«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Omadli zarikchalar”
yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy
muammolarni yechish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”. Shunday ekan, biz pedagoglar Yangi O’zbekistonni rivojlantirish uchun yangicha yondashuvlar olib borishumiz zarur. Yangicha yondashuv uchun taklif qilingan metod quyidagi shartlar asosida olib boriladi: ❑ Bu metoddan har qanday fanda qo’llash mumkin. Ko’p vaqtni olmaydi. ❑ Darsning uyga vazifani takrorlash yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida foydalanilsa o’quvchilarga ham o’yin tarzda, ham o’tilgan mavzularni bir bor eslatish imkonini beradi. Faol bo’lmagan o’quvchilarga e’tibor alohida bo’ladi “Omadli zarikchalar” bunda ixtiyoriy ikki o’quvchi doskaga chairiladi, tayyor shablon aylana shaklda 8 bo’lakka bo’lingan oq va qora ranglar(yoki oq - qizil)ga parta ustida ikki xil zarikchalar aralashtirib tashlanadi. Qaysi zarik mos rangga tushsa va tushgan tomonidagi nuqtachalar soni (nechta qora nuqta tomoni tushsa, shuncha ball) uchun kurashadi. Oldindan tayyorlangan savollar ketma - ketlikda beriladi (og’zaki, tezkor) agar o’quvchi savolga to’g’ri javob bersa shu zarikda tushgan nuqtachalar sonidagi ball bilan baholanadi. Agar savolga javob beraolmasa shu omaddan mahrum bo’ladi va 0 ball bilan baholanadi. Metodning qiziqarli tomoni ham shunda, omad kimga yor bo’ladi noma’lum. O’quvchi savollarning hammasiga to’liq javob berib 10 ball olishi mumkin, raqib o’quvchi esa 2 ta savolga javob berib 12 ballga ega bo’lishi ham mumkin. Shunday holda omadi kelgan o’quvchini “Barakalla, sen juda omadli ekansan, omadliliging tufayli 11-sinfni tugatib albatta grant asosida Oliy ta’limga qabul qilinasan”, omadi kelmagan o’quvchiga “Uzr, hayotda shunday omadsizliklar ham bo’lib turadi, lekin sen omadsiz ekanman deb, o’zingni xafa qilma, bilimli o’quvchi hech qachon kam bo’lmaydi, albatta omading keladi, kurashdan to’xtama” deb izoh berilsa, o’quvchiga kelajakka umid va kurash uchun imkon bor ekanligi haqida tarbiyani ham berib o’tamiz. Bu bilan o’quvchilar har dars o’z omadlarini hech bo’lmasa zarikchalardagi nuqtalar sonini ko’rish uchun ham 4 – ta savolga tayyorgarlik ko’rib keladi. Hech bo’lmasa har darsda 2 ta atamani o’rgansa ham ertaga esidan chiqib qolmaslikka zamin yaratamiz. Maktab yoshidagi o’quvchilarda nima uchun kompyuter o’yinlariga qiziqish yuqori bo’lishi mumkinligi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Sababi kompyuter o’yinlarining har bir bosqichida albatta rag’batlantiriladi, yana – yana yutuqqa ega bo’lish uchun davom qilib ketganini o’zi bilmagan holda o’qinni o’ynaydi. Keling biz shu o’quvchining xarakteridan ayyorona foydalanaylik. Zariklarning xilma – xilligi, uning shiqir- shiqir ovozi, nishonga to’g’ri ura olish qobiliyatini tekshirish kabi xususiyatlari o’quvchining qiziqishini va diqqatini tortadi. Darsda bee’tibor bo’lgan o’quvchi ham zariklarning shiqir-shiqiriga diqqaini qaratadi va jamlaydi. ❖ Savollar darsdagi vaqtingizga va o’quvchilar javob berish darajasiga qarab olinadi. ❖ Savollar ixtiyoriy mavzuda yoki yangi mavzu asosida bo’lishi ham mumkin. ❖ O’quvchilarda konkurension motivatsiya uyg’otish mumkin, ya’ni musobaqa tarzda qiziqtirish mumkin. ❖ O’quvchilarni raqobatli kurashni halol raqobat qilish ko’nikmasini shakllantirishga yordam beradi ❖ Bu metodni turli tadbirlarda, savol- javob shartini shunday rang baranglikda o’tkazish ham bo’ladi. ❖ Integrallashtirilgan darslarda ham foydalanish juda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling