ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
34
Ota-onalardan biri o‘roqsimon qon anemiya bo‘yicha geterozigota, talassemiya
bo‘yicha normal, ikkinchisi esa – talassemiya bo‘yicha geterozigota, o‘roqsimon
anemiya bo‘yicha normal bo‘lgan oilada sog‘lom farzandlarning tug‘ilish
ehtimolligini aniqlang.
5. Poliduragaylarda odam belgilarining irsiylanishi
38-masala.
*
Odamlarda jigarrang ko‘z havorang ko‘z ustidan, o‘naqaylik
chapaqaylik ustidan to‘liq dominantlk qiladi.
Onasi jigarrang ko‘zli, o‘naqay, II qon guruhli; otasi – jigarrang ko‘zli, o‘naqay
va III qon guruhi bo‘yicha gomozigotali. Bu oilada jigarran ko‘zli, chapaqay va II
qon guruhli bolaning tug‘ilish ehtimollgi qanday? Javobni izohlang.
Masalaning yechilishi:
Belgi
Gen
Jigarrang ko‘z K
Havorang ko‘z
k
O‘naqaylik
C
Chapaqaylik
c
Masala shartiga ko‘ra, oilada jigarrang ko‘zli bolaning tug‘ilishi ota-onalar ko‘z
rangi bo‘yicha dominant gomozigotali deb aytishga imkon beradi. Bolaning chapaqay
bo‘lib tug‘ilish ehtimolligi esa ota-ona qo‘l bilan ishlash layoqati bo‘yicha
geterozigota deb tahlil qilishga imkon beradi. Yuqoridagilarga asoslanib turib ota-
onaning dastlabki ikki belgi bo‘yicha genotiplari quyidagicha: onaning genotipi:
KKCc, otaning genotipi KKCc.
Oiladagi uchala shaxsning qon tahlili ularning qon guruhi bo‘yicha genotiplarini
quyidagicha belgilash imkonini beradi. Ota III qon guruhiga ega va genotipi – BB.
Ona va bolaning qon guruhlari II. Agarda onaning genotipi AA yoki AO bo‘lgan
taqdirda ham II qon guruhli bola tug‘ilmaydi. Uchchala shaxsning genotiplari:
Ona: KKCcAA yoki KKCcAO; Ota: KKCcBB
Do'stlaringiz bilan baham: |