«Объектга йўналтирилган дастурлаш тиллари» ни ўрганишда интерактив ўқитиш услубиёти
Name xususiyat tanlanib form1 mainform bilan almashtiriladi. Bundan tashqari formstyle
Download 1.85 Mb.
|
delphi CASE1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialog
- Object inspector
- save all
- Uses Unit
Name xususiyat tanlanib form1 mainform bilan almashtiriladi.
Bundan tashqari formstyle xususiyat tanlanib foydalanuvchi tomonidan fsmdiform tanlanadi. Asosiy oynada redactor uchun menyu buyruqlari va unga taluqli bo’lgan buyruqlar guruppasini shakllantirish maqsadga muvofiq. Delfi tilida menyu yaratish uchun standart instrumentlar sohasida Mainmenyu instrumenti tanlanadi va asosiy oynaga uni o’rnatiladi.Bu menyu ko’rinmas instrument hisoblanadi. Mainmenyu obyektga kursorni keltirib chap tugmachani ikki marta tez bosish bilan va object inspektorda Items xususiyat tanlanishi bilan amalga oshiriladi. Natijada yangi panel hosil bo’ladi.Dastlab Fayl menyusi shakllantiriladi. Caption xususiyat qismiga Fayl klavyatura orqali kiritilsa navbatdagi menyular uchun va qo’zg’aluvchan menyu yaratish uchun darchalar avtomatik ravishda hosil bo’ladi. Qo’zg’aluvchan menyu darchasiga o’tilib caption xususiyatiga yaratish, ochish, saqlash, pechat, chiqish klavyatura orqali kiritiladi.Bundan tashqari qisqa klavishlar guruppasi shortcut Xususiyatdan tanlanadi va fayl menyusining qo’zg’aluvchan buyruqlari hosil bo’ladi. Kursor navbatdagi menyuga keltirilib tanlangandan so’ng caption hususiyatda tahrirlash tanlanadi. Tahrirlash menyusining buyruqlarini quyidagilardan iborat qilib shakillantirish mumkin. Kursor navbatdagi menyuga keltirilib tanlangandan so’ng caption hususiyatda Format tanlanadi. Format menyusining buyruqlarini quyidagilardan iborat qilib shakillantirish mumkin. Kursor navbatdagi menyuga keltirilib tanlangandan so’ng caption hususiyatda Spravka tanlanadi.Spravka menyusining buyruqlarini quyidagilardan iborat qilib shakillantirish mumkin Delfida menyu buyruqlarining to’liq bajarilishini taminlash maqsadida qator Dialog kompanentlarini o’rnatish zarur bo’ladi.Buning uchun Dialog component guruppasidan opendialog,savedialog,printdialog,finddialog,replasedialog,colordialog,fintdialog kabi obyektlarni joylash talab qilinadi. Hosil qilingan proyektni saqlash uchun delfidagi Fayl menyusining Saveall buyrug’i tanlanadi. Paskal programma main nomi bilan,proyekt edit nomi bilan saqlab qo’yiladi.Hosil bo’lgan oyna asosiy oyna funksiyasini bajaradi.Ko’p oynali redaktorda yordamchi oynalar yaratish uchun delfidagi Fayl menyusining File-new-form buyrug’i tanlanadi.Natijada ekranda navbatdagi forma shakillangan bo’ladi .Yangi formaning hususyatlarini quyidagicha o’zgartiriladi.Object inspector ning hususyatlar qatlamidan Name childform bilan,formstyle fsmdichild bilan ,caption esa childform bilan almashtiriladi. Allign hususiyat esa alclient hususiyat bilan almashtiriladi. So’ng hosil bo’lgan formaga win32 kompanent sohasidagi richedit obyekt joylashtiriladi.Richedit obyektning o’lchami Forma ning o’lchami tartibida bo’ladi .Ammo formaning o’lchami esa asosiy formaning o’lchamidan kichik bo’lishi shart. Hosil bo’lgan formani ham fayl sifatida saqlanadi.Buning uchundelphidagi fayl menyusining save all buyrug’i tanlanadi. Natijada paskaldagi programma child nomi bilan ,loyiha esa eski nomi bilan qoladi. Har ikkala loyihalarni o’zaro bog’lash uchun view menyusining forms buyrug’i tanlanadi. Ekranda panel hosil bo’ladi . Har ikkala formaning ro’yhati aks etgan bo’ladi,bosh forma birlamchi ekanligi belgilab qo’yiladi. Natijada asosiy forma aktiv holatda bo’ladi va yuza qismda joylashgan bo’ladi. Delfidagi fayl menyusining Uses Unit buyrug’I tanlanib Child.Pas ishchi fayl ekanligi ko’rsatib qo’yila Asosiy oyna avtomatik boshqariladigan forma ekanligi childform esa yetaklanuvchi oyna ekanligini o’rnatish maqsadida Proyekt menyusi Options buyrug’I tanlanadi.Natijada bir qancha qatlamlardan iborat bo’lgan oyna shakllangan bo’ladi. Forms qatlam tanlanib childformni panelning o’ng qismiga o’tkaziladi. Mainform esa panelning chap qismida yetaklovchi forma funksiyasini bajaradi. Asosiy formadagi fayl menyusining yaratishbuyrug’iga keltirilib chap tugm acha ikki marta tez bosiladi. Natijada u bilan bog’liq bo’lgan programma oynasi hosil bo’ladi. Aktiv oynaga matnli fayllarni asosiy formada opendialog o’rnatilgan bo’lishi shart. Opendialog aktivlashtirilsa Object inspectorda unga taaluqli xususiyatlar shakllangan bo’ladi. Undagi filtr Xususiyatni tanlash bilan aktiv oynaga yuklanadigan fayllarning tiplari bo’yicha filtrlash parametrlarini o’rnatish mumkin bo’ladi.Yangi panel hosil bo’ladi. Asosiy formadagi fayl menyusining ochish buyrug’iga keltirilib chap tugmacha ikki marta tez bosiladi. Natijada u bilan bog’liq bo’lgan programma oynasi hosil bo’ladi. Asosiy formadagi fayl menyusining saqlash buyrug’iga keltirilib chap tugmacha ikki marta tez bosiladi. Natijada u bilan bog’liq bo’lgan programma oynasi hosil bo’ladi. Asosiy formadagi fayl menyusining pechat buyrug’iga keltirilib chap tugmacha ikki marta tez bosiladi. Natijada u bilan bog’liq bo’lgan programma oynasi hosil bo’ladi. Asosiy formadagi fayl menyusining chiqish buyrug’iga keltirilib chap tugmacha ikki marta tez bosiladi. Natijada u bilan bog’liq bo’lgan programma oynasi hosil bo’ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling