shaklini
baholash nuqtayi nazaridan yondoshmay, balki, agar biz
o'simlikning o'sishi va rivojlanishining optimal sharoitlarida unga
xos bo'lgan
dekorativligini
berishni istasak,
u
holda
unga
o'simliklarning ko'kalamzorlashtirilayotgan joyning tuproq ob-havo
sharoitlariga qo'yadigan talablarning butun majmuyini hisobga
olgan holda yondashishimiz zarur.
Daraxtlarning tashqi muhit omillariga munosabati
O'simliklarning har bir turi ma’lum bir tabiiy sharoitlarda
yuzaga kelgan va shakllangan. Ular turning rivojlanish jarayonida
tanlov omili rolini o'ynaydi. Shuning uchun uning hayotiy sikli,
tashqi va ichki tuzilish barcha xususiyatlarining asosi hisoblanadi.
Turning shakllanish
shartlari
irsiyat bilan
mustahkamlangan
biologik xossa bo'lib qoldi. O'simlik uning biologik xususiyatlariga
javob beradigan muhitdagina me’yorida hayot kechirishi mumkin.
Biroq tabiatda ham, maishiy hayotda ham o'simliklarning biologik
talablarining ularning yashash sharoitlariga to'liq moslashishi juda
kam kuzatiladi.
M a’lumki, o'simliklar uchun muhitni ekologik omillar (suv,
yorug'lik, tuproq, harorat, havo), biotik omillar (hayvonlar va
o'simliklarning ta’siri) va antropogen omillar (odamning ta ’siri)
yaratadi. Ularning hammasi alohida emas, balki bir-biriga bog'liq
majmua sifatida ta ’sir ko'rsatadi, lekin omillardan biri mazkur
hududda o'simliklarning hayoti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo'ladi. O'zbekiston sharoitida ko'kalamzorlashtirishga nisbatan
qo'llanilganda dekorativ daraxt navlarini yetishtirishga va ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |