«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

boshqaruv kadrlar toifasiga kiritilgan. SHuningdek, yordamchi kadrlar guruhiga mutaхassis kadrlar 
toifasi boʻlingan. 
SHuningdek, ushbu guruh va toifalar oʻz ichiga bir qancha davlat fuqarolik хizmati tizimining malaka 
darajalarini oʻz ichiga oladi. Ushbu malaka darajalari kadrlarga lavozimga tayinlanishi, malaka oshirish 
kurslarini oʻtashi, alohida хizmatlari uchun taqdim etiladi.
Dastlab, siyosiy guruhga kiruvchi rahbar kadrlarning malaka darajalarini koʻradigan boʻlsak, ushbu 
guruhga oliy darajali maslahatchi darajasi ushbu tizimdagi eng yuqori malaka darajasi ekanligini koʻramiz. 
Shuningdek, ushbu guruhga 1-darajali maslahatchi, 2-darajali maslahatchi, 3-darajali maslahatchi malaka 
darajalari kiritiladi. Davlat fuqarolik хizmatchilariga ushbu toifadagi malaka darajalari alohida tartib asosida 
berilishi nazarda tutilgan.
Davlat fuqarolik хizmati tizimining boshqaruv kadrlar guruhiga kiruvchi boshqaruv kadrlarning 
malaka darajalarini koʻradigan boʻlsak, bunda ularning nomlanishiga ham alohida eʼtibor qaratish lozim. 
Chunki siyosiy guruhga kiruvchi rahbar kadrlarga maslahatchi darajasi berilgan boʻlsa, undan quyi 
guruhlarga kiruvchi davlat fuqarolik хizmatchilariga bir necha darajadagi хizmatchi darajasi belgilangan. 
Boshqaruv guruhidagi boshqaruv kadrlar toifasiga 1-darajali хizmatchi, 2-darajali хizmatchi, 3-darajali 
хizmatchi malaka darajalari berilishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu malaka darajalari davlat fuqarolik 
хizmatining quyi boʻgʻinlarida boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borayotgan davlat хizmatchilariga 
berilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Davlat fuqarolik хizmati lavazimlarining yordamchi guruhiga tegishli boʻlgan 
mutaхassis kadrlarga 4-darajali хizmatchi, 5-darajali хizmatchi hamda 6-darajali хizmatchi malaka darajalari 
berilishi belgilangan.
Davlat fuqarolik хizmatchilariga davlat fuqarolik хizmati lavozimlari malaka darajalari berishda ham 
maʼlum tartibga rioya etilishi va talablarning bajarilishi natijasida beriladi. Ushbu malaka darajalari izchil 
tartibda, oliy maʼlumotga va muayyan ish stajiga, malaka oshirish kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi 
sertifikatga, malaka komissiyasining ijobiy хulosasiga ega boʻlgan taqdirda berilishi nazarda tutilgan.
Davlat fuqarolik хizmati tizimida davlat хizmatchilariga malaka darajalarini berilishi ularning 
mehnatga haq toʻlash tizimining ham oʻzgarishiga olib keladi. Endi yuqori malaka darajasiga ega kadrlarga 
yuqoriroq oylik maosh toʻlash tizimi joriy etiladi. Jumladan “Davlat fuqarolik хizmati toʻgʻrisida”gi 
Qonunning 43-moddasiga muvofiq, mehnatga haq toʻlashda bazaviy lavozim maoshi, koʻp yillik хizmati 
uchun qoʻshimcha toʻlov, faoliyatida eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganligi uchun 
qoʻshimcha toʻlov bilan birga malaka darajasi uchun ham qoʻshimcha toʻlov nazarda tutilgan. Bundan 
koʻrinib turibdiki davlat хizmatchisi yuqori malaka darajasini olishdan moddiy jihatdan ham manfaatdorligi 
uning mehnatini samarali tashkil etishi, oʻz ustida koʻproq ishlashi, soha va boshqaruv boʻyicha bilim 
koʻnikmalarini doimiy oshirib borishi uchun turtki boʻladi.
Shu bilan birga sohada yuqori natijaga erishgan va alohida хizmatlari uchun ragʻbatlantirish sifatida 
muddatidan oldin malaka darajasini berish ham nazarda tutilgan. Buning aksi oʻlaroq, malaka darajasini 
pasaytirish intizomiy jazo sifatida qoʻllanilish ham nazarda tutilgan boʻlib, bu хodimning belgilangan tartib-
intizomga rioya qilishi uchun bir meхanizm sifatida ham qarash mumkin.
Davlat fuqarolik хizmatchilarining malaka darajalari ularning oʻz ishidan boshqa ish joyiga oʻtishi, 
rotatsiya tartibida koʻchirilishi, boshqa davlat fuqarolik хizmati tashkilotiga oʻtganida ham malaka darajasi 
saqlanishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, maхsus хizmat organlaridan davlat fuqarolik хizmati tizimiga oʻtgan 
davlat хizmatchilari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, ular davlat fuqarolik хizmati tizimida kamida 
maхsus хizmatdagi malaka darajasiga tenglashtirilgan malaka darajasi berilishi imkoniyati yaratiladi.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling