“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar”
78
Agroturizmning qishloq hududlarini barqaror rivojlaniini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib berilgan.
Investitsiyalarning agroturizm sohasi rivojidagi ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar.
Turizm, agroturizm, investitsiyalar, qishloq turizmi, menejment, marketing, aholi bandligi,
boshqaruv mexanizmi, sayyoh, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy taraqqiyot, infrastruktura.
Kirish.
Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga kiritilayotgan investitsiyalar ijtimoiy
ishlab chiqarish va
bandlik hajmiga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga, tarmoqlar
va iqtisodiyot sohalarining
rivojlanishiga turtki beradi. Bu o‘z navbatida yalpi milliy mahsulotning o‘sishiga
olib keladi hamda
mamlakatning tashqi bozorda faolligini oshiradi. Shu sababli, har bir mamlakat uchun ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish strategiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida milliy iqtisodiyotga investitsiya mablag‘larini jalb
etishning jozibador muhitini shakllantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Yaqin kelajakda
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini rivojlanayotgan davlatlarning
iqtisodiy jihatdan yuqori
rivojlanish darajasiga еtkazib olishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun
respublikaning investitsion
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag‘larini ichki kapital resurslar va xorijiy investitsiya hamda
kreditlar asnosida ko‘payishiga erishish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: