Ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari. Darsning maqsadi
Download 11.38 Kb.
|
Ochiq kon ishlarining asosiy bosqichlari. Darsning maqsadi-fayllar.org
Kon-kapital ishlari
Kon-kapital ishlaridan asosiy maqsad – konni ochishdir va kapital xamda qirquvchi transheyalar о‘tishdan iboratdir. Konni ochish – karyer qurilishi davrida transport vositalarining foydali qazilmaga yetib borishini ta’minlashdir. Kapital transheya – ishchi gorizontni ochish uchun xizmat qiluvchi ochiq kon qiya lahimi bо‘lib, transport vositalarini yer yuzasidan kongacha yetib borishini ta’minlaydi. Qirqim transheya – gorizontal ochiq kon lahimi bо‘lib, foydali qazilmani yoki qoplovchi jinsni qazib olish uchun ish frontini yaratib beradi. Kondagi olib boriladigan qazib olish ishlari – foydali qazilmaning minimal xarajatlar bilan qazib olinishini ta’minlashi kerak. Kо‘pgina holatlarda foydali qazilmalarni qazib olish paytida eng kо‘p kon-qazish ishlari hajmi ochish ishlariga tug‘ri keladi va bu ochiq kon ishlarining eng muhim jixati hisoblanadi. Konni ochish ishlari – foydali qazilmani qoplagan va unga aralashgan tog‘ jinslarini ajratish, shuningdek ularni siljitish va ag‘darmalarga joylashtirishni о‘z ichiga oladi. Qazish ishlari va qoplovchi tog‘ jinsi koeffitsiyenti. Qazib olish ishlari – belgilangan hajmda, talab etilgan sifat bilan va minimal yо‘qotishda qazib olish va tashish ishlarini о‘z ichiga oladi. Qazib olish ishlari quyidagi bosqichlarni о‘z ichiga oladi: foydali qazilmalarni qazish-yuklash, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish. Konda qazib olish ishlarining samaradorligi – ma’dansiz tog‘ jinslari hajmining qazib olingan foydali qazilma birligiga nisbati bilan aniqlanadi va bu nisbat qoplovchi tog‘ jinsi koeffitsiyenti deb ataladi. Qoplanish koeffitsiyenti – ochiq kon ishlarini miqdoriy xarakterlovchi quyidagi turlarga bо‘linadi: Chegaraviy qoplanish koeffitsiyenti - qazish ishlari olib borishning rentabellilik shartlaridan kelib chiqib, massivdan ag‘darmalarga tashilishi mumkin bо‘lgan foydali qazilmaning bir birligiga tо‘g‘ri keluvchi qoplovchi tog‘ jinslari hajmi. Chegaraviy qoplanish koeffitsiyentini qiymatidan kelib chiqib, ochiq kon ishlarini olib borish chegaralari belgilanadi. Chegaraviy qoplanish koeffitsiyentini shuningdek «yo‘l qо‘yilgan», «iqtisodiy» va «kritik» deb ham atash mumkin. О‘rtacha qoplanish koeffitsiyenti – karyer tugal konturidagi yoki uning bir qismidagi qoplovchi tog‘ jinslari hajmi ning xuddi shu konturdagi foydali qazilma zahirasi ga nisbatidir. Joriy qoplanish koeffitsiyenti – ma’lum vaqt davomida (oy, kvartal, yil) massivdan ag‘darmaga siljitilgan qoplovchi tog‘ jinslari hajmi ning shu vaqt davomida amalda qazib olingan foydali qazilma hajmi ga nisbatidir. Qatlamli qoplanish koeffitsiyenti – karyer qatlami chegarasidagi qoplovchi tog‘ jinsi hajmi ning shu qatlamdagi foydali qazilma zahirasi ga nisbatidir. Ekspluatatsion qoplanish koeffitsiyenti – karyerning ekspluatatsion ishlari davridagi о‘rtacha qoplanish koeffitsiyentidir. Ushbu koeffitsiyent kon ishlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya гр k ср k в общ V и общ V И общ В общ ср V V к Т k В Т V И Т V И Т В Т Т V V к сл k в сл V и сл V И сл В сл сл V V к davri uchun zarur bо‘lgan kon-transport jihozlari sonini hisoblash uchun xizmat qiladi. Ekspluatatsion qoplanish koeffitsiyenti - ekspluatatsiya etish jarayonida ochish ishlaridan hosil bо‘lgan qoplovchi tog‘ jinslari hajmining shu davrda qazib olingan foydali qazilma hajmiga nisbatidir. - karyer qurilishi davrida olib tashlangan qoplovchi tog‘ jinslari hajmi; - karyer qurilishi davrida qazib olingan foydali qazilma hajmi. Boshlang‘ich qoplanish koeffitsiyenti – karyer qurilishi davrida qazib olingan ochish ishlari hajmining karyer konturidagi foydali qazilma umumiy hajmiga nisbati. Loyihaviy qoplanish koeffitsiyenti – foydali qazilmaning ishlab chiqarish tannarxini rejalashtirishda hisobga olinadi. Bu shunday koeffitsiyentki, qachonki qoplovchi tog‘ jinslariga ketgan xarajatlar kon ishlarini olib borish jarayonida tо‘liq qoplanishi kerak. Rekultivatsiyaning maqsadi - xududdagi tabiiy sharoitni saqlash, buzilgan yer maydonlarini xalq xо‘jaligi extiyojlariga yaroqli holga keltirishdir. Rekultivatsiya paytida ma’dansiz tog‘ jinslaridan hosil etilgan ag‘darmalar tekislanib, ularga tuproq yotqiziladi, о‘simliklar о‘tkaziladi, tabiiy suv oqimlari tiklanadi va konni quritish uchun foydalanilgan skvajinalar yopilib, barraj va boshqalar olib tashlanadi. Download 11.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling