Обложка и титульный лист текст научн док., 0


Download 274 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi274 Kb.
#1592799
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Глава.Turayev 111



Подп. и дата




Инв.№ дубл.




Взам.инв.№




Подп. и дата




Инв.№ подл.









I. Lokomotivlarni ta'mirlash korxonasi barcha tsexlarini yiriklashtirilgan
Ko’rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqish.
1.1. Lokomotivni zavodda ta`mirlash texnologik jarayoni.
Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlashning kapital turlari (KT-1, KT-2, KTU) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan yoki shartnomalar asosida tuziladigan kvartal rejalar asosida bajariladi. Tortuv harakat tarkiblarini zavodga ta’mirlash uchun keltirish (depoga qaytarish) zavod va “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Tortuv harakat tarkibi zavodga ishlamayotgan (sovuq) xolda keltiriladi. Bunda avtoblokirovka va radiostansiya yechilgan, tizimlardan moy, suv, yoqilg`i, qum, yong`inga qarshi qurilmadan suyuqlik to`kilgan, sanitar uzel tozalangan va dezinfektsiya qilingan, tashqi qismlar turli ifloslanishlardan tozalangan bo`lishi kerak.
Tortuv harakat tarkibi bo`yicha ishlar hajmi ishlarni aniqlash byurosi (ro`yxatga olish byurosi) xodimlari tomonidan belgilanadi. U o`zaro uzluksiz bog`langan ta’mirlash bo`yicha ishlar hajmini aniqlash va sarf hujjatlari asosida topshirish funktsiyalarini bajarish bo`yicha markazlashtirilgan organ sifatida tuzilgan.
Qabul qilish, ta’mirlash ishlarini ro`yhatga olish namunaviy hujjatlarini yuritish quyidagilarni ta’minlaydi:
- tortuv harakat tarkibini ta’mirlash bo`yicha ishlar hajmini to`g`ri aniqlash;
- alohida sexlar va uchastkalar bo`yicha ta’mirlash ishlari bo`yicha topshiriqlarni belgilash;
- ish haqi, yangi detal va materiallar sarfini ta’mirlash qoidalari, soha standartlari va amaldagi yo`riqnomalarga muvofiq, tortuv harakat tarkibini ta’mir sifatiga zarar yetkazmaydigan xolda me’yorlash;
- ta’mirlash ishlarini detallar va operatsiyalar bo`yicha, almashtirilayotgan yig`ish birliklari va detallarni olish, shuningdek sarflanadigan materiallarni qayd qilish hujjatlarini tuzish jarayonini yengillashtirish.
Ta’mirlash ro`yxatini yuritish va tortuv harakat tarkibini temir yo`l, depo va korxonalar vakillaridan ta’mirga qabul qilishni to`g`ri rasmiylatirish yetishmayotgan va katta yedirilishlarga ega detallar va yig`ish birliklarini o`z vaqtida tayyorlash, ta’mirlash vaqtini kamaytirish imkonini beradi va zavodni temir yo`l va boshqa korxonalar bilan o`zaro munosabatlarini normallashuviga hizmat qiladi.
Tortuv harakat tarkibini kapital ta’mirlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan:
1. Qabul qilish (bitta lokomotivga ikki kungacha). Ta’mir hajmini aniqlash byurosi xodimlari tomonidan quyidagi aktlarni rasmiylashtirish orqali o`tkaziladi:
- ta’mirga keltirilgan tortuv harakat tarkibini qabul qilish va dastlabki tashqi ko`rikdan o`tkazish;
- yetishmaydigan detallar bo`yicha;
- kuchli yedirilishlarga ega detallar bo`yicha;
- tortuv harakat tarkibi kapital ta’miri tavsifi tarkibiga kirmaydigan ishlarni bajarish.
2. Jihozlarni yechib olish (qolgan yoqilg`i va moyni to`kib olish; yoqilg`i va moy tizimlarini yuvish va bug` bilan tozalash, anjomlarni yechib olish).
3. To`liq qismlarga ajratish (yig`ish birliklarini yechib olish va ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarga uzatish, kuzov va ramani ichki va tashqi tozalash).
4. Detallargacha qismlarga ajratish, ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarda bajariladi.
5. Detallarni yuvish va nuqsonlarni aniqlash, ta’mirlash ro`yhatini tuzish, yig`ish birliklari va ishchilarga naryadlarga talabnomalar tayyorlash.
6. Tortuv harakat tarkibi yig`ish birliklarini tiklash.
7. Yig`ish birliklarini yig`ish, sinash va rostlash, teplovoz sexiga belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan xolda uzatish.
4-7 bandlarda keltirilgan ishlar tortuv harakat tarkibini ta’mirlash jarayoni asosiy liniyasiga parallel ravishda bajariladi.
8. To`liq yig`ish, ko`zdan kechirish va nuqsonlarni bartaraf etish, yonilg`i, moy, suv quyish, dizel generator qurilmasini sinash uchun ishga tushirish.
9. Reostat sinovlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish.
10. Yurgazib ko`rishga tayyorlash va yurgazib ko`rish, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik nazorat bo`limiga ishlab turgan xolda topshirish, yonilg`i, moy, suvni to`kib olish.
11. Bo`yash va quritish (ichki tomonlari ikki marta, tashqi tomondan uch marta bo`yaladi).
12. Texnik nazorat bo`limiga qabul qilib olish aktini rasmiylashtirib topshirish, asboblar, uskunalar, signal moslamalari bilan ta’minlash, ro`yhatga olingan depo yoki korxonaga jo`natish.
«O’ZTEMIRYO’LMASHTA’MIR» UK temir yo‘l harakat tarkiblarini kapital ta’mirlash va modernizatsiyalashni amalga oshiruvchi Markaziy Osiyodagi yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda TE10 turidagi yuk tashishiga mo‘ljallangan teplovozlar, TEM2, CHME3 manyovr ishida qo‘llaniladigan teplovozlar, shuningdek VL60K, VL80S elektrovozlari kapital ta’mirlanadi. Hozirgi kunda respublikamizda foydalanishda bo‘lgan “O`zbekiston” elektrovozlarini kapital ta’mirlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Istiqbolda “O`z-Y”, “UzEL”, “UzELR” turlaridagi elektrovozlarni kapital ta’miri ham shu yerda amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv parki hizmat muddati 30 yil bo‘lib, ularning asosiy qismi hozirgi kunda hizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Ularni hizmat muddatini uzaytirish va TE10 turidagi teplovozlarning texnik holatini tiklash uchun 10D100 turidagi eskirgan dizellarni tejamkor bo‘lgan zamonaviy dizellarga almashtirish, shuningdek lokomotivning ko‘taruvchi qismlarini tiklash lozim.
“O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJ va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YBRR) 2001 yilning noyabr oyida dizelli lokomotivlar parkini modernizatsiyalash loyihasi bo‘yicha kredit kelishuvini imzoladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 26 dekabrdagi 451-sonli “Dizelli lokomotivlar parkini Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ishtirokida modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish chara-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan mazkur loyiha texnik-iqtisodiy asoslangan. Loyihani amalga oshirish davomida dizelli lokomotiv parki modernizatsiyalangan.
Loyihada poyezdlar harakati havfsizligi, mehnat muhofazasi, atrof-muhit himoyasi, yonilg‘i-energetika resurslari va foydalanish sarflarini tejashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 18 martdagi PQ-1047 sonli “2009-2013 yillarda temiryo‘l sohasini rivojlantirish va modernizsiya qilishning kompleks dasturi to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 90 seksiya teplovozlar 10D100 dizel-generatorlarini “Kolomna zavodi” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 1A-9DG (3 ishlanmasi) dizel-generatorlariga almashtirish yo‘li bilan modernizatsiyalandi.
Korxona asosiy: lokomotivlar yig‘uv, dizellarni ta’mirlash, ta’mirlov-butlov, g‘ildiraklar, elektr mashinalarni ta’mirlash, elektr apparatlarni ta’mirlash, quyuv, temirchilik, mexanika sexlaridan va yordamchi: asbob-uskunalar,energetika issiqlik kuch, ta’mirlash-mexanika, ta’mirlash-qurulish transport sexlaridan tashkil topgan.
1.2 Elektr apparatlar sexining yillik dasturini hisoblash.
Lokomotivlarni ta’mirlash zavodlari lokomotiv seksiyalarini zavod sharoitida ta’mirlashga mo‘ljallangan ixtisoslashgan sanoat korxonasidir.
Zavodning yillik ishlab chiqarish dasturi belgilanganmiqdordagi VL80 elektravozining 330 seksiyalarini kapital ta’mirdan chiqarish va temir yo‘l liniya korxonalari uchun 20 foizlarda uzel va detallarni ta’mirlashni ko‘zda tutadi. Bunday dastur ta’mirlash ishlab chiqarishini tashkil etish va texnologiyasining eng ilg‘or usullarini qo‘llash imkonini beradi, bunda lokomotivni, uning alohida uzel va agregatlarini qismlarga ajratish, ta’mirlash va yig‘ish uchun oqimli-mexanizatsiyalashtirilgan va konveyerli liniyalarini qo‘llash iqtisodiy rentabelli bo‘lishini ta’minlaydi.
Tsexlar, ularning uchastkalari va bo‘limlarini loyihalashtirish uchun ishlab chiqarish dasturi liniya korxonalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ( VL80 300ta shartli seksiyalari va liniya korxonalari uchun ta’mirlanishi lozim bo‘lgan (20% larda) lokomotiv uzel va agregatlarini ta’mirlash yillik dasturi) hisoblanadi va 1.1-jadvalga kiritiladi.
1.1. jadval

Ta'mirlangan qurilmalar va yig‘ish agregatlari uchun sex nomi

Zavod ta'mirlash lokomativlarning sexsiyasida
gi soni (dona)

Agregatlar soni va yig‘ish birliklari,dona

Elektrovozlarning shartli bo'limlari soni, dona

Har bir chiziqda ta’mirlangan

1seksiyali lokomotiv uchastkasiga

А

Б

В

А+

Elektroaparatlar soni

300







300

Reversorlar



300


265


4


650


Tortuv transformator

300

66

1

396

Tortuv elektrodvigateli

300

265

4




Bosh kontroller EKG-8J

300

66

1

396

Kuchlanishlarni rostlovchi blok

300

66

1

396



Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling