga ega bo‘lgan yuzadan absolyut nolga teng bo‘lgan haroratga ega bo‘lgan sovuq cheksiz kenglikka nurlatiladigan nurlanishning quvvatini aniqlaydi. Issiqlik nurlanishlarini issiqlik datchiklari bilan detektorlashda datchikdan obyektga nurlanishni ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Issiqlik datchiklari faqatgina issiqlik nurlanishining foydali quvvatini (ya’ni obyektning nurlatish quvvati minus datchikning o‘zining nurlatish quvvati) aniqlashga qodir bo‘ladi. Datchikning obyekt tomonga qaragan yuzasi εs nurlatish qobiliyatiga ega bo‘ladi, va shundan kelib chiqqan holda, uning qaytarish qobiliyati ps = 1 - εs ga teng bo‘ladi. Datchik nurlanishni qisman yutishi sababli butun Fb0 nurlatish quvvati foydali bo‘lib hisoblanmaydi. Quvvatning Fba qismi datchik tomonidan yutiladi, qolgan Fbr qismi obyektga qaytariladi (4.29- rasm). Bu mulohazalarda datchikning yon-atrofida boshqa nurlatish obyektlari yo‘q deb faraz qilinadi. Qaytarilgan nurlanishlar oqimi datchikning qaytarish koeffitsiyentiga proporsional bo‘ladi: Fbr = - ps Fb0 = - Aε(1 - εs)σT4 (4.94) Minus belgi qaytarilgan oqim asosiy nurlanish oqimiga qarama-qarshi yo‘nalganligini bildiradi. Natijada obyektning foydali nurlatish quvvatini quyidagi ifodadan topish mumkin: Fb = Fb0 + Fbr = AεεsσT4 (4.95) O‘zining yuzasining Ts haroratiga bog‘liq ravishda datchik obyektga o‘zining issiqlik oqimini nurlatadi: Fs = - Aεεsσ (4.96) Qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bu ikkita oqim ikkita yuza orasida harakatlanadigan foydali oqimni shakllantiradi: F = Fb + Fs = Aεεsσ (T4 - ) (4.97)
4.27- rasm. Elektromagnitik nurlanish spektri Bu ifoda issiqlik nurlanishining foydali quvvatini chiqish elektr signaliga qayta shakllantiradigan issiqlik datchigining ishini tasvirlaydi. U shuningdek datchik tomonidan yutilgan F issiqlik oqimi bilan obyekt va datchikning absolyut haroratlari o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rnatadi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling