Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Odam bolish qiyin
5
,
dalalar, tog‘lar suv ostida qoldi. Bo‘ron tingach, 
shoh va shahzoda o‘zlarini suvda qalqib turgan 
yog‘och ustida ko‘rdilar. Yog‘och shunday ingich­
ka ediki, kimdir ozgina qimirlasa, ikkalovi ham 
ag‘darilib halok bo‘lardi. Shahzoda otasiga dedi: 
– Ota, bu yog‘och ustida ikkalamiz jon saqlol­
maymiz. Sen mening tug‘ilishimni istagan eding. 
Endi qo‘yib ber, men yashashim kerak. 
Shunday deb shahzoda otasini suvga itarib 
yubordi. Shoh g‘arq bo‘ldi. Shahzoda o‘zga bir 
mamlakatga suzib kelib, o‘zini fir’avn e’lon qil­
di. Uning zulmidan, uning qahridan yarim xalq 
qochib qutuldi, yarim xalq o‘ldi. Mamlakatda 
fir’avnning o‘zidan boshqa hech kim qolmadi. 
U uzoq yashadi, ammo na tushida, na o‘ngi­
da hayot lazzatini surdi. Butun umri yolg‘izlik­
da, azob­uqubatda o‘tdi. Aytishlaricha, bunday 
odamlar yuz yilda bir tug‘ilar emish... 

196... ­yilning jazirama yoz kunlaridan biri­
da Mingbuloqqa kiraverishdagi oq tunuka tomli 
uyning eshigini yosh bir yigit taqillatdi. Olis yo‘l 
yurganidanmi, yo issiq qattiq ta’sir qilganidan­
mi, uning oq batis ko‘ylagi kuraklariga yopishib 
qolgan, yoqasi ichidan bo‘yniga tashlab olgan 
ro‘molchasi jiqqa ho‘l edi. Dam o‘tmay u kaftlari 
bilan yassi peshanasini, baroq qoshlari aralash 
yuz­ko‘zlarini artardi. 
Ichkaridan hadeganda hech kim chiqaver­
madi, yigit beso‘naqay karton jomadonini qo‘liga 
olib, eshikni oyog‘i bilan itardi. Yangi bo‘yalgan 
jimjimador zangori eshik «g‘iyq» etib ochildi. Yigit 


Olmas Umarbekov
6
,
ichkariga kirdi. Uy tomoni baland so‘ridan ibo­
rat bo‘lgan chorsi hovlida hech kim ko‘rinmas­
di. Hovlining o‘ng biqinidan o‘tgan g‘isht yo‘lka 
yonidagi gulzorga jildirab suv oqib turardi, yigit 
shu tomonga qarab, tok tagiga keldi. Shunda u 
rovonda xontaxtaga tirsaklarini tirab tasbeh o‘gi­
rib o‘tirgan kampirga ko‘zi tushdi. Kampirning 
ko‘zlari yumuq, ajin tortib ketgan ingichka lablari 
nimalarnidir shivirlardi. 
– Buvi, – dedi sekin yigit uni cho‘chitib yubor­
maslik uchun. 
Kampir ko‘zlarini ochdi va ro‘parasida jilma­
yib turgan yigitga tikildi. Keyin birdan o‘zini orqa­
ga tashladi­da, dedi: 
– Voy, o‘la qolay! Abdullamisan? 
– Men... 
Abdulla jomadonini yerga qo‘yib, rovonga 
ko‘tarildi. 
– Voy, bo‘yingga qoqay! Voy, sadag‘ang ketay! 
Sen keladigan kun ham bor ekan­ku! – Kampir 
yoshiga munosib kelmagan epchillik bilan o‘rni­
dan turib, Abdullani quchoqlay ketdi. – Voy, 
men o‘lay seni tanimay! Indamay termilib o‘tirib­
man­a. Esonmisan, omonmisan? Nechuk, bo­
lam, nechuk? O‘zing keldingmi? Oying, dadang 
eson­omonmi? 
Kampir yangi ko‘rpacha solib, Abdullani o‘tqa­
zar ekan, sevinchi ichiga sig‘may, shang‘illab ga­
pirar, Abdulla esa javob berishga ulgurolmay jil­
mayardi. U Mingbuloqqa bu gal o‘zi kelgan edi. 
Maktabni oltin medal bilan bitirib, ozod qushdek 
bo‘lgani uchun onasi yolg‘iz o‘zini yuborishga 
qarshilik qilmadi. Bir jomadon sovg‘a­salom qilib 
berib, jo‘natdi. Abdulla buvisinikiga, umuman, 
shu qishloqqa kelishni yaxshi ko‘rardi. 


Odam bolish qiyin
7
,
Qachonlardir Mingbuloq Qo‘qonning, qolaver­
sa, butun Farg‘onaning eng go‘zal sayilgohlaridan 
biri bo‘lgan. Mingbuloqning markazidayoq tolzor 
takya vodiyning mashhur qiziqchilari, shoir va 
polvonlarini to‘plagan, qulochga sig‘maydigan 
tollar tagidagi supalarda oshxo‘rlar kunni kech 
qilishgan, shuhrati butun respublikaga tarqalgan 
ashulachi, cholg‘uvchilarning ashula, mashqla­
rini eshitishgan. Olis yo‘lga otlangan sayyohlar 
ham Mingbuloqda to‘xtab, devziradan bir siqim 
osh qilib yeb ketishmasa, ko‘ngillari joyiga tush­
masdi. Mashhur Yusufjon qiziqning o‘z shogirdi 
Oxunjon qiziqqa yutqazgan joyi ham shu Ming­
buloq bo‘lgan. Tumonat odam o‘shanda taraf­
taraf bo‘lib askiyani to‘polonga aylantirgan ekan. 
Bularni Abdulla ko‘rmagan, dadasidan eshit­
gan. Urush sabab bo‘lib Mingbuloqning fayzi ketib 
qoldi. Buzilgan o‘choqlar, chirib, namdan mog‘or 
tortgan so‘rilar sershovqin tolzor takyaning o‘li­
mini eslatadi. Lekin hali ham bu joylarning ko‘rki, 
hisobsiz katta­kichik buloqlar, shoxlari bir­biri­
ga chirmashib ketgan bahaybat tollarning sho­
vur­shuvuri, muzdek havo dilni ravshan qiladi. 
Abdulla deyarli har yoz ikki­uch hafta oyisi 
bilan kelib turardi. Ammo ikki yildan beri, otasi 
kasalga chalinib yotib qolganidan beri kelmagan 
va buvisini juda sog‘ingan edi. Qarib munkillab 
qolgan, qop­qora bu kampirni u yaxshi ko‘rar­
di, soatlab uning gaplarini eshitardi, zerikmas­
di va ko‘pincha uning yonida yotib, hikoyalarini 
tinglab, tong ottirardi. Hojar buvi ham nevarasi­
ni yaxshi ko‘rardi. U kelganda o‘tqazgani joy to­
polmay qolardi, agar ko‘cha­ko‘yda bolalar bilan 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling