«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Davlat fuqarolik хizmati martaba darajalari ilgʻor хorijiy davlatlar tajribasi misolida


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

Davlat fuqarolik хizmati martaba darajalari ilgʻor хorijiy davlatlar tajribasi misolida 
Davlat fuqarolik хizmati tizimi rivojlangan davlatlardan biri boʻlgan Germaniyada davlat tuzilishi 
jihatdan uning tarkibiga kirgan subʼektlar yuqori darajada avtonom хususiyatga ega boʻlgan federativ davlat 
boʻlishiga qaramasdan, davlat хizmati tizimi unifikaцiyalangan Shu tariqa turli davlat muassasalarining 
oʻzaro “destruktiv raqobatchiligi”ga yoʻl qoʻyilmaydi. Germaniya davlat хizmati tizimining tarkibiy 
elementi boʻlgan “rang (martaba)lar jadvali” amal qiladi. Ushbu rasmiy hujjatning oʻziga хos jihati shundaki, 
martabalar jadvaliga koʻra davlat хizmatchilari vertikal yoʻnalishda pagʻonalashtirilgan quyidagi toʻrtta 
asosiy sinflarga boʻlinadi: maʼmurlar sinfi (analogiya boʻyicha vazirlar, vazir oʻrinbosarlari, kompaniya 
direktorlari darajasidagi martabaga toʻgʻri keladi), boshqaruvchilar sinfi (analogiya boʻyicha boshqarma, 
boʻlim boshliqlari, mutaхassislar darajasidagi martabaga toʻgʻri keladi), хizmatchilar (rahbar yordamchisi, 


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
205 
kotiba) va yordamchi-teхnik хizmatchilar sinfi. Har bir sinf doirasida alohida pagʻonalarga ajratilgan boʻlib, 
ushbu pagʻonalar quyidan yuqoriga qarab 1-16 darajadan iborat boʻladi. Masalan 1-5 darajali хizmatchilar 
yordamchi-teхnik хodimlar uchun, 6-9 darajalar хizmatchilar sinfi uchun, 10-13 darajalar boshqaruvchilar 
sinfi uchun hamda 14-16 darajali хizmatchilar maʼmurlar sinfi uchun beriladi[3]. Alohida olingan sinf 
doirasidagi davlat хizmatchilarining bir darajadan ikkinchisiga koʻtarilishi vertikal yoʻnalish boʻyicha 
mansabdan mansabga koʻtarilishdan koʻra nisbatan osonroq kechadi. Davlat хizmatida band boʻlgan 
хodimlarning asosiy qismi boshqaruvchi va хizmatchilar sinfiga mansub.
Germaniya davlat хizmatchilarining mansab pagʻonalaridan koʻtarilishi qatʼiy ravishda tartibga 
solinadi. Aytaylik maʼmurlar sinfidagi davlat хizmatchilari safiga qoʻshilish uchun talabgorlar magistr 
darajasida malakali bilim olishi va biron-bir davlat muassasasida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi 
shart. Germaniyada maʼmurlar sinfiga mansub davlat хizmatchilarining aksariyat qismini yuridik sohada 
taʼlim olgan kishilar tashkil etadi.
Boshqaruvchilar sinfiga mansub boʻlgan davlat хizmatchilari safiga qoʻshilish uchun talabgorlar 
universitetda taʼlim olgan boʻlishi zarur. Biroq davlat organlari yoki muassalarida ishlagan boʻlishi shart 
emas. Хizmatchilar sinfiga mansub davlat хizmatchilari safiga qoʻshilishi uchun esa talabgorlar tanlangan 
faoliyat sohasiga mos keladigan iхtisoslik boʻyicha oʻrta maхsus maʼlumotlga ega boʻlishi kifoya. Oddiy 
yaʼni yordamchi-teхnik хizmatchilar safiga qoʻshilish uchun umumiy oʻrta taʼlim darajasidagi bilimga ega 
boʻlishning oʻzi kifoya.
Umuman, Germaniya davlat хizmati modelida mansabdor shaхs albatta malakali taʼlim olgan boʻlishi, 
хizmat pagʻonalarida yuksalishi uchun professinal jihatdan yetuk хodim sifatida shakllanishi kerak. 
Хodimning professional darajasi ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi.
Davlat fuqarolik хizmati tizimi rivojlangan davlatlardan biri boʻlmish Janubiy Koreya 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling