Ob'еkt qoshidagi omborlarni tashkil etish. Reja
Download 157.37 Kb.
|
Panji aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish ishtirokchilari tarkibi, %
- Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali
- 11.2. Quriladigan vaqtinchalik binolarni hajmini hisoblash
N um = N ish +N MTX +N xiz+N KXX
bu yerda: N ish - smenadagi maksimal ishchilar soni, chiziqli yoki to‘rsimon kalendar rejadan olinadi; N MTX –muhandis-texnik xodimlar soni; N xiz- xizmatchilar soni; N KXX –kichik xizmatchi xodimlar soni. Muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlar sonini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya qilinadi: Qurilish ishtirokchilari tarkibi, %
Vaqtinchalik binoning umumiy maydoni 1 kishiga me’yor bo‘yicha lozim bo‘lgan maydonni bu binning turidan foydalanuvchilarning umumiy soniga ko‘paytirish orqali hisoblab topiladi. Bu hisoblarni bajarishda me’yoriy hujjat va maxsus jadvallardan foydalanish lozim. Vaqtinchalik bino va inshootlarni hisoblashda quyidagi jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali
Vaqtinchalik binolar maydonlarini hisoblashda, bu binolardan foydalanuvchilarning soni quyidagi miqdorda olinadi: - ish yurituvchining xonasi (boshqarma) uchun xizmatchilarning umumiy soni; - madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish binolari uchun qurilishda ishtirok etuvchilar umumiy sonining 70-80 % i miqdorida, ya’ni 0,7 N um- 0,8 N um qabul qilinadi. Vaqtinchalik bino va inshootlarning turi, maydoni va o‘lchamlari aniqlangach, ular shamolning yo‘nalishini hisobga olgan holda (“shamol atirguli”dan foydalanib) qurilish maydoniga joylashtiriladi. Bunda madaniy - maishiy maqsadlardagi vaqtinchalik binolarga ishlab chiqarish changlarining yetib kelmasligini yoki noxush hidlarning ish joyiga, ovqatlanish va dam olish joylariga yo‘nalmasligini ta’minlash kerak bo‘ladi. 11.2. Quriladigan vaqtinchalik binolarni hajmini hisoblash Qurilish bosh tarhining qay darajada to‘g‘ri tuzilganligi ob’yekt qurilishida mehnat unumdorligini oshirishga zamin hozirlaydi. Bunday bosh tarh asosida qurilishning tashkil etilishi qurilish narhining kamayishiga, qurilish muddatlarining sezilarli qisqarishiga va ish sifatining oshirilishiga olib keladi. Shuning uchun loyihalash davrida qurilish bosh tarxi bir necha xil variantda tuzilib ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va o‘zaro taqqoslab ko‘riladi. Texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng samarali deb topilgan loyihaning varianti qurilishda qo‘llash uchun qabul qilinadi. Umummaydon qurilish bosh tarhi uchun quyidagi texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi: 1. Vaqtinchalik bino va inshootlar qurish uchun nisbiy sarf-harajatlar. Bu ko‘rsatkich umumiy smeta narxiga nisbatan % larda olinadi. 2. Tayyorgarlik davri uchun ya’ni, qurilishni tashkil qilish uchun ketadigan vaqt (qurilish maydonini o‘zlashtirish va tayyorlash uchun). 3. Vaqtinchalik bino va inshootlarni qurish uchun mehnat sarflari. 4. Bir gektar qurilish maydoniga to‘g‘ri keluvchi sarf-xarajatlar miqdori va boshqalar. Alohida olingan ob’yektning qurilish bosh tarhini baholashda yuqoridagilardan tashqari quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham aniqlanadi: 1. Qurilish maydonining yuzasi, m2 2. Qurilayotgan bino egallagan maydon, m2 3. Vaqtinchalik bino va inshootlar egallagan maydon, m2 4. Ochiq omborlar maydoni, , m2 5. Ichki yo‘l va yo‘laklar uzunligi, m 6. Vaqtinchalik devor uzunligi, m 7. Vaqtinchalik suv, telefon, elektr ta’minoti tarmoqlarining uzunligi, m 8. Tungi yoritish chiroqlarining soni, dona. Download 157.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling