Oʻchirgichlar ishchi va avariya toklarini uzish va ulash uchun xizmat qiladigan


Download 75.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.06.2023
Hajmi75.44 Kb.
#1648866
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma`ruza. SPEK 3-kurs (1)

Kamchiliklari: yongʻin va portlashga xavfli, moy xolatini va satxini darajasini doimiy nazorat 
qilib turish, katta moy zaxirasining zarurligi, metallni katta sarfi, katta oqirlikka egaligi, tashish, 
montaj qilish va sozlashning noqulayligi. 
Kam moyli (tuvakchali) oʻchirgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash 
qurilmalarida keng qoʻllaniladi. Xona ichiga oʻrnatish 
uchun oʻchirgichlarning kontaktlari poʻlat bochkada 
(tuvakchada) 
joylashadi, 
oʻchirgichlarning 
«tuvakchali» nomi ham shu yerdan kelib chiqqan. 35 
kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli 
oʻchirgichlar chinni korpusga ega, 6–10 kV li osma 
tipdagi 
oʻchirgichlar 
keng 
tarqalgan. 
Bu 
oʻchirgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni 
izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir 
qutbda 
kontaktlarning 
bitta 
uzilishi 
va 
yoy
soʻndiruvchi kamera nazarda tutilgan. 
9.2–rasm a da koʻsatilgan tip boʻyicha VMG–
10 oʻchirgichlar (tuvakchali moyli oʻchirgich) ishlab 
chiqarilmoqda,
9.2–rasm, b da keltirilgan konstruktiv sxema 
boʻyicha VMP seriyadagi oʻchirgichlar (kam moyli 
osma oʻchirgich) ishlab chiqarilmoqda. Katta nominal 
toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy 
soʻndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish 
qiyin, shuning uchun oʻchirgichning tashqarisiga 
ishchi kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy 
soʻndiruvchi kontaktlar oʻrnatiladi (9.2–rasm, v). Uziladigan tok katta boʻlgan da har bir qutbga 
ikkitadan yoy soʻndiruvchi uzilish boʻladi (9.2–rasm, g). SHu sxema asosida MGG va MG 
seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli oʻchirgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv 
ishchi kontaktlari 4 oʻchirgichni katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A 
gacha). 35 kV va undan yuqori kuchlanishlardagi oʻchirgichlarning korpusi chinnidan 
tayyorlanadi (9.2–rasm, d, VMK seriyasi–kam moyli kolonkali oʻchirgich). 35, 110 kV li 
oʻchirgichlarda har qutbga bitta uzilish boʻlib katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish 
boʻladi.

Download 75.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling