Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
53 , – Ha, nima bo‘ldi? – so‘radi negadir uyalib Ab dulla. – Bitta yong‘oqdek... do‘l, – dedi Gulchehra, – boshingizga tushdi. Birpasda boshingiz g‘urra bo‘ldi. – Gulchehra yana kulib yubordi. – Ikka lamiz g‘urrani ushlab, rosa yig‘ladik. – Esimda yo‘q, – dedi beixtiyor boshini ushlab Abdulla. – Yig‘loqi emasdim shekilli?.. – O‘shanda rosa yig‘lagansiz! Gulchehra yana nimanidir eslab, «piq» etdiyu, Abdullaning uyalganini ko‘rib, o‘zini tutib qoldi. – Lekin, yalpiz terganmiz. Bir etak yalpiz ter ganmiz. – Uning hidi ham shunaqa edimi? – Yo‘q, – dedi Gulchehra birdan jiddiylashib. – Buning hidi yaxshi. U shunday deb boshini egdi. – Gulchehra... – Hm... – Nega qishloqda qolmoqchisiz? Gulchehra javob bermadi. Ular anchagacha jim borishdi. Oldinda to‘g‘on boshidagi fonar ko‘rindi. Ko‘rshapalakmi, allaqanday katta bir narsa atrofida gir aylanib uchardi. – Nahotki Mingbuloq Toshkentdan yaxshi bo‘lsa? – Mingbuloqni yaxshi ko‘raman, – dedi nihoyat Gulchehra. – Uni Toshkentga solishtirib bo‘lmay di. Lekin bir kunmas bir kun Mingbuloq ham chi royli qishloq bo‘ladi. Gap bunda emas. – Nimada bo‘lmasa? – Men ketolmayman, – Gulchehra xo‘rsindi. – Ayam kasal, dadamga kim qaraydi? Olmas Umarbekov 54 , – Ikkalamizning ahvolimiz bir ekan, – dedi Ab dulla. – Mening dadam kasal. Lekin bu sabab bo‘lolmaydi. Siz o‘qishingiz kerak. – O‘qiyman. – Sirtdanmi? – Ha. – Sirtdan o‘qish og‘ir. Agar borganingizda... birga bo‘lardik. – Borolmayman. Innaykeyin, butun sinf ke lishganmiz. – Buning ahamiyati yo‘q. Mana, Qosimjon voz kechdi shekilli. – Kim biladi, bu hali noma’lum. – Toshkentga borishingizni juda istardim. – Rahmat, Abdulla. Lekin qishloqdan ketol mayman. Bu gaplar ikkalovini ham o‘ylantirib qo‘ydi. Ab dulla shunday yaxshi qizning qishloqda qolayot ganini, uni endi buvisinikiga kelgandagina ko‘ri shi mumkinligini o‘ylab, achinardi. O‘shanda ham ko‘ra olarmikan? Gulchehra endi katta qiz. Qishloqda esa yigitlar ko‘p. Samad boya nima dedi? «Biz qishloqning kelajagini ko‘p o‘ylay miz Gulchehra bilan», dedi. Demak, Gulcheh raga uning mayli bor. Tag‘in kim biladi?.. Lekin Gulchehra Toshkentda o‘qisa qanday yaxshi bo‘lardi. Har kuni u bilan uchrashardi. Har kuni sayr qilishardi. Balki ularning aloqasi o‘shanda bundan ham jiddiyroq bo‘larmidi?! Abdulla shunday o‘ylar ekan, fonarga so‘lg‘in ko‘zlarini tikib xayol surib qolgan Gulchehradan nazarini ololmasdi. O‘sha paytda Gulchehraning xayollari g‘amgin, kelajagi qorong‘i xayollar edi. Odam bolish qiyin 55 , U avval shuncha yildan beri ko‘rishmagan teng doshi bilan uchrashuv bunchalik jiddiy tus oli shini kutmagan edi. Nima bo‘libdi? Samad, Qo simjonlar qatori bir yigit. Ertalab ko‘rdi. So‘rash di. Keyin, kechaga taklif qildi. Lekin shu birinchi uchrashuv uning yuragiga g‘ulg‘ula solib qo‘ygan di. Abdullaning nimasidir birinchi ko‘rishidayoq uni o‘ziga tortgan va kun bo‘yi tezroq kech kirishi ni orziqib kutgan edi. Kechaga ham u o‘zining eng sevimli ko‘ylagi ni kiydi. Avval ham shu ko‘ylakni kiyishni o‘ylab qo‘ygan edi. Lekin Abdullani ko‘rganidan keyin bu fikr qat’iylashdi, ko‘ylakni qandaydir yoqim li hayajon bilan kiyib, ancha vaqt o‘zini oynaga soldi. Buning ustiga u hech qachon bunchalik diqqat va quvonch bilan pardoz qilmagan edi. Abdulla shularni sezdimikan? Aftidan, sezdi. Ke chada ko‘rishganda mahliyo bo‘lib qoldi. Mana hozir ham ko‘zlarini uzolmay turibdi. Chindan ham u bilan bir joyda o‘qish, bir joyda bo‘lish yaxshi emasmi? Lekin nega borolmayman, sirt dan o‘qiyman, dedi? Ko‘ngil uchun bo‘lsa ham o‘ylab ko‘raman, hali bir yarim oy vaqt bor, desa bo‘lmasmidi? Nahotki ayasining betobligi katta shaharga borib o‘qishga yo‘l qo‘ymasa! Abdulla ham bu sabab emas, deyaptiku! Shunday emas mikan? Yo‘q, yo‘q, borolmaydi. Axir qishloqda qolishni taklif qilgan o‘zi ediku! – Hali kech emas, Gulchehra, – dedi Abdulla jimlikni buzib. Gulchehraning xayollari bo‘lindi. – Ha, – dedi negadir u va g‘amgin jilmaydi. Ab dulla xuddi shu javobni kutib turgandek, sevinib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling