O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet25/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

Issiqlik konveksiyasi. Issiqlik uzatishning boshqa bir usuli konveksiya bo‘lib hisoblanadi. buning uchun oraliq agent (suyuqlik yoki gaz) talab qilinadi, u issiq obyektdan issiqlikni oladi, uni sovuq obyektgacha eltadi, issiqlik energiyasini sovuq obyektga beradi va shundan keyin yangi issiqlik porsiyasi uchun issiq obyektga qaytib keladi (qaytib kelmasligi ham mumkin). Qattiq jismdan harakatlanuvchi agentga yoki harakatlanuvchi agentning ichida issiqlik uzatilishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya tabiiy (og‘irlik kuchlarining ta’siri ostida) yoki sun’iy (mexanik yo‘l bilan amalga oshiriladigan) bo‘lishi mumkin. Havoning tabiiy konveksiyasida uning molekulalariga ikkita kuch – og‘irlik kuchi va itaruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi. Issiq havo o‘zi bilan issiq yuzalardan issiqlikni olib ketish bilan yuqoriga ko‘tariladi. Sovuqroq havo pastga, issiq obyektlarga qarab tushadi. Havoning sun’iy konveksiyasi fen yoki ventilyator yordamida amalga
oshiriladi. U ham qurilmaning ichida haroratning talab qilinadigan darajasini
ushlab turish uchun suyuqlikli termostatlarda tashkil qilinadi. Konveksiya usuli bilan issiqlik uzatilishining samaradorligi oraliq agentning harakatlanish tezligi, harorat gradienti, obyekt yuzasining maydoni va qurshab turuvchi muhitning issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadi. Uning harorati tashqi haroratdan farq qiladigan obyekt issiqlikni oladi yoki beradi, buni issiqlik o‘tkazuvchanlik mexanizmi bo‘yicha issiqlik uzatilishining ifodasiga o‘xshash bo‘lgan tenglama yordamida tasvirlash mumkin:
N = aA (T1 T2) (4.83)
Bunda a – oquvchi muhitning (suyuqlik yoki gaz) solishtirma issiqlik sig‘imi, uning yopishqoqligi va harakatlanish tezligi bilan belgilanadigan konveksiya koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent faqatgina og‘irlik kuchiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, harorat gradientiga ham bog‘liq bo‘ladi. Havoda gorizontal joylashgan plastinka uchun a ning qiymatini quyidagi formula yordamida baholash mumkin:
a = 2,49 , (4.84)
Vertikal joylashgan plastinka uchun esa formula quyidagi ko‘rinishni oladi:

a = 1,77 , (4.85)
Shuni qayd qilish lozimki, bu ifodalar plastinkaning faqat bir tomoni uchun yaroqli bo‘ladi, bu erda plastinka o‘zida cheksiz issiqlik manbaining (ya’ni uning harorati issiqlik yo‘qolishiga bog‘liq bo‘lmaydigan) yuzasini taqdim qiladi, qurshab turuvchi muhit esa doimiy haroratga ega deb faraz qilinadi. Agar havoning hajmi kichik bo‘lsa, masalan, turlicha haroratga ega bo‘lgan ikkita plastinkaning orasidagi havo tiroqishi kichik bo‘lsa, gaz molekulalarining harakati juda cheklangan bo‘lib qoladi, shunda issiqlikning konvektiv uzatilishini hisobga olmaslik mumkin bo‘ladi. Bunday holda issiqlik uzatilishi havoning issiqlik o‘tkazuvchanligi va nurlanish orqali sodir bo‘ladi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling