O‘bekiston respublikasi


Afzalliklar koʻp, muammolarchi?


Download 1.56 Mb.
bet7/54
Sana19.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1366629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
СТ лотин

Afzalliklar koʻp, muammolarchi?
Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari koʻp.
Birinchidan, uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.
Ikkinchidan, xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.
Uchinchidan, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi.
Beshinchidan, mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi.
BMTga aʼzo aksar davlatlar JSTga ham aʼzo boʻlib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirgʻiziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozogʻiston 2015-yilda aʼzolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga aʼzolikni “energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash” sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak boʻladi.
Bu oʻrinda tashkilotga aʼzolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida koʻrib chiqish ayni muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan soʻng, ushbu kelishuvlar asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-aʼzo boʻldi. Biroq hukumatga bu borada qator ogʻir va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur boʻlgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish, bank sektori, sugʻurta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur islohotlarni oʻtkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga toʻsiqlarni bartaraf etish shular jumlasidandir.
Koʻrinib turibdiki, Xitoyning JSTga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq asosiy muammo bozorga kirish imkoniyati emas, balki iqtisodiy rejimning shaffofligi, huquqiy, maʼmuriy va institutsional tizimni shakllantirish majburiyatlarini bajarish mexanizmi boʻlgandi.
Muzokaralarning yakuniy bosqichida XXRgayana ushbu vazifalar ham qoʻyildi: eksportni rejalashtirish va eksport-import rejalarini amalga oshirish siyosatini rejalashtirish tizimini bekor qilish; tashqi savdo rejimining shaffofligi, litsenziyalash va kvota tizimi, davlat xaridlari bozori, xorijiy ishbilarmonlarga ichki bozor xizmatlaridan foydalanishni erkinlashtirish;eksport subsidiyalarini olib tashlash; davlat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan voz kechish va qishloq xoʻjaligini himoya qilish.
Mazkur tahlildan xulosa shuki, Oʻzbekiston zimmasiga ham JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni taʼminlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi. Ammo Xitoy bu shartlarni qabul qilishni davr zarurati, jahon iqtisodi qoidasini hurmat qilish, deb tushundi. Shunchalik murakkablik boʻlishiga qaramasdan, Xitoy hukumati JSTga aʼzo boʻlishning qiyinchiliklaridan koʻra, imkoniyatlari koʻproq boʻlishiga qattiq ishondi.
Tarixiy qarorga kelganidan soʻng, mamlakat ikki masalada yutdi: JSTga aʼzolik tufayli 2008-yilda boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida arzon boʻlgan Xitoy mollari uchun cheklovli kvotalar olib tashlandi, xalqaro mehnat taqsimotidagi eng foydali jihati — arzon ishchi kuchini eksport qilishga erishildi. Hozirgi kunda xorijda ishlayotgan 70 million muhojir (Gonkong va Tayvandan tashqari) yiliga taxminan 70 milliard dollar mablagʻni Xitoyga yuborib turadi.
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi. Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling