Ochiq arxitektura printsipi


Pozitsionlashtirish qurilmalari


Download 0.73 Mb.
bet23/24
Sana20.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1627265
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI

Pozitsionlashtirish qurilmalari. Sichqon - stol variantidagi PKning asosiy pozitsionlashtirish qurilmasi bo`lib, monitorda ma`lumotlarni grafik rejimda tasvirlashga xizmat qiladi (21- rasm).
YUza bo`ylab sichqon harakatlatganida ikkita son hosil bo`ladi, ular protsessorga uzatiladi va sichqonni boshqarish programmasi bilan ekranning ikki o`lchovli sathida nuqta koordinatalarini talqin qiladi. Natijada, programma sichqon ko`rsatkichidagi tasvirni ekran bo`ylab siljitadi.

21-rasm. «Sichqon» turidagi qurilma strukturasi.
Sichqonchadagi klavishlar bosilishi, protsessorga bosilgan klavish kodini uzatadi, programma mos ravishda uni talqin etadi.
Bir, ikki va uch knopkali sichqonlar bo`ladi. Apple firmasining personal komp`yuterlari bir knopkali sichqonlarni, IBM ga turdosh personal komp`yuterlarda esa ikki va uch knopkalilar ishlatiladi(22-rasm). Windows ikki knopkali sichqonchalarni standart qo`llab quvvatlaydi.

22-rasm. Ikki knopkali sichqonchalar.
Ishlash printsipiga qarab ular mexanik, optomexanik va optik (eng qulay va ishonchli) ketma-ket PS/2 yoki USB shinasi porti orqali ulanadi.
Qo`lda ko`tarib yuradigan komp`yuterlarda (noutbuklar, subnoutbuklar) sichqon o`rniga trekbol va poynterlar ishlatiladi.
Trekbol klaviaturaga biriktirilgan shar, uning aylanishi sichqonning joy o`zgartirishi kabi samara beradi.
Poynter - maxsus tutqich ko`rinishida ishlangan va uning harakati ham sichqon faoliyati misol qabul qilinadi.
CHo`ntak komp`yuterlari va subnoutbuklarning ayrim kompakt modellarida sensor (sezuvchi) ekranlar ishlatiladi. Ularda ekranning kerakli elementlariga bosish xuddi sichqonni chiqillatishdek ta`sir etadi. Klaviaturasiz bo`lgan portativ personal komp`yuterlarda esa sensor ekraniga qo`lda yozish yoki virtual klaviaturadan kiritish orqali foydalaniladi
Komp’yuterning qo’shimcha qurilmalari
Skaner - komp`yuterga matnli yoki tasvirli ma`lumotni kirituvchi qurilma. Skanerlar belgilarni xam anglaydi, shuning uchun qo`lyozmalarni ham komp`yuterga kiritish mumkin(23-rasm).
Skanerlar 2 xil bo`ladi: avtomatik va noavtomatik. Birinchisi ma`lumotni varaqlab o`qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo`l surib turish kerak.
Skaner-grafik tasvirlarni avtomatik kiritish qurilmasi. Skanerning ishlash printsipi quyidagicha - informatsiya vositasining ba`zi elementlari (qog`oz, karton, material va h.k.) yorug` lampa bilan yoritiladi, fotodiodlar tasvirning konkret nuqtasining rang aks ta`sirini qayd qiladi. Nuqta rangi ma`lum tarzda kodlashtiriladi va protsessor yoki asosiy xotiraga uzatiladi. U erda maxsus programma orqali qayta ishlanadi. SHunday qilib, skaner tasvirni turli rangdagi nuqtalar ketma-ketligiga aylantiradi, so`ngra esa tasvirni qayta ishlovchi programmaga uzatadi.

23- rasm. Skaner
Skaner qo`ygan tasvirdan tekst simvollarini ajratish uchun simvollarni farqlaydigan programmalardan foydalaniladi. Bunday programmalar murakkab algoritmlar yordamida, konkret nuqtalar to`dasi ostida qaysi harf, son yoki maxsus simvol kodlashtirilganini aniqlaydi. Tanilgan belgilar ma`lum formatda yozib qo`yiladiki, keyinchalik bu ifodadan bemalol tekstni qayta ishlash programmalari foydalanadi.
Skanerlar planshetli, rulonli va qo`lli turlarga bo`linadi. Eng ko`p tarqalgani planshetli skanerdir. Rulonli va qo`lli skanerlar ko`tarib yuradigan komp`yuterlarga qo`shimcha kabi foydalaniladi, chunki ular nisbatan kichik hajmli va kam joy talab etadi. Ular planshetlidan arzon, biroq ishlatishda nisbatan noqulay hisoblanadi. PK ga USB shina, parallel port yoki interfeys orqali ulanadi.
Plotter - chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Ploterlar 2 xil bo`ladi: barabanli va planshetli. Barabanligi rulonli, planshetligi varaqli qog`ozga chiqaradi. Plotterlar loyihachilar, chizmachilar, shahar arxitekturasi bilan shug`ullanuvchilar, kartografiya mutaxasislariga qulay.
Strimer - komp`yuterning vinchesteridagi ma`lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma bo`lib, ma`lumotlarni magnit tasmali kassetaga(katridjga) yozish uchun mo`ljallangan. Strimerlardan foydalanishda qulay va ma`lumotlarni saqlashda eng arzon vositadir. Strimerlar sig`imi miqdorlariga (20Mbaytdan 40Gbaytgacha ma`lumotni bir kassetaga sig`dira oladi), ishlatilayotgan kasseta turi, interfeys, o`qish-yozish tezligi (100Kbayt/sdan 5Mbayt/sgacha), lentaga yozish ishonchliligi va hokazolar kiradi. Bajaradigan vazifasiga qarab, sotuvda turli strimerlar mavjud. Bular oddiy personal is`temolchiga mo`ljallangan arzon xamda juda ishonchli, kassetalarni avtomatik ravishda almashtirib qisqa vaqt ma`lumotga zaxiraga yozish oluvchi o`n, yuz Gbayt miqdordagi ma`lumot sig`imini qabul qiladigan qimmatlari ham bor.
Modem - bu misoli komp`yuter va telefon tarmog`i o`rtasidagi tarjimon hisoblanadi. U shuning uchun zarurki, telefon liniyalari va komp`yuterlar ma`lumotlari ikkita boshqa-boshqa va mos kelmaydigan usullar bilan o`tkaziladi va ishlov beriladi. Komp`yuterlar faqat raqamlar bilan amal bajaradi va ishlaydi.
Telefon liniyalari esa xuddi ostsilograf ekranida ko`rinadigan analog signallar bilan ishlaydi. Komp`yuterdan biror tarmoq orqali boshqa komp`yuterga o`rtada telefon liniyasidan foydalanib yubormoqchi bo`lsangiz, u xolda modem albatta zarur bo`ladi. CHunki komp`yuter ma`lumotini modem modullashtirib, ya`ni raqam ma`lumotni analog signallarga aylantirib telefon liniyasiga o`tkazadi. Telefon liniyasidan u tomonda boshqa modem esa teskari amalni bajarib, analog signallarni raqamli ma`lumotga aylantiradi. Bu hodisani demodullashtirish deb atash qabul qilingan. (24-rasm).

24-rasm. Modem
Modem tezligi sekundiga o`tkazadigan bit(bod) ma`lumot bilan o`lchanadi. Har bir harf yoki belgi sakkiz bit hisoblanadi. Modemlarning komp`yuterga joylashtirilgan turi xamda interfeysga ulanadigan tashqi modem turiga ajratiladi.
Hozir 2400-56000 bod darajasida ishlaydigan modemlar mavjud. Agar siz internetdan katta fayllarni yuborish va qabul qilish uchun foydalansangiz, unda albatta tezkor modemlardan foydalangan ma`qul, chunki tarmoqqa soatbay pul to`laydigan bo`lsangiz, bu holat sizga qo`l keladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling