18-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlarini shakllantirish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa vakolatli davlat organlarining hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining o‘z vakolatlari doirasidagi takliflari inobatga olingan holda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
19-modda. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi
Texnik reglamentlar texnik reglamentlarni ishlab chiqishning tasdiqlanadigan dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar belgilangan tartibda:
texnik reglamentlar ishlab chiqilishi haqidagi xabarlarni e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning guruhlari hamda turlarini belgilaydi;
(19-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilanadigan talablarga muvofiqligini baholash usullarini belgilaydi;
(19-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni kelishib oladi;
ishlab chiqilgan texnik reglamentlardan foydalanish erkinligini ta’minlaydi.
Texnik reglamentlarni ishlab chiquvchilar ishlab chiqilgan texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida ularning muhokama qilinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |