Obodonlashtirish va transport


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

yopiq quvurli drenajidu.
Quvurli drenajning konstruksiyasi, sizot 
suvini o'zida sizdiruvchi to ‘kilma bilan ko‘milgan quvurdan iborat. 
Quvurli drenaj transheyasi to ‘liq ko‘milib, yeming ustida faqatgina 
tarm oq bo'ylab uning quduqlari ko'rinadi.
Quvur materiali sifatida keramika, beton, asbotsementlar 
qo'llaniladi. Keyingi vaqtlarda esa polim er mahsulotlaridan ko'proq 
foydalanilmoqda.
Quvurlar diam etri 100—250 mm atrofida bo'ladi, yig'ilgan 
suvlami olib ketish uchun 400 mm va undan ham katta bo'lishi 
mumkin
27


Transheyaning shakli va o ‘Ichamlari drenaj konstruksiyasi kabi 
tizimning vazifasiga, 
sizot suvining sarfiga, yeming tuprr.q 
sharoitiga, ishni olib borish usullariga va h.k. ga bog‘liq.
Filtrlovchi material sifatida graviy, shag‘al, yirik donali qumlar 
ishlatiladi. T o‘kilma materiali mustahkamlik va sovuqbardoshlik 
shartlariga javob berishi lozim.
To'kilma
drenaj 
konstniksiyasining 
asosiy elem entlaridan 
biridir. U yordamida sizot suvlari yig'iladi. To'kilm a — drenaj 
quvuri bilan transheyani ko'm uvchi tuproq orasidagi oraliq qatlam 
hisoblanadi. U mayda zarralam i quvurga o ‘tib ketishidan saqlab, 
o ‘z navbatida o'zining zarralari ham quvur teshiklaridan o'tib 
ketmasligi kerak.
Alohidagi 
noqulay 
hududlarda, 
xususan 
siljish 
mavjud 
hududlarda yuriladigan yoki yarim yuriladigan, ochiq transheya- 
larda yoki yer osti yo'laklari sifatida galereyali drenajlar qo'llaniladi 
(1.7-rasm).
1.7-rasm.
Galereyali drenaj:
1 — beton; 
2 — devorning suv qabul qilgich teshiklari;
3 — qumning sizdiruvchi qatlami; 
4
— galereya arig'i.
Galereya konstruksiyasi materiali sifatida beton va tem ir-beton 
qo'llaniladi, 
lekin 
yog'ochli 
va 
toshli 
galereyalardan 
ham
foydalaniladi.
Yurish mumkin bo'lgan galareyali drenajlarda, agar ular shahar 
sharoitida qurilgan bo'lsa, ulardan boshqa turdagi injenerlik 
tarm oqlarini ham o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
28


Vertikal drenaj bir qancha vertikal holatdagi quduqlar tizimini 
birlashtiruvchi tizimdir. Quduqlar o ‘zaro suvlami ketkazuvchi va 
nasos qurilmalari bilan bog‘langan quvurlar orqali bog‘lanadi. 
Yig'ilgan suvlami qochirish nasoslar orqali amalga oshirilib, suvlar 
suv havzasiga yoki shahar suv tarm og‘ining kollektoriga borib 
tushadi.
H ar bir vertikal 
quduq atrofida voronka hosil bo‘lib, 
voronkalarning diametri bir-birini to'ldirish lozim.
Har bir depression voronka depressiya radiusi o'Ichamini 
tavsiflaydi.
Sizot suvi sathini pasaytirish doimiy ravishda nasos yordamida 
suvni haydash bilan amalga oshiriladi.
Vertikal drenaj tizimlari sizot suvlari miqdori katta va yer 
sirtidan ancha chuqur joylashgan holatlarda qo'llaniladi. Quvurlar 
diametri 150—300 mm atrofida bo'ladi.
K o'p hollarda vertikal drenaj daryodan sizuvchi suvlami 
pasaytirish uchun qirg'oq drenaji sifatida hamda chuqur joylashgan 
yer osti inshootlari (garajlar, tonellar)ni sizot suvlaridan mahalliy 
miqyosda himoya qilish va h.k. maqsadlarida qo'llaniladi.
Mahalliy drenaj. Bu turdagi drenajlar alohida bino yoki 
inshootlami sizot suvlaridan himoya qilish uchun qo'llaniladi. 
Shahar hududini injenerlik tayyorgarligi ishlarida, kattaroq joylarda 
sizot suvlarini pasaytirishda bu turdagi drenajlar muhim rol 
o'ynamaydi. Lekin obyektlami qurishda qurilish ishlariga bog'liq 
bo'lib, alohida obyektlar miqyosida ular qo'llaniladi.
Mahalliy drenajlar o'ziga xos qurilma bo'lib, ulaming vazifasi 
inshootga yondash gruntdan suvni olib, inshootlami sizot suvidan 
himoyalaydi. Mahalliy drenajlar maydonli va tasmasimon turlaiga 
bo'linadi. Tasmasimon mahalliy drenajga, bir nechta injenerlik 
tarm oqlari birgalikda joylashtiriladigan yer osti yirik kollektor- 
larining drenajlami misol qilib keltirish mumkin.

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling