Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
Olmas Umarbekov
26
,
Abdulla javob bermadi, u jilmayganicha Gul­
chehraga tikilib, «yana nima desam ekan?» deb 
o‘tirar, bu yerdan ketishni istamasdi. 
– Tog‘angiz chaqiryaptilar, – dedi Gulchehra 
qo‘zg‘alib va bedanani uzatdi. – Oling. 
– Sizniki bu endi. 
– Nega? – sevingandek bo‘lib so‘radi qiz. 
– Siz topdingiz, sizniki bu. 
– Bo‘lmasa tuzalganida qaytarib beraman. 
Abdulla kuldi. 
– Ketdikmi? – so‘radi qiz. 
– Mayli. 
Abdulla savatni ko‘tarib, qizning orqasidan 
yurdi. U nihoyatda shod edi. Jo‘xorizordan chi­
qishganda, Obid aka kanal bo‘yida miltig‘iga yuzi­
ni tirab o‘tirardi. Ularni ko‘rib, boshini ko‘tardi. 
– Muncha hayallading? 
– Tutish qiyin bo‘ldi, – dedi Abdulla Gulchehra­
ga ko‘z qirini tashlab.
– Tirikmi ishqilib? – xavotirlanib so‘radi Obid aka. 
– Bir qanoti sinibdi, – dedi Gulchehra. 
– Tuzatmoqchi, – dedi Abdulla unga ishora qilib. 
– Ha, durust. 
Ular yo‘lga tushishdi. Obid aka oldinda, Ab­
dulla bilan Gulchehra orqada. Anchagacha jim 
borishdi. Qishloqqa yaqinlashganda Gulchehra 
sirli ohangda dedi: 
– Aytganday, tabriklayman. 
– Nima bilan? – hayron bo‘lib so‘radi Abdulla. 
– Medal bilan. 
Abdulla jilmaydi. 
– Rahmat. Qayerdan bildingiz? 
– Butun qishloq biladi, – dedi qiz ham jilma­
yib. U juda chiroyli jilmayardi. Abdulla o‘zi sez­
may, beixtiyor unga tikilib qoldi. 


Odam bolish qiyin
27
,
Men keldim, – dedi Gulchehra ko‘prikka ye­
tishganda. 
Abdulla qo‘lidagi savatni unga uzatdi. 
– Sizni qachon tabriklayman? 
– Tabriklashingiz mumkin. Men ham bitirdim. 
– Nahotki? – Abdulla uyalib ketdi. – Kechira­
siz, esimdan chiqibdi. Ancha bo‘ldi ko‘rishma­
ganimizga. 
– Ikki yil, – dedi Gulchehra unga g‘alati qarab. 
– Unutishingiz tabiiy. 
– Kechirasiz. 
– Hechqisi yo‘q. Ertaga ziyofatimiz bor. Keling. 
– Rahmat. 
Gulchehra ko‘prik yonidagi darvoza tomon yo‘l 
oldi. U bir qo‘lida ingichka beliga tiralgan savat, 
bir qo‘lida bedana ko‘targanicha yengil chuvagini 
shapillatib ketar ekan, Abdulla uzoq vaqt ketidan 
qarab qoldi. 
III
«O‘zgarib ketibdi, – o‘ylardi Abdulla uyga qay­
tar ekan. – Juda o‘zgarib ketibdi. Nahotki ikki yil 
ichida shunday o‘zgarish mumkin bo‘lsa? Ilgari 
qop­qora qiltiriq bir qiz edi. Endi­chi?» Abdulla 
shunday o‘ylar ekan, Gulchehra bilan, chiroyli, 
kelishgan qiz bilan tanishligidan mamnun bo‘lib 
qo‘ydi. «Nima dedi? Ha, «Ikki yil, unutishingiz 
tabiiy», dedi. Demak, u Abdullani unutmabdi. 
Bo‘lmasa ko‘rishmaganini hisoblab yurarmidi?!» 
Abdulla jilmaydi. Bolaligi, Gulchehra bilan 
bo‘lgan damlari ko‘z oldidan o‘ta boshladi. U bu 
qizni anchadan beri tanir edi. Qishloqda ular 


Olmas Umarbekov
28
,
yurmagan so‘qmoq, ular qilmagan sho‘xlik qol­
magan. Gulchehraning otasi Obid akaning qalin 
o‘rtog‘i bo‘lib, yoshlikdan birga o‘sishgan, hatto­
ki ikki yilcha urush davrida bir qismda xizmat 
qilishgan edi. Abdullaning bilishicha, Yusuf aka 
yigitlik chog‘lari anchagina sho‘x bo‘lib, u bor 
joyda janjal chiqishi tabiiy ekan. Lekin urushdan 
keyin qishlog‘iga qaytgach, o‘zgarib ketdi. Front 
uni shunday qilib qo‘ydimi, yo bola­chaqa tash­
vishi ko‘payib, quyilib qoldimi, har holda, u juda 
mo‘min­qobil bo‘lib qoldi. Yaxshi ishladi. Bundan 
besh­olti yil muqaddam uning brigadasi pax­
tachilikdan yuksak ko‘rsatkichlarga erishgani 
uchun unga Qahramon unvoni berildi.
Gulchehra Yusuf akaning to‘ng‘ich farzandi 
bo‘lib, bolaligida xuddi otasiga o‘xshagan sho‘x 
edi. Deyarli har kuni uyiga u yer bu yeri chaqa 
bo‘lib qaytardi. Onasi urishar, Yusuf aka esa faxr­
lanardi. Otasining urishmasligini yaxshi bilgan 
Gulchehra battar sho‘xlik qilar, ko‘pincha o‘yin­
qaroqlikda o‘g‘il bolalarni orqada qoldirib ketardi. 
Abdullaning hali­hali esida, qishloqda urush 
yillari Dadavoy amaki degan bir odam yashardi. 
Qayoqdan kelib qoldi bu yerga, nima ish qiladi, 
hech kim bilmasdi. Erta saharda uyidan chiqib 
ketib, yarim kechada qaytardi. Doim bir xil ki­
yinardi, to‘g‘rirog‘i, tizzalari yamoq kalta shimi 
va jazirama yoz kunlari ham boshidan tushmay­
digan uchi nayza soldatcha qalpog‘idan boshqa 
uning hech narsasi yo‘q edi. U qishloq hayotiga 
aralashmas, odamlarga qo‘shilmas, lekin nega­
dir uning nomini hurmat bilan tilga olishardi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling