Obilov ilhom
-o’zbek 15-mavzu majburiylarga
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5463033168825158824
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinnosirbek esa Erondan b
- 1843-yilda Marv
8-o’zbek 15-mavzu majburiylarga
****Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800—1826). ****Amir Haydar O‘ratepani qo‘lda saqlab qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. ****Amir Haydaming ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. **** Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qarshi Niyozbek parvonachi yetakchiligida qo'shin yubordi. Qo'shin sarkardasining buyrug’i bilan Marv vohasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘oni buzib tashlandi. ****Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Dinnosirbek esa Erondan boshpana topdi. ****Harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining muddatidan oldin yig'ib olinishi 1821- yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi. Amir oxir-oqibat qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi. ****Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). ****Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. ****Nasrullo amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi. **** Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qon xonligini ham bosib oldi ****1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qo‘lga kiritish uchun Qo’qon xonligiga qarshi kurash boshladi. ****Haydar 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. Xiva qo'shini Amudaryo qirg'oqlarida mag‘lubiyatga uchradi. Jangda Xiva xoni Eltuzarxon vafot etgan. ****1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni egalladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling