«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
148 
va yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarininig raqobatbardoshligiga asosiy e’tiborni qaratish kabi 
omillardan foydalanish mumkin. 
Chungdo xurmo klasteri (Chungdo Persimmon Cluster) 2019 yilda fermerlar tashabbusi bilan 
tashkil etilgan. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Koreya dunyoda yetishtirilayotgan barcha xurmo 
mevasining 12 foizini ishlab chiqaradi
1
. Ushbu hududda Koreyadagi urug‘siz xurmoning 65%i 
yetishtiriladi. Fermerlar tashabbusi asosida tashkil etilgan va boshqariladigan ushbu klaster xurmodan yil 
davomida yangi uzilgan, yarim quritilgan, quritilgan, fermentatsiya qilingan, xurmo yog‘i, xurmo vinosi, 
rang va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Xurmo klasteri xurmo yetishtirish-qayta 
ishlash-narxini saqlash- marketing va reklamani rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu klaster yana bir bor 
agroklasterda “biznes-universitetlarilmiy tadqiqotlar-davlat”ning birgalikdagi harakati va bunda ilmiy 
tadqiqotlarga asosiy e’tibor berilganligiga amin bo‘ldik. Fermerlarning ushbu klasterga qo‘shilishi 
natijasida oladigan daromadlari boshqa tarmoqlar qo‘shilishi hisobiga keskin oshganligini ko‘rish mumkin. 
O‘zbekistonda ushbu klasterning mahsulotni oddiy usulda turli ko‘rinishda ishlab chiqarish va bunda ilmiy 
tadqiqotlarga asosiy urg‘u berish; innovatsion mahsulotlar (m-n, sog‘lik uchun foydali sirop va boshqalar) 
ishlab chiqarish; yuqori xarid narxlari orqali fermerlarni klasterga jalb etish, marketing tadqiqotlaridan 
foydalanish; kadrlar tayyorlash kabi tajribalaridan foydalanish mumkin. 
1-chizma. AQSh shaharlarining klasterlarga ixtisoslashuvi
2
Iqtisodiy rivojlanishning klasterli yondashuvi ayniqsa AQSh va Yevropa mamlakatlarida keng 
qo‘llaniladi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti klasterlar bilan qamrab olingan bo‘lib, 
iqtisodiyotda yog‘ochsozlik, biotexnologiyalar, farmasevtika va kommunikatsion klasterlar yetakchilik 
qiladi. Germaniya va Buyuk Britaniyada biotexnologik klasterlar, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika 
klasterlari keng tarqalgan bo‘lsa, Italiyada sanoatda band bo‘lgan aholining yarmi sanoat klasterlari 
hissasiga to‘g‘ri keladi
3

Shunday qilib, agrosanoat majmuida klasterlashtirish iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va 
investitsion jozibadorlikni ta’minlovchi model bo‘lib, qishloqlarda hayotning yuqori darajasi va sifatini 
ta’minlab, tarqoq dehqon xo‘jaliklarini yagona takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb etadi. Davlat 
tomonidan maqsadli innovatsion klaster siyosati olib borilgan taqdirda agrosanoat majmuasini yanada jadal 
rivojlantirishning asosiy omili sifatida innovatsiyalardan to‘liq foydalanish mumkin. 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling