Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116



UO‘K: 821.512.133-3
KBK: 84(5O‘)6 
O‘ – 47
Umarbekov, O‘lmas 
Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar. / O‘lmas Umar­
bekov – T.: Yangi asr avlodi, 2015. – 352 b.
ISBN 978­9943­27­508­9
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivoji­
da yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. 
Uning yoshlar hayoti, ma’naviy­axloqiy muammolar, in­
sonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan 
roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib 
o‘qiladigan asarlardir. Adib bolalarning bepoyon orzular 
olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, 
sidq­u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toi­
fadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur 
va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning 
asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda. 
UO‘K: 821.512.133-3 
KBK: 84(5O‘)6 
ISBN 978­9943­27­508­9
© O‘lmas Umarbekov, «Odam bo‘lish qiyin». «Yangi asr 
avlodi», 2015. 


ODAM BO‘LISH QIYIN
(Roman)
MUQADDIMA 
Osmondagi bo‘zto‘rg‘ay,
Bo‘zlamasang na bo‘lg‘ay? 
Gulchehraning holini 
So‘zlamasang na bo‘lg‘ay? 
(Alyor) 
Shoh Muslim dunyodagi eng dono, eng odil 
podsholardan edi. Uning mamlakati go‘zal, sha­
harlari obod, xalqi tinch, farovon turmush kechi­
rardi. Ammo podshoning farzandi yo‘q edi. Bu 
faqatgina uning o‘zini emas, butun xalqni tash­
vishga solib qo‘ygan edi. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. 
Podsho qarib, bir oyog‘i yerda, bir oyog‘i go‘rda 
turgan paytda farzand ko‘rdi. Sevinchi ichiga 
sig‘may qirq kecha­yu qirq kunduz xalqqa osh 
berdi. Qirq birinchi kuni esa yetti iqlimdagi bar­
cha dong‘i ketgan odamlar, fozil­u fuzalo, olim­u 
ulamolarni yig‘ib o‘g‘lini ko‘rsatdi va o‘z xalqining 
odaticha uning kelajagini aytib berishni so‘radi. 
Hamma jim. Hammaning boshi quyi solingan... 
Podsho hayron bo‘ldi. 
– Bu jimlikning boisi nima? 
Yana hech kimdan sado chiqmadi. Oradan an­
cha vaqt o‘tdi. Og‘ir sukunatni Suqrotdek keksa 
bir olim buzdi. 


Olmas Umarbekov
4
,
– Shohim, ro‘parangizda bosh egib turganlar 
mendan yosh. Men esa dunyoga qachon kel­
ganimni unutganman, dunyoning barcha ach­
chiq­chuchugini totgan odamman. Shularning 
qonidan kechsangiz, men aytay? 
– Ayt! 
Shunda keksa olim dedi: 
– O‘g‘lingizning dunyoda tengi bo‘lmaydi. Na 
kuchda, na aqlda. Ikki oyligida ikki yoshlik bo­
laning ishini qiladi, ikki yoshida esa yigirma 
yoshlik yigitday bo‘ladi. O‘n yoshida o‘zini fir’avn 
e’lon qiladi. Uning dastidan vayron bo‘lmagan uy, 
mamlakat qolmaydi. Shuning uchun ham umri­
ning ikkinchi yarmi pushaymonda, azobda o‘tadi. 
– Jallod! – qichqirdi shunda shoh va tizzasida 
o‘ynab o‘tirgan o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Qirq kun­
lik bola birdan otasining soqoliga chang solib, 
yarmini yulib oldi. 
– Gapimning birinchi isboti bu! – dedi keksa 
olim. 
Shoh quloq solmadi. Olimni olib chiqib ketish­
di. Oradan ko‘p yillar o‘tdi. Shoh Muslim kek­
sa olimning gaplarini ham, o‘zini ham unutdi. 
Shahzoda olim karomat qilgandek kun sayin, 
soat sayin o‘sib, o‘n yoshga to‘lganda ajoyib yigit 
bo‘ldi. Shoh ham, xalq ham uning husniga qarab, 
gaplarini eshitib to‘yishmasdi. Ammo shahzoda 
hech kimga parvo qilmas, o‘z aqliga, o‘z kuchiga 
mahliyo edi, ko‘p vaqtni otasining taxtida o‘tka­
zardi. Bir kuni osmoni falakni qora bulut qop­
ladi. Qattiq shamol turdi. Bo‘ron boshlandi. Sel 
na odamni ayadi, na dov­daraxtni! Birpasda gul­
lab turgan mamlakat vayron bo‘ldi. Shaharlar, 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling