Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
44 , – To‘xta, hozir osh keladi. Gulchehra qozon boshida. Kechaning boshlig‘i u. Uning ruxsatisiz ketmaysan. Abdulla sevinib ketdi. Ammo buni sezdirmas likka harakat qilib: – Ancha o‘tirib qoldim, – dedi. – Hech nima qilmaydi. Bu kecha hech kim biz ni urishmaydi. Abdulla «ilojim qancha» degandek, sekin joyi ga o‘tirdi. Kimdir radioni qo‘yib yubordi. Vals yangray boshladi. – Tur, – dedi Samad. – Har holda, shaharlik san, boshlab ber. – Ikkalamiz. Ular o‘rtaga tushishdi. Abdulla Samadni qo‘ltiqladi. Hovlini bir aylanib chiqishgach, ikkita qizni o‘rtaga tortishdi. Boshqalar ham birinketin o‘rinlaridan turishdi. Abdulla olib yurgan sariqqi na, nimjon qiz uning ko‘kragiga qo‘llarini omonat gina qo‘yib aylanar ekan, uyalganidanmi, yomon tushishidanmi, boshini yerdan ko‘tarmasdi. Ab dulla bunga parvo qilmas, har aylanganida: «Qani endi shu qizning o‘rnida hozir Gulchehra bo‘lsa? – deya o‘ylardi. – Tonggacha u bilan tushardim, zerikmasdim». Vals yarmiga yetganda o‘rtada uchto‘rt juft odam qoldi. Hamma to‘xtab, Abdullaga tikilar di. Abdulla chindan ham valsga yaxshi tushardi. Maktabda undan o‘tadigani yo‘q edi. Kechalarda qizlar ko‘pincha u bilan raqs tushishni, uning olib yurishini orzu qilishar edi. Hozir ham Ab dulla hammani o‘ziga mahliyo qilib qo‘ygan edi. Nihoyat, vals tindi. Qarsak ko‘tarildi. Shundagi Odam bolish qiyin 45 , na Abdulla hamma o‘ziga qarab turganini sezdi. Uya lib jilmaydida, qizni joyiga o‘tqazib, to‘rga yo‘l oldi. Endi o‘tirayotgan edi, tanish qo‘ng‘iroq ovoz quloq lari tagida jarangladi. – Yaxshi tushar ekansiz!.. Abdulla o‘girildi. Ro‘parasida oppoq guruch tishlari marvariddek yarqirab Gulchehra turardi. Abdulla lol bo‘lib qoldi. U Gulchehraning buncha lik chiroyli ekanligini xayoliga keltirmagan edi. Egnida keng qizil atlas ko‘ylak, baland poshna oq tuflisi kichkina oyoqlariga chippa yopishgan, ikkita qilib o‘rilgan sochlarining bir o‘rimi ko‘kra gi ustidan tushib, jingalak uchi zulukdek titrab turardi. Shodligidanmi, olov tepasida turgani danmi, ikki yuzi anordek qipqizargan, chimiril gan qoshlari ostida yirik, sho‘x ko‘zlari cho‘g‘dek yonardi. Abdulla bu ko‘zlarning taftiga chidash berolmay, yerga qaradi. – Ko‘rinmaysiz? Gulchehra kuldi. – Bugun men ham izzatdaman, ham xizmat da. Lekin kelganingizni ko‘rdim. Faqat oldingizga kelolmadim. Kechiring. – Hechqisi yo‘q. Samad bilan gaplashib o‘tir dik. Lokin shu yerdaligingizni u aytmaganda, ketib qolardim. – Nahotki? – Rost. – Unday bo‘lsa, ketmaganingiz yaxshi bo‘libdi. Endi bo‘shadim. – Bo‘lmasa o‘tiring, – Abdulla yonidan joy ko‘rsatdi. Ammo Gulchehra o‘tirishga ulgurmadi. Radio ladan yana vals jaranglay boshladi. Olmas Umarbekov 46 , – Tushasizmi? – so‘radi Abdulla. – Siz bilan tushishga uyalaman, – dedi Gulchehra boshini quyi solib. – Nega? – Yaxshi bilmayman. Keyin mendan kulishin giz mumkin. – Hammadan kulsam ham, sizdan kulmayman. Gulchehra yalt etib unga qaradi. Abdulla uni issiq qo‘lidan ushlab o‘rtaga olib chiqdi va eh tiyotlik bilan belidan quchoqladi. Musiqaning yangi pardasi boshlanishi bilan, kutilmaganda, Gulchehra boshini ko‘tardi, ikkala qo‘lini Abdul laning yelkalariga tashladida, tovusdek suzib ketdi. Birinchi aylanishdayoq Abdulla uni olib yurish juda oson va juda yoqimli ekanini tushun gan va ichida, boyagina xayolidan o‘tkazgan or zusiga yetishganidan cheksiz shod edi. – Aldoqchi ekansiz? – dedi kulib Abdulla. – Nega? – Gulchehra qoshlarini chimirdi. – Juda yaxshi bilar ekansizku! – Unchalik emas, – dedi Gulchehra va xo‘rsin di... – Mingbuloqda tansa tushishmaydi. Mingbuloq shahar emas. Vaqt ham yo‘q, imkoniyat ham yo‘q. – Nega? – hayron bo‘ldi Abdulla. – Axir bugun... – Bugun boshqa gap. Bugunni biz ko‘pdan beri kutgan edik. Abdulla Gulchehraning nima demoqchi ekan ligiga tushunmadi. U hozir bu haqda o‘ylashni, surishtirishni istamasdi ham. U Gulchehraning chehrasiga mahliyo edi. «Yo‘q, – o‘ylardi u, – bu naqa qizni shaharda uchratmaganman. Yo‘q. Ochiq, kibor emas. Innaykeyin, juda chiroyli. Ikki yil ichida u butunlay o‘zgarib ketibdi. Qani endi u |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling