Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
8 , o‘ynab, u yer bu yeri chaqa bo‘lib qaytsa, jig‘ibiy roni chiqardi. Abdulla uning yakkayu yagona nevarasi edi. U o‘zi ikkita farzand ko‘rgan edi. Bittasi, Abdul laning onasi Shahodat, ikkinchisi, kenjasi Obid bo‘lib, u shu o‘g‘li bilan turardi. Shaharga, qizini kiga borganda, ikki kundan ortiq turolmas, sha har shovqini boshini og‘ritardi, siqilardi. Buning ustiga u anchagina qari bo‘lsa ham, mustaqil hayot kechirishni istardi. O‘g‘li bilan turishiga qaramay, o‘z ro‘zg‘orini o‘zi tebratardi va ko‘pin cha o‘g‘li unga yordam berishi o‘rniga, o‘g‘li ning kamko‘stlarini u to‘g‘rilab yurardi. Shun dan bo‘lsa kerak, kim bilan gaplashmasin, o‘zini mag‘rur tutar va dasturxon atrofidagi eng yaxshi duosi: «Xudo birovni birovga zor qilmasin!» edi. Qishloqdagilar uni «Otinbibi» yo bo‘lmasa «Zavod aya» deb atashardi. Abdulla otinbibi de yishlarining sababini bilardi. Hojar buvi ancha gina o‘qimishli ayol bo‘lib, bir qancha kitoblarni, dostonlarni yod bilardi, yoshligida Anbarotinga ergashib, bir qancha g‘azallar ham bitgan edi. Le kin u nima uchun «Zavod aya» deyishlariga tu shunolmasdi. Qachonlardir paxta tozalash zavo diga yangi kelganlardan biri uni «Zavod aya!» deb chaqirgan, shushu «Zavod aya» bo‘lib ketgan. ...Fotihadan so‘ng, Hojar buvi darrov dastur xon yozdi, birpasda choy damlab keldida, ne varasining yoniga o‘tirdi. – Voy, Abdullaey, voy, bolamey! Shunday qilib, o‘zim keldim degin? Katta yigit bo‘lib qolib san, katta yigit! Dadang qalay? – Rahmat, tuzuklar, – dedi Abdulla. – Qon bo simlari ancha tushgan. Salom deb yubordilar. Odam bolish qiyin 9 , – Salomat bo‘lsin. Bu kasal unga qayoqdan yuqa qoldi ekan? Xudo shifo bersa, tuzalib ketar. O‘qishing bittimi endi? – Ha. Oltin medal bilan tamomladim. – Bo‘yingga qoqiy! Ular anchagina gaplashib o‘tirishdi. Abdulla sovg‘alarni topshirdi. Hojar buvi ko‘ziga yosh olib duo qildi. – Tog‘amgilar qani? – Tog‘ang balnisaga ketgan, – dedi Hojar buvi qandaydir tashvish bilan. – Kelin oyingning ko‘zi yoriydigan. Bilmadim bu gal nima bo‘lar ekan, – kampir og‘ir xo‘rsindi. – Har bandaning boshida bir tashvish bor ekanda, bolam. To‘rtta tug‘di, to‘rttovi ham uyga kelmay qazo qildi. Bunisi endi nima bo‘lar ekan? Mayli, ishqilib, tog‘angning baxtiga o‘zi omon bo‘lsin. Oraga jimlik cho‘kdi. Hojar buvi o‘z xayollariga berilib, nevarasini bir daqiqa unutdi. Keyin ses kanib, o‘rnidan turdi. – Esim qursin, ovqatga unnamay o‘tirishimni qara. – Ovora bo‘lmang, buvi, qornim to‘q. – Ovorasi bor ekanmi? Hozir tog‘ang ham ke lib qoladi. Sen birpas cho‘zilgin. Men darrov osh qilib kelaman. Bor, mening uyimga kir. Hojar buvi pildirab o‘choq boshi tomonga ket di. Abdulla qishloqqa kelganidan xursand bo‘lib, o‘rnidan turdi. Ancha vaqt hovlining o‘rtasida gi nashvati shoxida kukulab turgan musichani, o‘choq boshida g‘imirlab yurgan buvisi, mo‘ridan g‘o‘zapoyaning achchiq hidini keltirib, burqsib chiqayotgan ko‘kimtir tutunni tomosha qildi, ke yin esnab ichkarigi xonaga, buvisining uyiga kirdi. Olmas Umarbekov 10 , Bu uyni u juda yaxshi bilar va yaxshi ko‘rardi. Uy keng va chorsi bo‘lib, hamma devori tokcha lardan iborat edi. Tokchalarga har xil tusdagi kat takichik qutichalar, hisobsiz kosa, choynakpi yolalar terib qo‘yilgan edi. Tokchalar o‘rtasidagi ustunlarning g‘altak o‘tqazilgan qoziqlarida har doim dazmollangan va atir sepilgan sochiqlar osig‘liq turardi. Odam kam kirgani uchunmi, yo hovlining oftob tushmaydigan joyida bo‘lgani uchunmi, uy yoz bo‘yi salqin turardi. Abdulla muzdek beqasam ko‘rpacha ustiga cho‘zildi. Yumshoq par yostiqning rayhon hidini eslatuvchi yengil, yoqimli hidi gup etib dimog‘iga urildi. Qo‘llarini yoyib, ko‘zlarini yumdi. Hovlida esa musicha hamon kukular, charschars yo nayotgan g‘o‘zapoya ovozi unga qo‘shilib g‘alati, orombaxsh ohang kasb etardi. Imtihon tashvishlaridan qutulgan, yuragi ming xil orzular, noma’lum, ammo porloq kelajak lazzatlari bilan to‘lgan Abdulla o‘zini nihoyatda baxtli his qilar va mudrar ekan, yuzlarida tabas sum o‘ynar edi. Shu ahvolda u qancha yotdi, ux ladimi, yo faqat mudradimi, bilmaydi, bir mahal quvnoq, yo‘g‘on erkak ovozini eshitib, turib ketdi. Deraza yoniga borib, hovliga qaradi. O‘choq boshi oldida tog‘asi onasini quchoqlab, baqirardi: – O‘g‘il, oyi! O‘g‘il! Tirik! Tirik!.. Abdulla otilib hovliga tushdi. – Assalomu alaykum, tog‘a. Obid aka uni ko‘rib, onasini qo‘yib yubordi va qarshisiga yurdi. – O jiyane! Bormisan?! Juda yaxshi kel ding da. Mana sen ham endi jiyanlik bo‘lib qolding! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling