«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
79 
majbur qiladi. Bu muammolarning еchimlaridan biri mintaqalarda agroturizmni rivojlantirish hamda 
sohaga investitsiyalarni faol jalb qilish hisoblanadi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi aniq 
shakllantirilmagan. Turizm sanoatining o‘ziga xos sohasi sifatida agroturizmda qo‘llaniladigan standart va 
qoidalar ishlab chiqilmagan. Shuningdek, ushbu sohada investorlarning qiziqishi juda past yoki sohaning 
investitsion jozibadorligi еtarli darajada tadqiq qilinmagan. Ammo, bu holatlarni sohaga bo‘lgan talabning 
mavjud emasligi bilan izohlash noo‘rin. Tadqiqotlar natijasida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston shahar 
aholisida qishloq joylarida dam olishga bo‘lgan juda katta qondirilmagan yashirin talab mavjud. Aynan 
ushbu omillar agroturizm biznes sifatida ham, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vositasi sifatida 
ham katta salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Agroturizmga investitsiyalar – bu sohaga foyda olish maqsadida investorlar tomonidan o‘z 
sarmoyalarining joylashtirilishidir. Agroturizm sohasiga sarmoya kiritish, boshqa sohalar kabi daromad 
olish maqsadida amalga oshiriladi. Agroturizm sohasida investitsion faollik investorlarning o‘z 
investitsiyalaridan oladigan daromadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekistonda 
agroturizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan tartibga solish tizimini yaratish sohani 
jadal rivojlantirish jarayoni sifatida xizmat qilishi mumkin. Bir qator sabablarga ko‘ra, bugungi kunda 
agroturizm investorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmaydi. Xususan, investorlar o‘zlari uchun yangi
“ekzotik” biznes yo‘nalishi hisoblanuvchi sohaga investitsiyalarini yo‘naltirishga shoshilmayapti. Bundan 
tashqari, agroturizmning rivojlanmaganligi sababli O‘zbekistonda agroturizm marketingi deyarli yo‘qligi 
ta’kidlash lozim. Ya’ni agroturizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi obyektlar soni еtarli darajada emas hamda ular 
orasida raqobat muhiti shakllanmagan. 
O‘zbekistonda agroturizmini rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga qaramay, ushbu sohada 
keng ko‘lamli investitsion loyihalarni amalga oshirish jiddiy ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega va 
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi (1-jadval). 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling