Obilov ilhom
-o’zbek 38-mavzu majburiylarga
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5463033168825158824
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70 dan ortiq shoir to‘plandi. ****1821 -yilda Fazliy Namangoniy
- Maxmur
- Gulxaniy (Muhammad Sharif ) 1770
- Kulonkir Sulton va Malik Shohinlar
- Nodira taxallusida 180 she’r
- 1711-yilda
- Shohnomayi nusratpayom
- QO’QONda
- Daxmayi Shohon
8-o’zbek 38-mavzu majburiylarga
****Qo‘qon xoni Umarxon va uning umr yo‘ldoshi, mashhur o‘zbek shoirasi Nodiraning sa’y-harakatlari natijasida XIX asr boshlarida Qo‘qon ilm-ma’rifat markaziga aylandi va bu yerda Qo‘qon adabiy muhiti shakllandi. ****Umarxonning o‘zi .,Amiriy“ taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozdi. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir to‘plandi. ****1821-yilda Fazliy Namangoniy, Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o‘z ichiga olgan „Majmuayi shoiron" to‘plamini tuzdi. U 10 ming misradan ortiq edi ****Amir Umarxon davridagi shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etdi. *Qo‘qondagi Madrasayi Mirda ta’lim oldi. *Keyin qo‘shinda sipohilik qildi. *Uning devonida 69 ta asar (3717 misra) jamlangan. *„Hapalak" she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining ayanchli manzarasini aks ettirgan ****Gulxaniy (Muhammad Sharif) 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. * Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qildi. *Keyinchalik esa Qo’qonda hammomda go‘lax (o‘t yoquvchi) bo'lib ishladi. Shu boisdan „Gulxaniy“ taxallusi bilan ijod qilgan. *Gulxaniy birinchi bo‘lib o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor. *Uning mashhur asari „Zarbulmasal”dir. *Asar „Maymun va Najjor“, „Tuya bilan Bo‘taloq“, „Toshbaqa bilan Chayon“ kabi masallar bor *Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Kulonkir Sulton va Malik Shohinlarning obrazlari bor **** Jahon otin (taxallusi Uvaysiy, 1779-1845)ni Umarxon Qo‘qon taxtiga o‘tirgach. Qo‘qonga taklif etdi va bu yerda u juda ko‘p yoshlarga murabbiylik qildi. Nodira bilan ijodiy hamkorlik qildi *Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros qolgan. ****Mohlaroyim - Nodira (1792-1842) Andijonda tug‘ildi. *Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. *Umarxon Marg‘ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodira bilan turmush qurdi. *Nodira yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg‘a qilgan. * Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, *Komila taxallusida 19 g‘azal, *Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan iborat devon tuzdi. *Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar ham yozgan. **** Boborahim Mashrab (1640-1711) Namanganda tug‘ildi. *15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshladi. *18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarini kezib chiqdi. Dili tig'i sitamdin рога bo‘lg‘on xalqni ko'rdim, Tani dard-u alamdan yora bo ‘lg ‘on xalqni kо ‘rdim. Bu bayt Mashrabga tegishli. *Mashrab g‘animlarning ig‘vosi bilan dinga shak keltirganlikda ayblanib, 1711-yilda o‘lim jazosiga hukm etildi. ****Abdulkarim Fazliy Namangoniy 1822-yilda Umarxonning topshirig‘iga binoan, ,,Umarnoma“ asarini yozib tugatdi. *U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. ****Xon saroyida qozi askar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan „Shohnomayi nusratpayom “ (,,G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma) tarixiy asarini yozdi. **** Norbo‘tabiyning nabirasi Muhammad Hakimxon to‘ra ibn Ma’sumxon to‘radan (1802-1870) „Muntaxab ut-tavorix“ („Saralangan tarixlar“) asari meros qoldi. ****Toshkentlik tarixchi olim Muhammad Solih „ Tarixi jadidayi Toshkand“ („Toshkentning yangi tarixi) asarini yozgan ****QO’QONda xalq orasida Madrasayi Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan Norbo'tabiy madrasasi XVIII asrning oxirida bunyod etilgan. *U to‘g‘ri to‘rtburchakli, bir qavatli, hovlili va to‘rt minorali me’moriy obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o’rnatilgan 12 ta derazali darsxona ham mavjud. ****Daxmayi Shohon (shohlar maqbarasi) esa XIX asrning birinchi choragida qurilgan. Unda Norbo’tabiy va Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling