- Ochiq urug’lilar juda katta maydonlarda Tayga o’rmonlarini hosil qiladi. Tayga o’rmonlarida o’ziga xos biotsenoz hosil bo’ladi. Natijada turli hayvonlar, xashoratlar, qushlar turlarini oziqlanishi va ko’payiishi uchun sharoit vujudga keladi. O’rmonlar suv va tuproqni eroziyadan saqlaydi. Kurilish materiali hisoblanadi. YOgochsozlik sanoatining xom ashyo bazasidir. Ingichka barglilardan viskoza, ipak, sellioza, balzam, smola, spirt, uksus kislotasi, oshlovchi moddasi olinadi. Sibir qarag’ayi urug’i tarkibida 79 % gacha yog’ mavjud. Medetsina sanoatida vitamin-lar, preparatlardan pinobin olinadi. Halq medetsinasida nerv kasallarini davolashda, tuberkulyoz, buyrak,
- siydik qopini, gemorroye kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Faqat yog’ochdan 20 mingdan ortiq turli material va modda olinadi. Bir kub metr yog’ochdan 1,5 ming m. sun’iy ipak yoki 600ta trikotaj kostyum yoki 200 kg qog’oz olinadi. O’rmon boylik deb bejiz aytilmagan. Qarag`ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasalligida surtiladi. Efedradan efedrin degan alkaloid olinadi. Efedrin alkaloidi medi-sinada katta ahamiyatga ega. U bod va boshqa kasalliklarga ishlatiladi. Archalar esa o’zidan fitonsidlarni ishlab chiqaradi. Bu modda esa bakterasid xossaga ega bo’lib bakterialarni faoliyatini susaytiradi yoki ularni nobud qiladi.
Xulosa. - Yer yuzidagi barcha o‟simliklar (flora) ikkita katta bo‟limga :
- 1.yopiq urug’lilar. 2. Ochiq urug’lilar.
- Ochiq urug‟lilar yer yuzida keng tarqalgan bo‟lib,uncha taraqqiy etmagan.Evolutsiya jarayonida,yashash uchun kurashda ular yopiq urug‟lilardan mag‟lub bo‟lib yer yuzining ayim mintaqalariga tarqalib ketgan.Ochiq urug‟lilar o‟zining primitiv xossalarini saqlab qolganligi uchun urug‟li o‟simliklardan mag‟lub bo‟lgan.To‟g‟ri ayrim belgilari bilan ularda yopiq urug‟lilarga o‟xshashlik alomatlari kuzatiladi.Lekin ularning urug‟i ochiq xolda qubbalarda joylashganligi va yetilishi ularning aloxida bo‟limga ajratadi.
- Ochiq urug`li o`simliklar bir tomonidan yuqori sporali o`simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug`li o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq urug`li o`simliklar urug` beradigan qirqquloqlardan, yopiq urug`li o`simliklar ochiq urug`li o`simliklardan kelib chiqqan.
- Ochiq urug`li o`simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug`li o`simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi. Yopiq urug`li o`simliklar esa monopodial,simpodial va dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |