«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

Asosiy qism. 
O‘zbekiston Respublikasida neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzal, 
qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ustuvor tarmoqlarni belgilash mumkin. Ular yuqori qo‘shimcha 
qiymatga ega bo‘lgan, rivojlangan va rivojlanayotgan tarmoqlar qatoriga kiradi. Shuningdek
mamlakatimizda turizm sohasi ham iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida belgilangan. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal 
rivojlantirishni 
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4861-sonli Farmonida turizmni 
rivojlantirishning yaxlit konseptsiyasini shakllantirish va izchil amalga oshirish, turizmga iqtisodiyotning 
strategik sektori maqomini berish, ushbu sohani barcha hududlarni va o‘zaro bog‘liq tarmoqlarni kompleks 
ravishda jadal rivojlantirishning еtakchi kuchiga aylanishi lozim bo‘lgan iqtisodiyotni diversifikasiyalash, 
tarkibiy o‘zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantirish, yaratiladigan yalpi ichki 
mahsulotda, mahalliy byudjet daromadlarida turizmning ulushini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni 
ta’minlash, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish 
- turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan 
[1].
.
O‘zbekistonda sayyohlik sanoati eng yosh tarmoqlardan biri bo‘lsada, o‘z potensialiga ko‘ra ko‘plab 
tarmoqlardan oldinda hisoblanadi. Turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalar soha rivoji bilan birgalikda, 
yoshdosh bo‘lgan sohalar rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda hozirgi davrga qadar mavjud bo‘lgan sayyohlik 
biznes modellarini innovatsiya va raqamlashtirish yordamida tubdan qayta ko‘rib chiqishi zaruriyatini ham 
yuzaga keltirdi. Bizning fikrimizcha, pandemiya fonida salohiyati endi ochila boshlagan agro va ekoturizm 
kabi bozor segmentlarini rivojlantirish, turizm sanoatining ushbu sohalariga investitsiyalarni jalb etishning 
boshqaruv mexanizmini takomillashtirish zarur.
Bugungi kunda butun dunyoda texnogen omillarning jamiyat va madaniyat hayot rivojiga hamda tabiiy 
muhitga salbiy ta’siri oshib bormoqda. Insoniyat taraqqiyoti esa global sanoatlashish, industrial markazlar 
hamda shaharlarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda kechmoqda. Iqtisodiyotning o‘sib, rivojlanib 
borishi bilan birgalikda shaharlarning sanoat markazlari sifatidagi roli ham oshib, ularda tabiiy urbanizasiya 
jarayonlari ro‘y bermoqda. 2019-yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi ham insoniyat faoliyati
turmush darajasi, extiyojlari hamda ularni qondirish vositalari tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shu jumladan, 
inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan dam olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirish borasida o‘zgartirishlar 
kiritish, turizm hamda dam olish joylarini rivojlantirishning yangi usullarini izlash zaruriyati yuzaga keldi. 
Urbanizatsiya darajasining oshib borishi, ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda zamonaviy hayotning 
boshqa salbiy omillari shahar aholisida shaharning shovqin-suronidan uzoqda dam olishga bo‘lgan istakni 
shakllantiradi. Hozirgi vaqtda shahar aholisi orasida ochiq havoda, tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan 
yuqori talab shakllangan. Bu talabni turizmning agroturizm yo‘nalishini o‘zining barcha shakllari orqali 
ta’minlashi mumkin. Qishloq joylarida ochiq sayyohlik jahon amaliyotida uzoq vaqtdan beri keng tarqalgan 
va samarali davlat boshqaruvi orqali ham qishloq joylari, ham davlat uchun aniq iqtisodiy samara beradi 
[2]. 
O‘zbekistonda agroturizm sohasi hali shakllanish bosqichida. Qishloq joylarida infratuzilmaning yaxshi 
rivojlanmaganligi, agrosanoat kompleksining aksariyat korxonalari tomonidan aholini ish bilan ta’minlash 
darajasi yuqori emasligi kabi muammolar mavjud. Ushbu muammolar bizni qishloq aholisining bandligini 
ta’minlash, daromad manbalarini hamda xajmini ko‘paytirishning yangi usul va mexanizmlarni izlashga 



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling