«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
Asosiy qism.
O‘zbekiston Respublikasida neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ustuvor tarmoqlarni belgilash mumkin. Ular yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, rivojlangan va rivojlanayotgan tarmoqlar qatoriga kiradi. Shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasi ham iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli Farmonida turizmni rivojlantirishning yaxlit konseptsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal rivojlantirishning еtakchi kuchiga aylanishi lozim bo‘lgan iqtisodiyotni diversifikasiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish - turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan [1]. . O‘zbekistonda sayyohlik sanoati eng yosh tarmoqlardan biri bo‘lsada, o‘z potensialiga ko‘ra ko‘plab tarmoqlardan oldinda hisoblanadi. Turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalar soha rivoji bilan birgalikda, yoshdosh bo‘lgan sohalar rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda hozirgi davrga qadar mavjud bo‘lgan sayyohlik biznes modellarini innovatsiya va raqamlashtirish yordamida tubdan qayta ko‘rib chiqishi zaruriyatini ham yuzaga keltirdi. Bizning fikrimizcha, pandemiya fonida salohiyati endi ochila boshlagan agro va ekoturizm kabi bozor segmentlarini rivojlantirish, turizm sanoatining ushbu sohalariga investitsiyalarni jalb etishning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish zarur. Bugungi kunda butun dunyoda texnogen omillarning jamiyat va madaniyat hayot rivojiga hamda tabiiy muhitga salbiy ta’siri oshib bormoqda. Insoniyat taraqqiyoti esa global sanoatlashish, industrial markazlar hamda shaharlarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda kechmoqda. Iqtisodiyotning o‘sib, rivojlanib borishi bilan birgalikda shaharlarning sanoat markazlari sifatidagi roli ham oshib, ularda tabiiy urbanizasiya jarayonlari ro‘y bermoqda. 2019-yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi ham insoniyat faoliyati, turmush darajasi, extiyojlari hamda ularni qondirish vositalari tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu jumladan, inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan dam olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish borasida o‘zgartirishlar kiritish, turizm hamda dam olish joylarini rivojlantirishning yangi usullarini izlash zaruriyati yuzaga keldi. Urbanizatsiya darajasining oshib borishi, ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda zamonaviy hayotning boshqa salbiy omillari shahar aholisida shaharning shovqin-suronidan uzoqda dam olishga bo‘lgan istakni shakllantiradi. Hozirgi vaqtda shahar aholisi orasida ochiq havoda, tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan yuqori talab shakllangan. Bu talabni turizmning agroturizm yo‘nalishini o‘zining barcha shakllari orqali ta’minlashi mumkin. Qishloq joylarida ochiq sayyohlik jahon amaliyotida uzoq vaqtdan beri keng tarqalgan va samarali davlat boshqaruvi orqali ham qishloq joylari, ham davlat uchun aniq iqtisodiy samara beradi [2]. O‘zbekistonda agroturizm sohasi hali shakllanish bosqichida. Qishloq joylarida infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi, agrosanoat kompleksining aksariyat korxonalari tomonidan aholini ish bilan ta’minlash darajasi yuqori emasligi kabi muammolar mavjud. Ushbu muammolar bizni qishloq aholisining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini hamda xajmini ko‘paytirishning yangi usul va mexanizmlarni izlashga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling