Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. Reja


Download 157.37 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi157.37 Kb.
#1391574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Panji aka

Omborlar tasnifi
Omborlar tekislab tayyorlangan maydonlarga joylashtiriladi, bunda yog‘ingarchilik va erigan suvlarning oqish yo‘nalishi hisobga olinadi. Omborlar yuklarni keltirish yo‘llari yoqasida joylashgan markaziy omborlar va ob’yekt oldi omborlarga bo‘linadi.
Yig‘ma konstruksiyalar zahirasining miqdori ularni yetkazib berish sharoitga bog‘liq bo‘lib, butun binoga yetarli elementlar hajmidan nolgacha o‘zgarib turadi transport vositalarida montaj qilinganda. Odatda konstruksiyalar zahirasi montaj ishlarini bajarayotgan kranning 3...7 kun ishlashiga yetarli bo‘lishi kerak. Alohida ekstremal sharoitlarda konstruksiyalar zahirasi 1 oyga yetadigan miqdorga yetkaziladi.
Konstruksiyalarni ob’yekt oldi omborlarida asrash uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:

  • yig‘ma elementlarni taxlash va shtabellarga joylashtirish montaj qilish ketma-ketligini hisobga olgan holda montaj kranlarining harakatlanish zonasiga joylashtirish;

  • katta massaga ega bo‘lgan konstruksiyalarni montaj krani yaqiniga joylashtirish;

  • yig‘ma elementlarni egilmaydigan va ifloslanmaydigan sharoitlarda asrash;

  • ombor hududiga o‘tish va yurish yo‘llari ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;

  • hamma elementlarni o‘lchamlari 6 x 6 va 8 x 8sm li yog‘och tagliklar ustiga taxlash, bunda elementlarning bir o‘qda yotishini ta’minlash va konstruksiyalar betonida yorilish va zo‘riqish bo‘lmasligining oldini olish taqozo etiladi (8.2-rasm);

Omborlarda og‘irligi katta konstruksiyalar montaj kraniga yaqin qilib, yengillari esa uzoqroqqa joylashtiriladi. Ombor maydonini qisqartirish maqsadida konstruksiyalar odatda tekis taxlab shtabellarda saqlanadi. Shtabellar orasidagi o‘tish joylarini bo‘ylama tomonidan har ikkita yonma-yon shtabeldan keyin ko‘ndalang tomonida 25 m dan kam bo‘lmagan masofada qoldiriladi. Ko‘ndalangiga qoldirilgan o‘tish joylarining eni 0,7 m dan, shtabellar oralig‘idagi uzilishlar 0,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Elementlarni taxlanishni shunday tashkil etish kerakki, istalgan konstruksiyaga yaqinlashib markasini aniqlash va montajga tayyorlash uchun imkoniyat bo‘lishi kerak.



Download 157.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling