«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»
Download 4.24 Mb. Pdf ko'rish
|
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C
Xulosa.
Agroturizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish nafaqat sohaning balki boshqa tarmoqlarning ham rivojiga ta’sirini ko‘rsatadi. Agroturizmning rivojlanishi еrdan foydalanishni takomillashtirish hamda undan oqilona foydalanishga olib keladi. Yerdan sayyohlik maqsadlarida foydalanish ko‘p hududlar uchun qishloq xo‘jaligi va sanoatga nisbatan ancha yuqori daromad keltirishini halqaro tajriba ko‘rsatmoqda. Shuningdek, agroturizm qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining muvozanatli rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Noyob tabiat va boy an’analar O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirish uchun muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy sayyohlar CBT (Community based tourism-jamiyatga asoslangan turizm) kabi muqobil sayohat variantlarini tobora ko‘proq tanlamoqdalar. Mahalliy aholining urf-odatlari va hayoti bilan yaqindan tanishishni istagan G‘arb sayyohlari orasida CBT turizmi tobora ommalashib bormoqda. Bu ekoagroturizmning mashhur yo‘nalishi bo‘lib, uning eng muhim tarkibiy qism ma’lum bir mamlakatning oddiy aholisining yashash sharoitlariga imkon qadar yaqin muhitda yashashdir. Turizmning bu turi mahalliy aholining oilaviy uylarida turar joylari bilan qishloq joylarining turistik salohiyatidan foydalanishga asoslangan. O‘zbekiston sharoitida qishloq joylarida mahalliy aholi o‘z uylarida oilaviy mehmon uylarini tashkil qilgan holda sayyohlarga otlarda sayr qilish, milliy taomlar pishirish, pichan o‘rish, meva-sabzavotlar va paxta terimida ishtirok etish, gilam to‘qish, kashta tikish kabi xizmatlarni ko‘rsatishlari va saboq berishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli Farmoni. 2. Косенчук, О. В., Блинов, О. А., Новиков, Ю. И., & Рабканова, М. А. (2015). Понятие агротуризма в теории и практике управления селскими территориями. Современные проблемы науки и образования, (2-2), 387-387. Download 4.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling