«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
235 
1° Au premier alinéa de l’article 1er, après les mots : « ses convictions, », sont insérés les mots : « la 
particulière vulnérabilité résultant de sa situation économique, apparente ou connue de son auteur, » ; 
2° Au premier alinéa du 2° de l’article 2, après le mot : « sexuelle », sont insérés les mots : « , la particulière 
vulnérabilité résultant de la situation économique, apparente ou connue de son auteur, ».
IV.-Le titre III du livre préliminaire du code du travail applicable à Mayotte est ainsi modifié : 
 
TA’LIM TIZIMINI BOShQARISh VA TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI INNOVATSION 
RIVOJLANIShINING ASOSIY OMILLARI VA USULLARI 
 
 
 
 
Hayitov S.S.BuxDU, Buxgalteriya hisobi va statistika 
kafedrasi porofessori, i.f.d.
Bakaeva Sh. Buxoro davlat universiteti 
Respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishi talabalarda bilim hamda maxsus kasbiy 
mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish talab kiladi. Ta’lim xizmatlari bozorini axborotlar bazasi sifatida 
ham qarash mumkin, chunki ta’lim xizmatlari sifatini real baholash muayyan davr o‘tgandan keyin amal 
qiladi. Bugungi kunda, iktisodiy rivojlanishning asoslaridan biri kapital xisoblanadi. Axborot va 
intellektual tuzilishdagi elementlarni o‘z ichiga oluvchi tarkibiy elementlar muhim o‘rin egallaydi. Bu 
vaziyatda ishchi kuchi va intellektual kapitalni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki, ishchini ham 
umumiy, ham maxsus kasbga tayyorlash inson kapitaliga investitsiyalash tavsifiga ega. Demak, ta’lim 
xizmatlari bozori, bir tomondan, iqtisodiy kategoriya sifatida, ikkinchi tomondan, alohida muayyan 
xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni sifatida qaraladi. Bozorda ta’lim xizmatlari aholiga bilimlar va ko‘nikmalar 
berish, xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etadi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining muntazam 
ravishda barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borishi xo‘jalik sub’ektlarining innovatsion faolligini oshirishga 
asoslangan tizimli uzviy taraqqiyot bosqichiga o‘tishni talab qilmoqda. Bu jarayon iqtisodiyotning tarmoq, 
hududiy va innovatsion tuzilmasidagi o‘zgarishlarning ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topmoqda. 
O‘zbekisttonda bu holat samarali ijtimoiy siyosat va aholi turmushining sifatini oshirishga ham sharoit 
yaratmoqda. Iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini faol turdagi takror ishlab chiqarish manbaiga 
aylantirish imkoniyatini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida 
yuqori malakali mutaxassis-kadrlar ishtirokining ko‘lami hisoblanadi. Mamlakatda ta’lim tizimini 
boshqarish va xo‘jalik yuritishning turli darajalarida ta’lim xizmatlari bozorini innovatsion rivojlanishining 
asosiy omillari va usullarini ishlab chiqishga yangi yondashishlar zarurdir. Bugungi kunda, hududiy ta’lim 
xizmatlari bozoriga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan qator innovatsion rivojlanish omillarini kuyidagicha 
ifodalash lozim: 
– ta’lim xizmatlari bozorini tarkibiy-funksional qayta shakllantirishning asoslanganlik omili; 
– budjet mablag‘larining barqarorligi va chegaralanganligi omili; 
– ta’lim xizmatlari bozori rivojlanishining iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarining o‘zaro muvofiqligini 
ta’minlash; 
– ta’lim xizmatlari bozorining innovatsion rivojlanishiga tizimli yondashish; 
– ta’lim xizmatlari bozorida kadrlarga talab va taklifni tartibga solish bo‘yicha yagona davlat siyosatini 
yuritish; 
– mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozorini tartibga solishda hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Ilk omilda aholining keng qatlamlari manfaatlariga daxldor 
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik holatga ahamiyatli ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi ta’lim 
sohasida innovatsion yo‘naltirilgan tarkibiy-funksional o‘zgartirishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ta’lim tizimini tarkibiy-funksional o‘zgartirish, bir tomondan, mamlakat va hududda iqtisodiy holatni 
chuqur tahliliga asoslangan muayyan natijaviy imkoniyatlar darajasi bilan solishtirsa bo‘ladigan ijtimoiy-
ahamiyatli maqsadlarga erishishni ta’minlashi zarur. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
asoslangan ta’lim tizimini istiqbollashtirishni talab etadi. 
Davlat budjeti mablag‘larining barqarorligi va chegaralanganligi xam asosiy omillardan biridir. Bozor 
munosabatlarining amal qilishi sharoitida ta’lim sohasida budjet va budjetdan tashqari moliyaviy 
mablag‘lar oqimini restrukturizatsiya qilishning ob’ektiv zarurati yuzaga keladi. Shu bilan birga, 
mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatimizda iqtisodiy inqiroz holati oqibatlari va budjet 
kamomadining mavjudligi sababli davlatning ta’limga xarajatlari ob’ektiv zaruriy darajadan past 
o‘rnatilgan edi. Bu vaqtda ta’lim sohasida budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va foydalanish 
mexanizmi hamda normativ-huquqiy ta’minot zaruriy rivojlanishga ega bo‘lmadi. Shuning uchun muayyan 
sharoitda ta’lim tizimini tarkibiy-funksional qayta shakllantirish o‘quv yurtlarida moliyaviy mablag‘lar 
barqarorligini ta’minlash, mablag‘larni oqilona qayta taqsimlash hamda o‘quv yurtlari tomonidan joriy va 
istiqboldagi masalalarni tezkor yechimini topish zarurligini ko‘rsatmoqda. 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling