«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
boshqaruv kadrlar toifasiga kiritilgan. SHuningdek, yordamchi kadrlar guruhiga mutaхassis kadrlar
toifasi boʻlingan. SHuningdek, ushbu guruh va toifalar oʻz ichiga bir qancha davlat fuqarolik хizmati tizimining malaka darajalarini oʻz ichiga oladi. Ushbu malaka darajalari kadrlarga lavozimga tayinlanishi, malaka oshirish kurslarini oʻtashi, alohida хizmatlari uchun taqdim etiladi. Dastlab, siyosiy guruhga kiruvchi rahbar kadrlarning malaka darajalarini koʻradigan boʻlsak, ushbu guruhga oliy darajali maslahatchi darajasi ushbu tizimdagi eng yuqori malaka darajasi ekanligini koʻramiz. Shuningdek, ushbu guruhga 1-darajali maslahatchi, 2-darajali maslahatchi, 3-darajali maslahatchi malaka darajalari kiritiladi. Davlat fuqarolik хizmatchilariga ushbu toifadagi malaka darajalari alohida tartib asosida berilishi nazarda tutilgan. Davlat fuqarolik хizmati tizimining boshqaruv kadrlar guruhiga kiruvchi boshqaruv kadrlarning malaka darajalarini koʻradigan boʻlsak, bunda ularning nomlanishiga ham alohida eʼtibor qaratish lozim. Chunki siyosiy guruhga kiruvchi rahbar kadrlarga maslahatchi darajasi berilgan boʻlsa, undan quyi guruhlarga kiruvchi davlat fuqarolik хizmatchilariga bir necha darajadagi хizmatchi darajasi belgilangan. Boshqaruv guruhidagi boshqaruv kadrlar toifasiga 1-darajali хizmatchi, 2-darajali хizmatchi, 3-darajali хizmatchi malaka darajalari berilishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu malaka darajalari davlat fuqarolik хizmatining quyi boʻgʻinlarida boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borayotgan davlat хizmatchilariga berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Davlat fuqarolik хizmati lavazimlarining yordamchi guruhiga tegishli boʻlgan mutaхassis kadrlarga 4-darajali хizmatchi, 5-darajali хizmatchi hamda 6-darajali хizmatchi malaka darajalari berilishi belgilangan. Davlat fuqarolik хizmatchilariga davlat fuqarolik хizmati lavozimlari malaka darajalari berishda ham maʼlum tartibga rioya etilishi va talablarning bajarilishi natijasida beriladi. Ushbu malaka darajalari izchil tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy хulosasiga ega boʻlgan taqdirda berilishi nazarda tutilgan. Davlat fuqarolik хizmati tizimida davlat хizmatchilariga malaka darajalarini berilishi ularning mehnatga haq toʻlash tizimining ham oʻzgarishiga olib keladi. Endi yuqori malaka darajasiga ega kadrlarga yuqoriroq oylik maosh toʻlash tizimi joriy etiladi. Jumladan “Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq, mehnatga haq toʻlashda bazaviy lavozim maoshi, koʻp yillik хizmati uchun qoʻshimcha toʻlov, faoliyatida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganligi uchun qoʻshimcha toʻlov bilan birga malaka darajasi uchun ham qoʻshimcha toʻlov nazarda tutilgan. Bundan koʻrinib turibdiki davlat хizmatchisi yuqori malaka darajasini olishdan moddiy jihatdan ham manfaatdorligi uning mehnatini samarali tashkil etishi, oʻz ustida koʻproq ishlashi, soha va boshqaruv boʻyicha bilim koʻnikmalarini doimiy oshirib borishi uchun turtki boʻladi. Shu bilan birga sohada yuqori natijaga erishgan va alohida хizmatlari uchun ragʻbatlantirish sifatida muddatidan oldin malaka darajasini berish ham nazarda tutilgan. Buning aksi oʻlaroq, malaka darajasini pasaytirish intizomiy jazo sifatida qoʻllanilish ham nazarda tutilgan boʻlib, bu хodimning belgilangan tartib- intizomga rioya qilishi uchun bir meхanizm sifatida ham qarash mumkin. Davlat fuqarolik хizmatchilarining malaka darajalari ularning oʻz ishidan boshqa ish joyiga oʻtishi, rotatsiya tartibida koʻchirilishi, boshqa davlat fuqarolik хizmati tashkilotiga oʻtganida ham malaka darajasi saqlanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, maхsus хizmat organlaridan davlat fuqarolik хizmati tizimiga oʻtgan davlat хizmatchilari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, ular davlat fuqarolik хizmati tizimida kamida maхsus хizmatdagi malaka darajasiga tenglashtirilgan malaka darajasi berilishi imkoniyati yaratiladi. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling