Обложка и титульный лист текст научн док., 0


Elektr apparatalar va asboblar uchastkasida


Download 274 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1592799
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Глава.Turayev 111

Elektr apparatalar va asboblar uchastkasida apparatlar va asboblar detallari qismlarga ajaratiladi, yuviladi, ta’mirlanadi va sinaladi. Ta’mirlash apparatlar turlari bo‘yicha ixtisoslashgan brigadalar tomonidan bajariladi. Konstruksiyasi bo‘yicha turlicha bo‘lgan asboblar va apparatlarning soni ko‘pligi sababli ularni ta’mirlash uchun oqimli-konveyer liniyasini tashkil qilish imkoniyati mavjud emas. Uchastkada quyidagi brigadalar tashkil etiladi: kontaktorlar, reversorlar va elektr pnevmatik ventillarni ta’mirlash; kuchlanish rastlagichlari, bosim relelari va kontrollerlarni ta’mirlash; skorostemerlar va elektr o‘lchash asboblarini ta’mirlash; ALSN va avtostop apparatlari va zanjirlarini ta’mirlash. Apparatlarni ta’mirlash uchun lokomotivlarni yig‘ish sexidan elektr apparatlar sexiga uzatish maxsus idishlarda jamlanishi bo‘yicha amalga oshiriladi. ALSN apparati, skorostemerlar va kuchlanish rostlagichlari lokomotivlardan lokomotivni ta’mirga keltirilgan mashinistlar tomonidan echib olinadi va elektr apparatalari sexiga yuboriladi.
Apparatlarni ta’mirlash uchastkasida appartlar, skorestemerlar, ALSN lar qismlarga ajaratiladi, yuviladi, nosozliklari aniqlanadi va ta’mirlanadi. Ta’mirdan so‘ng barcha apparatlar stendlarda tekshiriladi va texnik nazorat bo‘limi xodimlariga qabul qilib olishlari uchun topshiriladi. Brigadalardagi ish o‘rinlari appartlar turlari bo‘yicha ixtisoslashgan.
Uchastkada quyidagi jihojlar ishlatiladi: tekstolit va asbotsementni kesish uchun stanok, yoy so‘ndirish kameralari panellarini tayyorlash uchun qurilma, tokarlik va parmalash stanoklari, universal tekshirish qurilmasi, kavshar uchun tigel, kontaktli payvandlash (kavsharlash) qurilmasi, apparatlar turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sinash stendlari. Shuningdek ALSN kodlarini sozlash uchun statsionar va ko‘chma qurilmalar ham mavjud.
Elektr zanjirlarini ta’mirlash uchastkasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: qismlarga ajaratilayotgan lokomotivdan elektr apparatlarini yechib olish, tortuv elektr motorlari kabellarini ajratish va ulash, lokomotiv elektr zanjirlari ta’miri, zavod sharoitlarida ta’mirlash Qoidalariga asosan KT-2 kapital ta’miri davrida zanjirlarni almashtirish. Uchastkada ish turlari bo‘yicha ixtisoslashgan brigadalar mavjud. Lokomotiv elektr zanjirlarini ta’mirlash va o‘rnatish uchastkasi sexning ishlab chiqarish siklini yakunlaydi.
Uchastka brigadalari ishchilari lokomotivlarni ta’mirlash oqimli-koveyer liniyasi pozitsiyalarida ma’lum bir ishlarni bajarishga ixtisoslashgan. Brigadalar tarkibida yuqori malakali elektr chilangarlari mavjud bo‘lib, ular tomonidan teplovoz ishga tushirish, reostat sinovlari, obkatka va buyurtmachiga topshirish uchun tayyorlanadi.
Brigadada lokomotivlar elektr sxemalari bog‘lamlarini maketlarda tayyorlash, konduitlarga simlarni o‘rnatish, lokomotivlar aro bog‘lanish rozetkalarini tayyorlash ishlarini amalga oshirish guruhlari mavjud. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari uchastkaning ixtisoslashgan jihozlarida bajariladi. Lokomotivlar elektr sxemalari bog‘lamlarini maketlarda tayyorlash lokomotivda elektr sxemalarini ta’mirlash va o‘rnatish ishlarini engillashtiradi, simlar sarqini kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek KT-2 kapital ta’mirida turgan lokomotivlarni elektr o‘rnatish ishlari hajmi kattaligi sababli oqimli-konveyer liniyasidan qo‘shimcha pozitsiyalarga o‘tkazish zaruratini istino qilish imkonini beradi. Uchastkada quyidagi jihozlar mavjud: kabellarni kesish, izolyasiyani tozalash va uchliklarni o‘rnatish uchun pnvmogidropress, kontaktli kavsharlash qurilmasi, o‘lchamli simlarni tayyorlash moslamasi, kabellarni konduitlardan chiqarib olish uchun lebedka.
Elektr apparatlar sexining rejasi umuman olganda boshqa sexlar rejasidan farq qilmaydi – sexda ta’mirlash tizimining to‘g‘ri oqimli turi tashkil etiladi, uchastkalar ishlab chiqarish texnologiyasi va tashish operatsiyalarini maqbul sharoitlaridan kelib chiqib joylashtiriladi. ALSN, avtostop qurilmalari va skorostemerlarni ta’mirlash brigadalarini izolyasilangan xonalarda joylashtirish maqsadga muvofiq. Sexda tegishli ko‘tarish-tashish vositalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Elektr apparatlar va yordamchi elektr mashinalarini jamlanishi bo‘yicha konteyner-stellajlarda uzatish uchun sexda yuk ko‘tarish qobiliyati 1-2 t bo‘lgan kran-balka o‘rnatiladi.

Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling