Ochiq arxitektura printsipi
Download 0.73 Mb.
|
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI
Funktsional klavishlar. Klaviaturaning eng yuqori qismida [F1], [F2], ..., [F12] belgilar bilan funktsional klavishlar joylashgan bo`lib, ular ko`pincha programmalarda ishlatiladi. Aytish mumkinki, [F1] ko`p programmalarda axborot yordami(Help), [F3]- matn o`qish, [F5] - nusxa ko`chirish va boshqalarda foydalaniladi.
Kursorni boshqarish klavishlariga: [],[ ],[ ],[ ], [Home],[End], [PageUp (qisqacha PgUp)],[PageDown(PgDn)] klavishlari kiradi. Ularni bosganda kursorni (ekrandagi ko`rilayotgan pozitsiya ko`rsatkichi) ko`chishi amalga oshadi. YOylar mos ravishda chapga, o`ngga, yuqoriga va pastga bir pozitsiya ko`chishni bildirsa, [Home]- satr boshiga, [End] - satr oxiriga, [PgUp], [PgDn]- sahifa boshiga, oxiriga kursorni keltiradi, monitorda bu holat 25 qatorga sakrash bilan bajariladi. Raqam klavishlari - klaviaturaning o`ng burchagida joylashgan bo`lib, [Num Lock] -bosilsa raqamlar kiritish, aks xolda kursorni boshqaruvchi klavishlar vazifasini o`taydi. Maxsus klavishlar turiga ko`p klavishlar kiradi, ularni aksari qismini ko`rib chiqamiz. [Insert] - klavishi, simvol kiritilayotgan vaqtda bosilsa, kursor ko`rsatayotgan pozitsiyadagi mavjud simvol o`rniga, yangisi uriladi. Agar mazkur klavish bosilmasa, bor simvol bir pozitsiyada o`ngga surilib, oraga yangi simvol kiritiladi. [Delete] - klavishi kursor turgan pozitsiyadagi simvolni o`chiradi yoki yo`qotadi. "Delete" -o`chirmoq demakdir. [Enter] – klavishi (ba`zi klaviaturalarda [Return], [Cr] klavishlari bilan ayniydir) komp`yuter bajarishi lozim bo`lgan komanda terilgach bosiladi. Matnli redaktorlarda bu klavish ishlatilishi, abzats tugaganida amalga oshiradi. [Esc] - qandaydir komanda, noto`g`ri terilgan direktiva yoki baja-rilayotgan programmadan voz kechish uchun xizmat qiladi. [Back Space] - (yoki [Enter] ustidagi chapga yo`nalgan [-]) klavishi kursor turgan pozitsiyadan chapdagi belgini o`chiradi. [Ctrl] , [Alt] - klavishlari ham [Shift] kabi klavishlar rejimlarini, ya`ni bosmadan yozmaga yoki lotindan kirillga o`tishiga yo`l beradi. Aslida bu klavishlarga ilk yaratilgan komp`yuterlarda bundan ham kattarok vazifalar yuklatilgan edi. [Print Screen] - ekrandagi tasvirni qogozga printer orqali bosib chiqaradi, undan tashqari faylga va Windows buferiga nusxa ko`chirishga xizmat qiladi. [Breek] - klavishi programma ishini to`xtatish uchun ishlatiladi. Birgalikda qo`llaniladigan klavishlar. [Ctrl] + [Breek] - bajarilayotgan programma yoki komanda tugatilishini ta`minlaydi. [Ctrl] + [Alt] + [Del] - MS DOS sistemasini qayta yuklaydi. [Ctrl]+ [Breek] - ekrandagi axborot nusxasini printer chiqarish rejimini ulash va o`chirishni ta`minlaydi. [Ctrl] + [S] - komanda yoki programma bajarilishini to`xtatadi. [Ctrl] + [P] - ekrandagi ma`lumot nusxasini printerga ko`chirishni tashkil etadi. Rejim indikatorlari eng yuqori burchakda joylashgan bo`lib: [Num Lock], [Caps Lock],[Scroll Lock] klavishlari bosilganda yoqiladi, qayta bosib o`chiriladi. Ixtiyoriy simvolni hosil qilish klavishlari, axamiyat bersangiz jadvalda °│╣___░▒▓ - turli belgilarni ham komp`yuterda ko`rish mumkin deyilganda, bu belgilar grafik rejimdagina foydalaniladi deb tushunmoq kerak. Ekranga, klaviatura orqali hosil qilmoqchi bo`lsangiz [Alt]+ raqam tersangiz kerakli belgi hosil bo`ladi. Raqamni belgiga mos ravishda jadvaldan olasiz. Misol, [Alt]+177 kombinatsiyasida klavishlarni bossangiz - ▒ belgisi ekranda hosil bo`ladi. Mashq. ____jadvaldan 199,20, sonlarga mos keluvchi belgilarni hosil qilib ko`ring. (Javob:╟ _). Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling