Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Odam bolish qiyin
11
,
– Tabriklayman! – Abdulla tog‘asining qo‘lini 
siqdi. 
– Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi? – qich­
qirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. 
– Ko‘rdim. Qop­qora bir jish, – dedi Obid aka 
kulib. 
– Nafasingni sovuq qilma! Qora bo‘lsa, o‘zimiz­
ga o‘xshar ekan­da. 
– Kimga o‘xshasa ham boshi omon bo‘lsin, oyi! 
– Xudoyo aytganing kelsin. Hoy, Obid, samo­
varni yangila, hali zamon oshim tayyor bo‘ladi. 
Obid aka sevinchidan nimanidir xirgoyi qilib, 
samovar qo‘ya boshladi. Birdan u qaddini rostla­
di va o‘choq boshiga qarab baqirdi: 
– Oyi! Otini nima qo‘yamiz? 
– Qaydam? O‘zlaring bilasanlar. 
Hojar buvining shunday deyishida jon bor 
edi. Bu uyda hamma narsa uning izmida bo‘lib, 
uning aytgani – aytgan, degani – degan edi. Oldin­
gi nevaralarining hammasiga ham tug‘ilmasdan 
ism qo‘ygan, uydagilar rozi bo‘lishgan edi. Lekin 
ularning bittasi ham turmadi. Kampir ko‘nglida 
bunisiga o‘g‘il bo‘lsa To‘xtasin, yo Tursun, qiz 
bo‘lsa Umrinisa qo‘yishni niyat qilib qo‘ygan edi. 
Ammo hozir ko‘nglini ochgisi kelmadi. Chaqaloq­
larning turmasligiga o‘zini aybdor his qilganidan 
o‘zini bu gal chetga tortdi. 
– Qaydam? O‘zlaring bilasanlar, – dedi u yana 
ancha jiddiy tusda. 
– Bo‘lmasa... – dedi Obid aka Abdullaga ko‘z 
qisib qo‘yib. – Tursun bo‘lsin. 
Hojar buvi o‘choq boshidan chiqdi. Uning 
ko‘zlari jiqqa yosh edi. 
– Aytganing bo‘lsin... – dedi o‘pkasi to‘lib. – 
Omin! Nevaramning umri uzoq bo‘lsin. Boshi 
toshdan bo‘lsin!.. 


Olmas Umarbekov
12
,
Hojar buvi yog‘liq qo‘llarini yuziga surtdi­da, 
yengining uchi bilan nam ko‘zlarini artdi. Abdul­
la ko‘z oldida yuz bergan bu voqeadan sevinishini 
ham, sevinmasligini ham bilmay, qaqqayib turib 
qolgan edi. Obid aka buni sezdi shekilli, yelkasini 
bir­ikki qoqib qo‘yib: 
– Mana, jiyanlik ham bo‘lib qolding, – dedi. 
Abdulla jilmaydi. Ko‘p o‘tmay hovli qo‘ni­qo‘sh­
niga to‘lib ketdi. Hamma shang‘illab yangi meh­
mon bilan tabriklar, hazillashar, biri olib, biri 
qo‘yib, qandaydir maslahatlar berardi. 
– Zavod aya! Endi po‘lat sandiqni shamolla­
tadigan bo‘ldingiz­da? Beshik to‘yi o‘zi bo‘lmaydi. 
– Nima deyapsiz o‘zi! Zavod ayaning po‘lat 
sandiqlaridagi bisot o‘nta beshik to‘yiga yetadi. 
– Bahona bilan sarpolik bo‘lib qolarkanmiz­da, 
Otinoyi... 
– Senlarga gap bo‘lsa! – dedi o‘choq boshi­
dan kapgir ko‘tarib chiqqan Hojar buvi. – Mening 
po‘lat sandig‘im bilan nima ishlaring bor? 
– O‘zingiz bilan olib ketmang deyaptilar­da, – 
dedi yosh bir juvon. 
– Tiling kesilsin, Buvinisa! – dedi jahli chiqqan 
bo‘lib Hojar buvi. – Senga kimxob kamzulimni 
atab qo‘yuvdim. Endi berib bo‘pman! Nevaramni 
uylantiraman deb yuribman­u hali! 
Ishqilib, aytganingiz kelsin, Zavod aya! Ne­
varangizning boshi toshdan bo‘lsin. 
Yana ancha shang‘illab gaplashib, tarqalishdi. 
Gap bilan bo‘lib osh tagiga olib ketganini hech 
kim sezmabdi. 
– Mayli, ertaga boshqa qilib berarsiz, – dedi 
Obid aka. – Biz jiyan bilan bedana otib kelamiz. 
Nima deysan, jiyan? 


Odam bolish qiyin
13
,
– Zo‘r bo‘lardi, – dedi Abdulla sevinib. – Hech 
bedana oviga bormaganman. 
– Bo‘pti. Azonda uyg‘otaman bo‘lmasa. 
Shu tun Abdulla allamahalgacha xayol surib 
yotdi. U Mingbuloqqa kelganidan xursand, shu­
ning uchun xayollari ham Mingbuloqdek toza, 
sho‘x va tiniq edi. 
II
Obid aka va’dasiga muvofiq, g‘ira-shirada Ab­
dullani uyg‘otdi. 
– Borasanmi? 
– Bo‘lmasam­chi! – dedi Abdulla ko‘zlarini ish­
qalab. 
Shunday dedi­yu, lekin erinchoqlik bilan 
o‘rnidan turdi. Hovliga tushganda, Obid aka 
eski shim­ko‘ylak, rezinka etik kiyib olib, beliga 
o‘qdon bog‘lab turardi. 
– Anovilar senga, – dedi u rovonga ishora qilib. 
Bedazor hozir nam, kiyimingni rasvo qilasan. 
Abdulla apil­tapil yuvinib, tog‘asi tayyorlab 
qo‘ygan eski bir kombinezonni kiydi. Kombine­
zon katta kelib, pochalari osilib tursa ham unga 
yarashdi. Bir poyining tagi ko‘chgan etikni kiy­
ganda esa, tog‘asi kulib dedi: 
– Traktorchi bo‘lding qo‘yding. 
– Tuzukmi? 
– Tuzuk bo‘lganda qandoq!.. 
Hojar buvi kechagi oshning go‘shtlarini ikkita 
nonga bosib, to‘rvaga solib berdi. 
– Shu yerda yeb ola qolaylik? – so‘radi Abdulla 
qorni ochligini sezib.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling