mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
79
majbur qiladi. Bu muammolarning еchimlaridan biri mintaqalarda agroturizmni rivojlantirish hamda
sohaga investitsiyalarni faol jalb qilish hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi aniq
shakllantirilmagan. Turizm sanoatining o‘ziga xos sohasi sifatida agroturizmda qo‘llaniladigan standart va
qoidalar ishlab chiqilmagan. Shuningdek, ushbu sohada investorlarning qiziqishi juda past yoki sohaning
investitsion jozibadorligi еtarli darajada tadqiq qilinmagan. Ammo, bu holatlarni sohaga bo‘lgan talabning
mavjud emasligi bilan izohlash noo‘rin. Tadqiqotlar natijasida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston shahar
aholisida qishloq joylarida dam olishga bo‘lgan juda katta qondirilmagan yashirin talab mavjud. Aynan
ushbu omillar agroturizm biznes sifatida ham, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vositasi sifatida
ham katta salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Agroturizmga investitsiyalar – bu sohaga foyda olish maqsadida investorlar tomonidan o‘z
sarmoyalarining joylashtirilishidir. Agroturizm sohasiga sarmoya kiritish, boshqa sohalar kabi daromad
olish maqsadida amalga oshiriladi. Agroturizm sohasida investitsion faollik investorlarning o‘z
investitsiyalaridan oladigan daromadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq hisoblanadi. O‘zbekistonda
agroturizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan tartibga solish tizimini yaratish sohani
jadal rivojlantirish jarayoni sifatida xizmat qilishi mumkin. Bir qator sabablarga ko‘ra, bugungi kunda
agroturizm investorlar uchun katta qiziqish uyg‘otmaydi. Xususan, investorlar o‘zlari uchun yangi,
“ekzotik” biznes yo‘nalishi hisoblanuvchi sohaga investitsiyalarini yo‘naltirishga shoshilmayapti. Bundan
tashqari, agroturizmning rivojlanmaganligi sababli O‘zbekistonda agroturizm marketingi deyarli yo‘qligi
ta’kidlash lozim. Ya’ni agroturizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi obyektlar soni еtarli darajada emas hamda ular
orasida raqobat muhiti shakllanmagan.
O‘zbekistonda agroturizmini rivojlantirish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga qaramay, ushbu sohada
keng ko‘lamli investitsion loyihalarni amalga oshirish jiddiy ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega va
turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |