Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
23 , – Zo‘rku, – dedi Abdulla hayron bo‘lib. – Nima deyapsan! Uyda biz nima yesak, bu ham shuni yeydi... Obid aka yana nimalarnidir deb, itni maq tamoqchi edi, jo‘xorizor etagidan bitta bedana ning juda baland sayragan ovozi eshitilib qoldi. Abdulla haligacha bunchalik o‘tkir va tiniq ovozni eshitmagan edi. Uku mayli, Obid aka ham yeb turgan tarvuzi og‘zida qolib, quloq sola boshladi. Bedana bir ohangda «taktarak, taktarak» qilib, ozgina dam olar, keyin bir yo‘la sakkizto‘qqiz marta taraklardi. Bir necha marta shu qaytaril gach, Obid aka o‘rnidan turdi. – Qayoqqa? – so‘radi Abdulla tog‘asining nima qilmoqchi ekanligini sezgan bo‘lsa ham. U shu bedananing otilishini istamas edi. Lekin Obid aka unga javob bermadi. Egasining harakatlarini tu shungan it jo‘xorizor tomon yugurib ketdi. – Tog‘a, shuni otmang! – dedi Abdulla uning orqasidan bo‘g‘ilib. Obid aka eshitmadi. Abdulla ularga birpas qarab turdida, keyin o‘sha yoqqa yugurdi. Le kin u kech qolgan edi. Teshavoy qiyinchiliksiz bedanani topgan, tumshug‘i bilan pishillab uni cho‘chitgan edi. Abdulla bedananing sakrab ko‘tarilganini ko‘rdi. O‘q ovozi jarangladi. Bedana patirlab havoda birikki aylandida, jo‘xori ichiga sho‘ng‘idi. It uning orqasidan yugurdi. Shu payt Abdulla jon holatda qichqirdi: – Tog‘a, itni chaqiring! O‘zim tutaman, Tesha voy! Obid aka uni tushundi va tizzasiga urib, itni chaqirdi. Teshavoy istaristamas to‘xtab, orqasi ga qaytganda, Abdulla ularga yetib keldi. Olmas Umarbekov 24 , – Shuni otmasangiz bo‘lardi, – dedi u zarda bilan. – Ha, chakki bo‘ldi, – achinib gapirdi Obid aka. – Qanotiga tekkanga o‘xshaydi o‘q, balki tu zatarmiz. Abdulla jo‘xorizor ichiga kirib, bedanani qidira boshladi. U ariqdan bu ariqqa o‘tdi, lekin bedana ko‘rinmasdi. Jo‘xorizorning o‘rtasiga kelib, poya larni qayirdida, oldinga tikilib qayoqqa borishi ni bilmay turib qoldi. Oldinda bir odam ko‘rin ganday bo‘ldi. Abdulla birikki ariqdan o‘tib, yaxshilab qaradi. Undan o‘n ariqcha narida oq ko‘ylakli, oq durra tang‘ib olgan bir ayol cho‘kka tushib hovuchidagi yaralangan bedanaga tikilib turardi. Abdulla uning yuzini ko‘rmadi. Bedana tutilganidan va uning tirikligidan xursand bo‘lib, ayolning yoniga bordi. – O‘lmabdimi? – O‘lsa sizga og‘irligi tusharmidi? Ayol jahl bilan shunday dedida, Abdullaga qa ramay hansirayotgan bedanani og‘ziga olib borib tili bilan ho‘lladi. Abdulla qo‘ng‘iroq ovozidan ayolning yosh qiz ekanligini sezdi. Ammo uning qo‘pol javobidan ranjigan bo‘ldi. – Shuncha otganlaring yetmasmidi? – dedi qiz yana boshini ko‘tarmay. – Men ham shunday devdim, – Abdulla qizning yoniga engashdi. Engashdiyu, unga bir qarashi bilan o‘tirib qoldi. – Gulchehra? – Voy, sizmidingiz? – qiz ham uni tanib, beix tiyor bo‘sh qo‘li bilan etagini pastroq tortib qo‘ydi. Ikkalovi bir daqiqa jim qolishdi. Qiz negadir uyalib boshini eggan, Abdulla esa og‘zi ochilib, Odam bolish qiyin 25 , unga tikilib qolgan edi. Qizning birbiriga tutash qalin qoshlarigacha tushgan, jo‘xori popuklari ja malak bo‘lib yopishib qolgan oppoq durrasi, qiyiq ko‘zi va kichkina burni ustida osilib turgan bir tutam jingalak sochi, bir qanoti singan bedanaga achinganidanmi, yo kutilmagan uchrashuvdan uyalganidanmi, titrab turgan dumaloq lablari uni lol qilib qo‘ygan edi. Ikkalovining nazarida shu sukut ichida o‘tgan bir daqiqa uzoq bir soatdek ko‘rina boshlagan bo‘lsa ham, nima deyishlarini bilmay, jim o‘tirishardi. Nihoyat, Abdulla biron narsa deyishga qaror qilib, yo‘taldi. Keyin: – Tuzalib ketarmikin? – dedi. Qiz birdan yuziga qizillik yugurib, Abdullaga ko‘z qirini tashladi. – Tuzaladi, bir qanoti sinibdi, xolos. Ko‘ring. Qiz shunday deb, kaftida yonboshlab yotgan bedanani unga uzatdi. Bedana halloslar va kich kina ko‘zlarini pirpiratib, ularga yalinganomuz tikilardi. – Yaxshi sayrayotgandi, – dedi Abdulla. – Ha, – qiz jonlanib ketdi. – Men ham ishimni tashlab quloq solib o‘tiruvdim. Yaxshi sayrayotuvdi. – Nima qilayotgan edingiz? – Jo‘xori qayirayotgandim, – qiz yonidagi jo‘xo ri solingan savatni ko‘rsatdi. – Dadamlarga. Yax shi ko‘rasizmi? – Qiz uyalinqirab boshini egdi va yana yuziga qizillik yugurdi. – Dadamlar yaxshi ko‘radilar. – Men ham yaxshi ko‘raman. Jo‘xori kavob shirin bo‘ladi. – Abdulla! Abdulla, hoy! – chaqirdi Obid aka kanal tomondan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling