Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
59 , – Ha, kecha o‘tirishinglar yaxshi bo‘ldimi? An cha kech qolding? – Juda ham yaxshi bo‘ldi, buvi. – Tog‘angni birikki ko‘chaga chiqardim xavotir bo‘lib. Abdulla tog‘asining nomini eshitishi bilan keli noyisining ahvolini surishtirmaganini o‘ylab, uya lib ketdi. Nega bir og‘iz so‘rash xayoliga kelmadi? – Aytganday, buvi, kelinoyim tuzukmilar? Hojar buvi nevarasining bu savolidan xursand bo‘lib ketdi. – Xudoga shukur, yaxshi! Ertaga tog‘ang olib keladi. Chaqaloq ham biram yaxshi, biram ko‘hlik... Qoshko‘zlari xuddi senga o‘xshaydi. Ishqilib, umri uzoq bo‘lsin! – Buvi! – dedi Abdulla xatosini tuzatishni o‘ylab. – Borib kelaymi men ham? – Balnisagami? – Ha! – Qanday bo‘larkin? – Hojar buvi o‘ylanib qol di, keyin dedi: – Yaxshisi, ertaga bor tog‘ang bi lan. Jiyaningni o‘zing ko‘tarib kel. Bugun nima ham deb borarding? Abdulla yelkasidan og‘ir yuk olingandek, o‘zini yengil his qildi. – Mayli, ertaga bo‘lsa, ertaga. U apiltapil qo‘lini artib, o‘rnidan turdi. – Ishpish bormi menga, buvi! – Choyingni ichmaysanmi? – Bo‘ldi. – Voy, ovqat yeganing tushsin sening. Nima ish bo‘lardi, ish yo‘q. Beshik to‘yida xizmat qila san. Hozir o‘yna. Olmas Umarbekov 60 , Hojar buvi yana nimalarnidir dedi, lekin Ab dulla eshitmadi. Uning xayoli ko‘chada edi. Uchratarmikin? Kun bo‘yi uyda o‘tirmasku. Abdulla ko‘chaga chiqdi. Qishloq jimjit edi. Ho jar buvining ko‘chaga qaragan boloxonasi tagida uchto‘rtta bola oshiq o‘ynardi. Abdulla ularning tepasiga kelib, birpas qarab turdi. Xayoli boshqa yoqda bo‘lgani uchun, o‘yin uni qiziqtirmadi. Ko‘chani kesib o‘tib, ko‘prik tomon yo‘l oldi. Balki jo‘xorizordadir? Yalt etib kelgan bu fikrdan u sevinib, qadamini tezlatdi. Ko‘prikka yetgan da, beixtiyor Gulchehralarning qizil darvozasiga qaradi. Eshik ochiq edi. Lekin hovlida hech kim ko‘rinmadi. O‘sha yoqdamikin? Koshki edi! Ab dulla kanal yoqalab yura boshladi. Negadir bu gal yo‘l juda olis ko‘rindi. Ancha yurdiyu, ammo hali ham qishloq tugamasdi. Nihoyat yetib keldi. Atrofga alanglab quloq soldi. Na bironta odam ning sharpasi ko‘rindi, na bir shitirlagan tovush eshitildi. Hamma yoq jimjit. Abdulla jo‘xorizor ichiga kirib, barglar os tidan atrofni kuzatdi, hech kim yo‘q. Shunday bo‘lsa ham, poyalar orasida engashib bir oz yur di. Gulchehra ko‘rinmadi. Dimiqib, terladi, jo‘xori changi yuzko‘zini achita boshladi. Shundan ke yin jo‘xorizordan chiqib, orqasiga qaytdi. Nahotki kechgacha endi uni uchratmasa?! Boqqa kiradi, ana o‘sha yerda ko‘radi uni. Abdulla ko‘prikka yetganda, Gulchehra ning eshigidan ikki kishining hovliqib chiqqanini ko‘rdi: bittasi Samad, bittasi esa Gulchehra edi. Samad qo‘llarini yoyib nimadir dedi, Gulchehra yuzini berkitdi. Keyin ikkalovi qishloq yuqorisi tomon teztez yurib ketishdi. Odam bolish qiyin 61 , – Samad! – qichqirdi Abdulla ularning orqasi dan. Samad to‘xtamay, orqasiga o‘girildi va Abdul lani ko‘rib, imladi. Abdulla xuddi shuni kutib turgandek, yugurib ularga yetib oldi. – Tinchlikmi? – so‘radi u dam Samadga, dam Gulchehraga qarab. Gulchehra uyaldimi yo xayoli boshqa yoq damidi, indamadi. – Qosimjonlarning uyida to‘polon, – dedi Sa mad. – Nega? – Bilmadim. Ayasi bilan qattiq urishib qolibdi. Ular Qosimjonlarning uyiga yetib kelishganda, ichkaridan ayol kishining bo‘g‘iq ovozi eshitilardi. – Kiraveramizmi? – so‘radi Gulchehra. – Ha, – dedi Samad va birinchi bo‘lib ichkari ga qadam qo‘ydi. Hovlining o‘rtasidagi supada Qo simjonning ayasi – Zumrad xola o‘tirardi. Uning ko‘zlari nam, bir oyog‘i shippaksiz edi. Shippak os tona tagida yotardi. Zumrad xola yoshlarning kirib kelganini yo ko‘rmadi, yo o‘zini ko‘rmaganga soldi. – Men seni shu niyat bilan katta qiluvdimmi?! Yurakbag‘rimni qon qilding! – Bo‘ldibo‘ldi! Muncha cho‘zilasiz... – ichkari xonadan Qosimjonning ovozi eshitildi. – Nega bo‘lar ekan? Endi boshlayman! Ha, endi boshlayman! Shoshmay tur! – Zumrad xola epchillik bilan o‘rnidan turib, deraza oldiga kel dida, mushtlarini birbiriga ura boshladi. – Bola o‘stiribman deb yuribman hali! Ha, yashshama gur! Bolamas, balo o‘stiribman! Bir balo ekansan! Na otaning gapi kor qiladi senga, na onaning! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling