Ochiq arxitektura printsipi
Displeyni sistemali blokga ulash usuli
Download 0.73 Mb.
|
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Displeyda ma’lumotni tahrir qilish
- Personal komp’yuterning videosistemasi
Displeyni sistemali blokga ulash usuliDispleyning sistemali blokga ulash kontroller yordamida amalga oshirildi. Kontroller alohida plata (adapter) shaklida bajarilgan bo`ladi. Adapter odatda ENT boshqaruv sxemalari va rastr xotirasini saqlaydi. Bundan tashqari, unda ekranga chiqariladigan belgi matritsalari obrazlari yozilgan DXQ mikrosxemalari joylashadi. Bu mikrosxemani almashtirib, belgi generatorini, ya`ni ekranga chiqariladigan harf, raqam va boshqa belgilarning yozilish shaklini o`zgartirish mumkin. Alvafit - raqamli informatsiya bilan foydalanish imkonini beradigan kontrollerlar grafik kontrollerlardan soddaroq hisoblanadi. Displeyda ma’lumotni tahrir qilishXotiradan chiqarilgan informatsiyani tahrir qilish uchun, odatda maxsus klavishlar bilan ekranda siljiydigan markerdan (kursordan) foydalaniladi. Displeyda informatsiyani tahrir qilish uchun klaviaturadan tashqari, yorug`lik perosidan foydalaniladi, uning uchiga yorug`likni sezuvchi element (masalan, fotodiod) o`rnatiladi. Pero uchi belgi bilan to`g`ri kelganda DXQ buferidagi bu belgini o`qish vaqtida sezuvchi elementda impul`s paydo bo`ladi. SHu usul bilan bu belgining DXQ da saqlaydigan yacheykaning adresini aniqlashi mumkin, bu degani shu adresli yacheykadagi informatsiyalarni o`zgartirish imkonini beradi deganidir. Alifbo – raqamli displey bilan bir qatorda grafik informatsiyalarni tasvirlaydigan va operatorga EHM xotirasiga topshiriq berish va kiritish hamda ekranda tasvirni tahrir qilish imkonini beradigan grafik displeylar mavjud. Bu displey ENT nuri yorug`lik perosining uchi bilan siljiydigan rejimda ishlab chiqariladi. Bunday siljish maxsus sxemalar yordamida shunday amalga oshiriladiki, unda qalamning sezuvchi elementi doim ENT nuri bilan yoritilib turishi lozim. YOrug`lik perosi konstruktorlik – loyiha ishlarini avtomatizatsiyalashda odamning EHM bilan aloqasini anchagina engillashtiradi. Personal komp’yuterning videosistemasiPersonal komp`yuterning videositemasi monitor va videoadapterdan iborat. Videoadapter – tasvirni hosil qilib monitor ekraniga chiqaruvchi qism platadir. Monitor (displey) – dinamik tarzda yangilanadigan tasvirlarni chiqaruvchi qurilma. Komp`yuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. Videoadapterning vazifasi - tasvir to`g`risidagi ma`lumotlar saqlanadigan xotiraning muayayn qismini monitorda aks ettiruvchi signalni hamda sinxronlash signallari - taqsimlashning gorizontal (satrli va vertikal (kadrli)) shakllantirishdan iborat. Videoadapterlar taraqqiyoti katta yulni bosib o`tdi. CHunki eng birinchi personal komp`yuterlarda: monitor tariqasida maishiy televizor foydalanilgan bo`lsa, hozir esa komp`yuterni juda quvvatli, kuchli grafik stantsiyaga aylantiruvchilarga etib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter- displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alvafit-raqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta`minlay ololmasdi, faqat harf va raqamlar bilan ishlardi. MDA o`rniga CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo`lgan 16 rangning to`rtasini ko`rsata olardi. Keyingi etapda, EGA (Enhansed Graphics Adapter - yaxshilangan grafika adapteri) ekranda ko`rinidagan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16ranggacha etkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi grafik programmalar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirish va mashhur bo`lib ketishiga omil bo`ldi. Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffiqiyatli videostandart hisoblanardi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, CVGA(Syper-Vga) standartiga o`tdi. Agar VGAning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil chiqarishni ta`minlasa, keyingi VGA bilan to`g`ri keladigan platalar paydo bo`ldiki, ularda ranglari bo`yicha farq 16.8mlnni tashkil qiladi. PK ning videosistemasi tekstli yoki grafikli rejimlarda ishlashi mumkin. Tekst rejimida monitor ekranda chegaralangan miqdordagi simvol va mahsus belgilar tasvirlanadi. Standart buyicha tekst rejimida 25 qator, har bir qatorda esa 80 simvol joylashadi. Grafik rejimda tasvir qator nuqtalardan hosil qilinadi. Grafik rejimda tasvirlarni hosil qiladigan komp`yuter videosistemasining imkoniyatlari doirasi quyidagicha: ranglar soni, tasvirlarni yangilanish chastotasi. Ekranni imkoniyat doirasi chegarasi lyuminofor zarrasi (rangli tasvir hosil qiluvchi ekran elementi) o`lchami bilan aniqlanib,0,2 g – 0,5 mm chegarasida o`zgaradi. Monitor va videoadapterning elektron nurning yoyilish holatini vujudga keltiruvchi elektron komponentlarning parametrlari ekranning real imkoniyat doirasini beradi. IBM PC oilasiga mansub komp`yuterlarning real imkoniyat doirasi quyidagi standartlardan iborat: 640x480, 800x600, 1024x768, 1152x864, 1280x1024, 1600x1200. Professional monitorlar imkoniyatlari bulardan ham yuqori(13-rasm). 13-rasm. Monitor 17 dyuymli Tasvirlashni standart ranglari, har bir nuqtani 16, 256, 64K, 16M tusda ifodalashdan iborat. Rangni tasvirlash rejimlari: 4 – razryadli kodlashtirish (16 rang -VGA); 8 – razryadli kodlashtirish (256 rang); 16 – razryadli kodlashtirish (64K ta rang – High Color); 24 - (16M ta rang – True Color); 32 - (16M ta rang - True Color); Tasvirlarni yangilanish chastotasi – monitor ekranida tasvirlarni bir sekund davomida necha martalab yangilanishiga aytiladi va gertslarda o`lchanadi. Hozirgi zamon videoadapterlari ekranni katta chastotada yangilanishini qo`llab - quvvatlaydi, turli imkoniyatlar rejimi bo`lsa ham. Hozir keng tarqalgan monitorlar turiga elektron – nurli trubkali – GRT – displeylari kiradi. Biroq undan ham ommabop bo`lib, narxi baland monitorlar suyuq kristalli ekranga ega. Ularni LCD displey deb ataladi. Bu displeylar portativ komp`yuterlarda ishlatiladi. Standart bo`yicha monitorlar diagonalining uzunligi 14, 15, 17, 19, 20, 21 yoki 22 dyuymli bo`ladi. Maxsus holatlarda (intellektual kassa apparatlari, server monitori va h.z.) diagonali 12 dyuymli GRT monitori ishlatiladi. Zamonaviy programmalar bilan ishlash uchun 17 – 19 ―uzunlikdagi monitorlarni ishlatish maqsadga munosib. Tasvirlarda diagonalning real uzunligi nominaldan 1 kam yuradi. GRT monitorlarida tasvir elektron nurli trubka bilan hosil qilinadi. Tasvirlarni hosil qilishning o`ziga xosligi sababli tasvirning burchaklarida kemtiklar bo`lishi mumkin. GRT monitorida tasvirlarni yangilanish chastotasi 75 Gts ga teng bo`lsa, minimal yaroqli hisoblanadi. Evropa standartlari talabi esa yangilanish chastotasi 85 Gts. YAngilanish chastotasi 110 Gts va undan yuqori bo`lsa, optimal hisoblanadi. Bunday yangilanish chastotasida ekrandagi tasvirni ko`z orqali xuddi qog`ozdagi tasvirdek qabul qilsa bo`ladi. Biroq bu tasvirni narxi baland professional monitorlar ta`minlaydi, o`shanda ham barcha rejimlarda emas. Odatda, imkoniyat doirasi qancha katta bo`lsa, ekranni yangilash chastotasi shuncha kichik bo`ladi. GRT monitorining salmoqli xarakteristikalari bor bo`lib, tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq talablar xalqaro standart bilan aniqlangan. Bular - xavfsizlik, sog`liqga ta`sir, energiya kamxarjligi va h.z. (MPR II, TCO`92, 95, 99). Ko`pchilik LCD monitorlari 15 – 17 dyuym uzunlikdagi diagonali bilan chiqarilyapti. Ularning diagonal bo`yicha uzunligi 14, 15, 16 dyuymdir. Diagonalning real uzunligi yozilgani bilan ham to`g`ri keladi. GRT monitorlarida har bir nuqta ekranni bir elementi (tranzistor) yoqilishi bilan hosil bo`ladi. SHu tufayli har bir monitorning o`z maksimal fizik imkoniyati doirasi mavjud. 15 dyuymli monitorlar uchun bu nuqtalarning soni 1024x768, 17 dyuymli monitorlarda esa 1280x1200 ga teng. LCD monitorlarni uning maksimal imkoniyat darajasida ishlatish ma`qul, bu holda nuqsondan holi. Kichik imkoniyat doirasida ishlatilganda, har bir nuqta bir nechta tranzistorlar bilan hosil qilinganda tasvirni buzib ko`rsatish yuz beradi. LCD monitorlarida ekranni yangilanish chastotasi ahamiyatli hisoblanmaydi, shuning uchun tasvir 60 Gts. li yangilanish chastotasida (bu kichik chastota hisoblanadi) ham stabil ko`rinadi. LCD monitorlarning yutuqlari: kompakt o`lchamli; nuqsonlarning bo`lmasligi; tasvirning stabilligi; ravshanligi; tasvir kontrastining yaxshiligi; energiyani kam ishlatishi. Kamchiliklari esa quyidagilar: narxi baland, bir xil imkoniyat doirasida ishlash lozimligi, ekran elementlarining ayrimlari kuyishi mumkinligi. Undan tashqari, ularda GRT monitorlariga nisbatan ranglarini berish xususiyati yomon, tez harakatlanadigan ob`ektlarni ko`rsatishi ham yaxshi emas. Hozirgi vaqtda GRT monitorlaridan foydalanish qulay, chunki ular arzon. Biroq LCD monitorlari ham takomillashyapti, narxlari pasayyapti, shuning uchun yaqin orada ular GRT monitorlarini siqib chiqaradi. Boshqa perespektiv monitorlar modellari plazmenli panellar hisoblanadi. Ular LCD monitorlariga nisbatan ko`p afzalliklarga ega, biroq hozircha ular juda qimmat va ular faqat katta proektsiya ekranlari sifatida, hamda yuqori klassli uy kino teatrlari tarkibida ishlatiladi(14-rasm). 14-rasm. LCD monitor. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling