Odam anatomiyasi
Download 39.62 Kb.
|
анатомия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi odamlar.
Eng qadimgi odamlar — arxantroplar. 1891-yilda Gollan diya olimi Dyubua Yava orolidan maymun odam pitekantrop- ning suyak qoldiqlarini topgan. U oldinga biroz egilib ikki
80-rasm. Avstralopitek. 81-rasm. Homo habilis oyoqda yurgan. Bo‘yi 170 sm ga yaqin, miyasining hajmi 900–1100 sm3, peshonasi juda qiya, jag‘i oldinga bo‘rtib chiqqan. U taxminan 1,5–1,9 mln yil oldin yashagan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilganlar va ibtidoiy jamoa bo‘lib yashaganlar, lekin muqim turarjoyi bo‘lmagan. Pitekantropdan ancha keyin yashagan sinantrop – xitoy odamining suyak qoldiqlari 1927–1937-yillarda Pekin atrofidagi g‘ordan topilgan. U 500–300 ming yil oldin yashagan. Sinantrop tashqi ko‘ri- nishidan pitekantropga o‘xshagan. Peshonasi past, qosh usti suyagi bo‘rtib chiqqan, pastki jag‘i katta, tishlari yirik, iyagi rivojlanmagan. Miyasining hajmi 850–1220 sm3 bo‘lgan. Sinantroplar olov yoqishni, uni saqlashni bilganlar. Bo‘yi 150–160 sm bo‘lgan. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda Homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplar sana ladi. Arxantroplar o‘lganidan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini esa har xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar. Qadimgi odamlar. Paleoantroplar 0,5–0,6 mln yil muqaddam yashagan. 1907-yilda Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinida iyagi yo‘q katta pastki jag‘ topilgan, uning tishlari hozirgi odamning tishlariga o‘xshashdir. Birinchi marta 1856yilda Germaniyaning Neandr daryosi yaqinida, keyinchalik Yevropa, Afrika, janubiy va sharqiy Osiyoning 100 dan ortiq joylarida, shu jumladan, O‘zbekistonning Surxandaryo vilo- yatidagi Teshik tosh g‘oridan qadimgi odamlarning skeleti – kalla, jag‘, oyoq suyaklari topilgan. Obirahmat g‘oridan bundan 90–30 ming yil muqaddam yashagan odamning kalla skeleti topilgan. Bu kalla skeleti tuzilishi bilan neandertal bilan Homo sapiens oralig‘ida bo‘lgan. Homo neanderthalensis 250 ming yil ilgari paydo bo‘lgan. Ularning bo‘yi 156–165 sm bo‘lib, muskullari nihoyatda rivojlangan. Ular muzliklar davrida yashaganlar. Dastlabki neandertal odamning peshonasi nishab, qosh yoylari, iyagi zaif rivojlangan. Umurtqa pog‘onasining bel qismidagi bukiklik kamroq. Miyasining hajmi 1400 sm3 ga yaqin. Miya bilan birgalikda nutq ham rivojlangan. Neandertal odamning fikrlash doirasi eng qadimgi odamlarga nisbatan anchagina rivojlanganligini ular yasagan qurollardan bilish mumkin. Qurollar tosh va suyaklardan yasalgan. Bu qurollar yordamida yovvoyi hayvonlar ovlangan, terilarini shilib, go‘shtlarini bo‘laklarga bo‘lingan. Olimlar neandertallarning kalla va yuz suyaklarining tuzilishiga qarab, ular o‘zaro imo-ishoralar, aniq ma’no bermaydigan tovushlar va keyinchalik esa ma’noli nutq orqali aloqada bo‘lganlar, deb faraz qiladilar. Shunga ko‘ra neandertal odamlar Homo sapiens neanderthalensis deb nomlanadi. Download 39.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling