Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
335 , yoqardi. Ikki oldingi oyoqlari bilan og‘zining yar miga tiqib avval shimardi, keyin g‘archillatib bitta ham qulog‘ining pufaklari, ko‘zlarining halqalari gacha, qoldirmay yerdi. Shunday choyxonalar oldida u ba’zan hafta lab, oylab qolib ketardi. Ammo yaxshi choy xonalardan ketib qolib, adashgan vaqtlari ham bo‘lardi. Bir kabobxonada kabobpazlar erxotin ekan. Ko‘mirxonaning oldiga itlarini ham olib kelib bog‘lab qo‘yishgan edi. Ko‘ktoy yaqinlashi shi bilan uni, o‘zidek katta, qora ola itni ko‘rdi, ammo parvo qilmadi. Juda hafsalasini pir qilsa, bitta beliga urib haydab yubormoqchi bo‘ldi. Zan jirga bog‘liq ekanini keyin bilib qoldi. Kabobpaz ning xotini qolganqutgan kabob, nonlarni unga tashlaganda bildi. Zanjirband it yuvindi chelakni birikki hidla dida, nariroqqa borib yotdi. Ko‘ktoy shuni kutib turgan edi. Bittabitta yu rib itning oldiga bordi. Uni hidladi, it bog‘log‘liq turaverib zerikkanidan g‘ingshidi, yosh boladek ingillab o‘rnidan turdi, o‘z navbatida Ko‘ktoyni hidlay boshladi. Ko‘ktoy uni allaqachon unutgan, nima qilayotganidan beparvo bo‘lib, tumshug‘ini chelakdan ko‘tarmay, apiltapil ovqat yeyish bi lan ovora edi. Shu payt tog‘orachada suv ko‘tarib, kabobpazning xotini kelib qoldi. – Voy! Voy! Shotursun aka! Bu yoqqa qarang, itingizning ovqatini yeb qo‘yayapti. Zanjirband it birikki nomiga vovullab qo‘ydi. – Kim yeb qo‘yayapti? – ichkaridan erkak kishining ovozi keldi. – Chiqing! Devdek bir narsa! – qichqirdi xotini. Kabobpaz keldi. Birpas qarab turib, qoshlari chimirildi. Olmas Umarbekov 336 , – Zab it ekanda! Oyoqlarini, yelkalarini qara! Tog‘angga olib borib bersam naq ming so‘m bera di. Bitta otga yengilmaydi. Chop, arqon olib chiq! Xotin ichkariga yugurdi. Ko‘ktoy birpasda chelakni chipchinniday qil di. Lablarini, tumshug‘ini yalab, boshini ko‘tar ganda, kabobpaz uni erkalab chaqirdi. – Kel, jonivor, kel. Ketma, bir amallab bog‘lab olsam bo‘ldi seni. Zap kelishgan it ekansanda! Xotini kelib qo‘rqapisa yon tomonidan eriga arqonni uzatdi. – Jonivor, jonivor, ketma. Kabobpaz yana nimalar deb turib, arqonni katta sirtmoq qildida, poylab turib, Ko‘ktoyning bo‘yniga tashladi. Shundan keyin nima bo‘lgani ni u ham, xotini ham bilmaydi. Ko‘ktoy ko‘zining qiri bilan kabobpazning qo‘lidagi arqonni ko‘rib turgan edi. Tashlashi bilan o‘zini chap oldida, bir «g‘app!» deganicha kabobpazning ko‘kragini ikkala oldingi oyoqlari bilan urdi. Kabobpaz xo tiniga o‘zini tashladi, xotini yerga ag‘darildi va dod solib yubordi. Kabobxonadagilar nima bo‘lganini chiqib aniqlagunlaricha Ko‘ktoy katta yo‘lga o‘tib olib, lo‘killaganicha tog‘ tomon ketdi. Kabobpaz belini ushlab o‘rnidan turar ekan, dumini likillatib atrofida jilpanglayotgan itining boshiga alam bilan qo‘lidagi arqonni otdi. – It bo‘lmay o‘l! Ahmoq... Tayyor ovqatini yedi rib o‘tirgan it ham it bo‘ldimi?! – Keyin u kiyim larini qoqib, inqillab o‘rnidan turayotgan xotiniga o‘shqirdi. – Tog‘angning ham padariga la’nat! Shu itni it deb olib berib o‘tiribdiya, uch yuz so‘mga. Qo‘y bu, it emas. Allaqachon sovunga berib yuborish kerak! Odam bolish qiyin 337 , 9 Yettisoyga yetguncha bunday choyxonalar oz emas edi. Ammo kunlar sovib, yog‘ingarchilik boshlanishi bilan ularga qulf solina boshlandi. Kamdankam kabobxona ochiq bo‘lar, ular ham ikkiuch soatgina kun isigan tushlik payti ishlar va tezda yopilardi. Shunday bo‘lsa ham Ko‘ktoy och qolgani yo‘q. Albatta avvallargidek endi to‘yib ovqatlana olmas, qog‘ozlarga chalachulpa o‘rab ketilgan narsalar bilan amaltaqal qiladi. Bir kuni u Yettisoyga kiraverishdagi choyxo naga yetay deb qolganda ikkita pritsepli mashi na turganini ko‘rdi. Qadamini sekinlatib, tum shug‘ini choyxona tomiga tutdi. Hech qanday is kelmadi. Ko‘p o‘tmay mashinalar jo‘nadi. Ko‘ktoy hovuz yonidagi temir karavot ustida ochiqsochiq yotgan non qoldiqlari, besholtita sho‘rbaliq kallasi va qiltanoqlarni ko‘rdi. Atrofda hech kim yo‘q edi. Choyxona berk. Ko‘ktoy haligi qoldiqlarni ushog‘ini ham qoldirmay yedi. Keyin suv ichgisi keldi. Hovuzga engashib tumshug‘ini tutgan edi, suv tagidan tumshug‘ini unga tutib turgan oyog‘idek yo‘g‘on qora baliq ko‘rindi. Ko‘ktoy birpas tomosha qilib turdi. Keyin sekin o‘ng oyog‘ini ko‘tarib, baliqning tumshug‘iga tep di. Oyog‘i tizzasigacha suvga tushib, hovuzni chayqatib yubordi. Baliq ko‘rinmay ketdi. Ko‘ktoy uni axtarib anchagacha hovuzga qarab qoldi. Bir mahal baliq suzib chiqdi. U suv ustida oppoq qorniga ag‘darilib yotardi, bilinarbilinmas dumi likillar, ammo avvalgi holiga qaytolmasdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling