Ochiq arxitektura printsipi
Download 0.73 Mb.
|
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klaviatura va sichqonda ishlash
Lazerli printerlar. Albatta, sizga eng sifatli va tez ishlaydigan printer kerak bo`lsa, lazer printerlari asqotadi. Bu printerlar (18-rasmga) bosmaxona sifati darajasidagi tasvirni ta`minlaydi. Lazerli printerlarlarda baraban bo`ladi. Barabanga kerakli formatdagi tasvirga zarur ma`lumotlar komp`yuter komandalari yordamida yuboriladi va lazer ularni elektrlab bo`yoq ranglari bilan qoplaydi. So`ng bir zarb bilan so`ralgan tasvir qog`ozga bosiladi.
18-rasm. Lazerli printer Mazkur printerlarda bo`yoq kukunlari nisbatan qimmat turadi, biroq sifat va tezlik sizni qoniktiradi, misol uchun bir betga 3-15soniya vaqt etarli. Eslatma. Lazer printerlari maxsus qog`oz talab qilmaydi, shu tomondan is`temolchiga qulay. Printerlar bozorida matritsalilar ichida EPSON turidagi, purkagichli va lazer printerlardan esa Hewlett Packard firmasiga taalluqli, shu nomdagi printerlar xaridorgir hisoblanadi. Rangi bosma uchun maxsus printerlar qo`llaniladi. Tasviri eng yaxshi (fotografiya sifatiga o`xshash) tasvirlar sublimatsion (Dye sublimation) printerlarida hosil qilinadi. Biroq bu printerlarga ishlatiladigan maxsulotlar o`zining o`ta qimmatligi bilan ajralib turadi. Klaviatura va sichqonda ishlashHar bir kishining komp`yuter bilan muloqotini klaviatura va sichqon ta`minlaydi. Klaviatura eng birinchi komp`yuterlarda mavjud bo`lgani holda va hozir ham zarurligini yo`qotmagan qurilma hisoblanadi. Personal komp`yuterda qo`llaniladigan klaviaturaning ko`rinishi 19-rasmda berilgan. 19-rasm. Klaviatura. IBM PC turidagi komp`yuterlar uchun standart asosida 101 yoki 83 klavishli klaviaturalar ishlab chiqarilayapti. Biroq 83 klavishli klaviaturalar avvallari chiqarilar edi, hozirda asosan 101 klavishli klaviaturaga yondoshiladi. Mazkur turdagi 101klavishli klaviaturalarni o`rganib chiqamiz. SHu o`rinda har bir klavish birdan boshlab to`rtgacha bo`lgan simvolni (harf, son, belgi) ifodalashi mumkinligi ta`kidlash lozim. Klaviaturadagi klavishlarni bajaradigan vazifasiga qarab shartli ravishda guruhlarga ajratamiz: Alvafit - raqamli klavishlar; Bosma va yozma harflarni kiritish klavishlari; Kirill va lotin harflariga o`tkazish klavishlari; Funktsional klavishlar; Rejimlarga o`tish indikatorlari; Birgalikda (kombinatsiyada) qo`llaniladigan klavishlar; Ixtiyoriy simvollarni hosil qilish klavishlari. SHu ketma-ketlik tartibida har bir guruh klavishlarini ko`raylik. Alvafit-raqamli klavishlar klaviaturaning pastki chap katta blokida joylashgan (20-rasmda AR bilan belgilangan). Ahamiyat berilsa bu 48 klavishi lotin, kirill harflari, raqamlar va belgilardan iborat. Qaysi klavishga bosilsa, zarur harf yoki raqam, belgi chiqishini bilish uchun keyingi ikki guruh klaviaturalarini ham o`rganish lozim. 20-rasm. Alvafit-raqamli klavishlar. [probel]- klavishi, yozuv mashinkasiga o`xshab eng katta klavish bo`lib, probel (bo`sh yoki yo`q simvol) kiritishga xizmat qiladi. Ta`kidlash lozimki, har qanday rejimda ham u faqat probel hosil qiladi. SHu sababli klavish ustiga boshqa simvol nishoni berilmagan. Odatda komp`yuter ishga tushirilishi bilan lotin alifbosi harflarini kiritish holati mavjud bo`ladi. YOzma xarflarni kiritish uchun mos klavishlar bosiladi, xolos. Mobodo bosma harflarni kiritmoqchi bo`lsangiz u holda albatta [Shift] klavishi bilan kerakli harfga mos keluvchi klavish birgalikda bosiladi (kirill harflarini ham kiritish shu tartibda bo`ladi, faqat lotindan kirill harfiga o`tish sharti bajarilishi kerak. (Bu shart quyida beriladi). Ikki klavish birgalikda bosiladi, deyilganda, birinchisi bosib turilib, ikkinchisi ham bosiladi. Biroq, xoh bittalab yoki birgalikda bo`lgan holda, klavishni uzoq vaqt bosib turish yaramaydi. Bir deyishga ulgurmaydigan tezlikda klavishni bosilgani ma`qul, aks xolda qo`lingiz klavishda uzoqroq vaqt qolib ketsa, sizga bir xil xarflarni ko`plab terib beradi. Agar siz faqat bosma harflarni kiritmoqni istasangiz, u holda [Caps Lock] klavishini bir bora bossangiz etarli. YUqori o`ng tomondagi indikator yonib bu rejim amalga kirganini bildiradi. Marhamat, endi tergan harflaringiz bosma (katta) shaklida bo`ladi. YAna yozma(kichik) harflarga o`tish uchun, [Caps lock] qayta bosilib o`chiriladi. Kirill va lotin harflariga o`tkazishni IBM PC komp`yuterida drayverlar (maxsus kiritish-chiqarish programmalar) bajaradi. Bu programma odatda komp`yuter ish boshlashi jarayonida yuklanadi va operativ xotiraga joylashgan bo`ladi. Klaviatura drayverlari yaratilganda bir alifbodan boshqasiga o`tishni ta`minlash uchun ma`lum klavishlar bitta yoki birgalikda bosilishi nazarda tutiladi. CHunki biror matn terilyotganda, hozirgi tezkor zamonimizda, ingliz so`zlarini aslida berish lozim bo`lib qolganda drayverni chaqirish oson va qisqa vaqtda bajarilishi, natijada bir alifbodan boshqasiga va ortga qaytish engilligi kafolatlanadi. Ko`pincha bunday klavishlar sirasiga [Ctrl]- o`ng yoki chap tarafdagisi, ikkalasi birgalikda bosiladi. Boshqa komp`yuterlarda boshqa klavishlar varianti ham uchraydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling