Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
50 , Abdulla to‘yib havo simirdi. – Ha, yalpiz. Uzib beraymi? – Qorong‘iku, – dedi Gulchehra. Lekin Abdulla unga quloq solmadi, qirg‘oqqa yaqinlashib, o‘tlarni titkilay ketdi. Gulchehra haq edi. Oydin kecha bo‘lsa ham, oy shu’lasida ming xil o‘tlar orasidan kichkina yalpiz shoxini topib bo‘larmidi? Abdulla buni o‘ylamasdi. Uning uchun hozir Gulchehraning chehrasini ochgan shu o‘tni topishdan katta baxt yo‘q edi. Bir qo‘li bilan chimga yopishib, bir qo‘li bilan kanalning shunday labini timirskilar ekan, «topaman, albat ta topaman», derdi ichida. Uning bu shashtidan shu tob hech kim, hech narsa qaytara olmasdi. Gulchehra buni sezdi, indamadi. Aksincha, tepadan turib, u bilan birgalikda dimog‘ini qi tiqlagan yalpizni axtara boshladi. U nihoyatda shod edi. Shu paytgacha hech kim uning istagini anglab, ko‘nglini olmagan edi. Bugun ikki marta u orzusiga yetdi. Bu orzular kichkina bo‘lsa ham, uni baxtiyor qilgan edi. Ikkala orzusiga ham u bo lalik o‘rtog‘i, g‘oyibdan bugun tongda paydo bo‘lib qolib, uning shodligiga shodlik qo‘shgan Abdulla orqali yetishdi. «Qanday ajoyib yigit bo‘libdi u! – o‘yladi u. – Qanday odobli, istarasi issiq. Nahotki odam ikki yilda shunchalik o‘zgarib ketsa? Yu rarmikin?» Shu savol xayolidan o‘tishi bilan u seskanib ketdi. «Uning nima ishi bor? Rashk qilyaptimi? Shaharlik bo‘lsa, keyin ittifoqo uchrashib qolish gan bo‘lsa? Yursa yuraversin. Uning nima ishi bor?» Gulchehra shunday deb yuragini tirnab o‘tgan xavfni qaytarishga harakat qildi. «Yursa Odam bolish qiyin 51 , yuraversin». Lekin u hozir Abdulladan minnatdor. Valsga tushmoqchi edi, Abdulla sezib taklif qildi. Yalpizni topmoqchi edi. Ana, qidiryapti. Topmasa ham mayli, uning istagini anglab, qidirganining o‘zi katta gap. Har qanday yigit ham shunday qilavermaydi. Gulchehra cho‘kkalab yurgan Ab dullaga tikildi va birdan mehri jo‘shib, dedi: – Abdulla, qo‘ying, shimingizni iflos qildingiz. – Zarari yo‘q. Shu atrofda, hozir topamiz. Abdulla shunday dedida, yana engashdi. – Sizni ovora qildim. Abdulla, keling, qo‘ying! Gulchehra cho‘zilib, uning yoqasidan tort moqchi edi, qo‘li boshiga tegib, dag‘al sochlarini silab o‘tdi. Abdulla bunga parvo qilmadi. Lekin Gulchehra negadir o‘zining olov bo‘lib ketganini payqadi. Payqadiyu, beixtiyor qo‘lini tortib oldi. – Qayoqqa qochib qutulardi? – dedi Abdulla. – Mana shu yerdaga o‘xshaydi. Bu gapni u o‘ziga aytdimi, Gulchehragami – bilib bo‘lmasdi. Shunday bo‘lsa ham, Gulcheh raning javob bergisi keldi. – Ha. Isi shu yerdan o‘tkirroq kelyapti. – Men ham shuni sezib turibman. Lekin qa yerda ekan? Manavi tikanning tagidamikan? – Ehtiyot bo‘ling. Qo‘lingizga kirmasin tag‘in... – Gulchehra tizzalariga qo‘llarini tirab, engashdi. – Kirmaydi. Kirganda ham nima qilardi? Abdulla shunday dediyu, siltanib qo‘lini tort gan edi, kanalga bir oyog‘i sirg‘anib tushdi. – Voy! Ushlang! – qichqirib yubordi Gulchehra. – Hech nima qilmaydi, – dedi o‘zini beparvo tutishga intilib Abdulla, lekin Gulchehraning qo‘lini ushladi. O‘zini o‘nglab olganda, Gulchehra mehribonlik bilan so‘radi: Olmas Umarbekov 52 , – Tikan kirmadimi? Tikan kirgan barmog‘i zirqirab turgan bo‘lsa ham Gulchehraning bu savolidan, to‘g‘rirog‘i, gapi ohangidan Abdulla og‘riqni unutdi va yana tikan tagini tita boshladi. – Kirgani yo‘q. Sirg‘anib ketdim, xolos! Mana! Topdim! – Urra! – qichqirib yubordi Gulchehra va Abdul la tikan tagidan ildizi bilan sug‘urib olgan yalpizni ko‘tarib qirg‘oqqa chiqqanda beixtiyor uni qucho qlab oldi. – Hidini qarang! Hidini! Biram o‘tkir! – Ha, – dedi Abdulla sevinch bilan qizga qararkan. – Rahmat, – dedi Gulchehra yalpizni yuziga bo sar ekan... – Yaxshi ko‘raman, juda ham yaxshi ko‘raman. Esingizdami, bir marta ikkalamiz yal piz tergan edik? – Qachon? – so‘radi Abdulla. – Ancha bo‘ldi. Oltinchi sinfda o‘qirmidik o‘shan da. Siz bahorgi ta’til payti kelgan edingiz. Abdulla qancha o‘ylamasin, eslolmadi. – Bahorda, deysizmi? – Ha. Kechqurun edi. Men sizlarnikida edim. Zavod ayam, yalpiz yulib kelinglar, moshxo‘rda qilyapman, dedilar. Keyin, ikkalamiz ketdik. Ho‘, to‘g‘on boshiga bordik. Chaman bo‘lib yotuv di o‘shanda yalpiz. Endi teramiz deganimizda bir yomg‘ir quydi, keyin do‘l yog‘di. – Gulchehra kulib yubordi. – Nega kulyapsiz? Gulchehra kulgidan o‘zini to‘xtata olmay, zo‘rg‘a gapida davom etdi: – Bitta do‘l... bitta yong‘oqdek do‘l...– Gulcheh ra gapirolmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling