Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Olmas Umarbekov
68
,
shunday bo‘ladi deb o‘ylamagandi. Abdulla uning 
jimgina turganini ko‘rib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi. 
Issiq, yoqimli nafasi dimog‘iga urildi. 
– Nega indamaysiz? 
Gulchehra jim edi. U boyagidek o‘zini tortmas, 
qimirlamasdi. Birdan u titray boshladi, keyin, 
qiy nalib yutindi. Abdulla xavotirlanib unga qara­
di. Uning ko‘zlari jiqqa yosh edi. 
– Nima bo‘ldi, Gulchehra? Xafa bo‘ldingizmi? 
Gulchehra boshini tebratdi. 
– Nega yig‘layapsiz bo‘lmasa? 
– O‘zim... shunday... Qachon ketasiz? 
– Bilmayman, – dedi Abdulla uning savolidan 
hayron bo‘lib, keyin so‘radi: 
– Nimaydi? 
– Ketmang. 
Abdulla sevinchi ichiga sig‘may uni bag‘riga 
bosdi. 
VI
Bu uchrashuv va keyingi kunlardagi boshqa 
qator uchrashuvlar ikkalovining ham hayotini 
o‘zgartirib yubordi. Ular kun bo‘yi tungi sayil, 
shirin suhbatlar kayfi, rohati bilan yurishar va 
tezroq qosh qorayishini orziqib kutishardi. Endi 
ularni nimani gapirish, o‘zini qanday tutish kabi 
savollar qiynamas edi. Ular qayerda uchrashish­
ni, qachon uchrashishni ham xayollariga kelti­
rishmasdi. Soat ham, joy ham aniq. Faqat hech 
kim ko‘rmasa, qorong‘i bo‘lsa bo‘ldi. 
Endi ular uchun tunning ajoyib, sehrli fazi­
lati ochilgan, u endi ikki qalbni uchrashtiruv­


Odam bolish qiyin
69
,
chi qudratli kuch, cheksiz shodlik, shirin xayol­
lar, orzu­umidlar bulog‘i edi. Ular qishloqqa tun 
cho‘kkanda uydan chiqardilar. Ularning uchra­
shadigan joylari yo to‘g‘on boshi, yo unga yaqin 
katta­kichik buloqlar yaltillab turgan tolzor, yoki 
bo‘lmasa olmazorning etagi edi. Shu yerlardagi 
har bir so‘qmoq, har bir tosh endi ularga ta nish 
va qadrdon bo‘lib qolgan edi. «O‘zimizning tosh», 
«o‘zimizning buloq», bu so‘zlar endi ikkalovi uchun 
yangi mazmun kashf etgan, har bir joy endi ikka­
lovi uchun unutilmas tarixdek bo‘lib qolgan edi. 
Biroq Abdulla ham, Gulchehra ham qanchalik 
shod, qanchalik baxtli bo‘lishmasin, uyga qaytgan­
larida nimadir yuraklarini g‘ash qilayotganini pay­
qashardi. Bu g‘ashlik oldingi kunlari uncha sez­
ilmasa ham, Abdullaning jo‘nashi yaqinlashgani­
dan keyin ochiq namoyon bo‘la boshladi. Bu yog‘i 
nima bo‘ladi? Nima qilishadi? Bu savollar borgan 
sari ko‘proq ikkalovini o‘ylatadigan bo‘lib qoldi... 
Ammo ular qancha o‘ylashmasin, aniq bir 
fikr yiltillab ko‘rinmas, kelajak go‘zal bo‘lsa ham, 
tundek qorong‘i edi. «Nima qilish kerak?» – o‘ylar­
di Gulchehra uyga kelishi bilan va ko‘pincha 
savoliga javob topolmas, to‘satdan kelgan baxt 
umri qisqa bir tushdek tuyulib, uni qayg‘uga so­
lardi. Uning ahvoli Abdullaga qaraganda ancha 
qiyin edi. Garchand haligacha Toshkentga bo­
rish­bormasligini uzil­kesil aytmagan bo‘lsa ham, 
qishloq da qolishini u aniq bilardi. Shuning uchun 
qiynalardi. Ochiq aytib, ko‘ngilni bo‘shatishni 
esa, negadir istamasdi. Uning nazarida shunday 
deyishi bilan Abdulla o‘zgarib, aloqalari uzilib 
qoladigandek tuyulardi. Bundan u qo‘rqardi. Ik­


Olmas Umarbekov
70
,
ki­uch kun ichida yuragini butunlay egallab ol­
gan Abdulla unga juda aziz va qadrdon bo‘lib qol­
gan edi. Lekin u qishloqdan chiqib ketolmaydi. 
Har doim uyga kirib, to‘rda rangi za’faron bo‘lib 
yotgan onasini ko‘rar ekan, bu fikrining qat’iyli­
giga ishonardi. 
Saodat opaning ahvoli chindan ham og‘ir edi. 
O‘tgan yili bahorda u shamollab, besh­olti kun 
yotib qoldi. Keyin tuzalib ketdi. Ammo o‘qtin­
o‘qtin boshi og‘riydigan, ko‘ngli ayniydigan bo‘lib 
qoldi. Tuzalib ketar­tuzalib ketar bilan beparvo 
yurib, kuzga kelganda yana yotib qoldi. Yusuf 
aka uni Qo‘qonga olib borgan edi, kasalxonada 
olib qolishdi. 
Kuzatish­tekshirishlardan so‘ng uning oshqo­
zonida saraton borligi aniqlandi. Ne­ne shifokor­
lar ko‘rdi, lekin Saodat opa birdek edi. Ishtahasi 
yo‘qolgan, ozib, terisi suyaklariga yopishib qol­
gan edi. Yusuf aka doktorlar bilan maslahatla­
shib, qishda uni Toshkentga olib bordi. Bu yer­
da ham saraton aniqlandi. Katta­katta doktorlar 
Yusuf akaning mo‘ltiragan ko‘zlariga qarolmay, 
«ojizmiz» degancha boshlarini quyi solishdi. Lekin 
Saodat opadan kasalini yashirishdi. Qishloqda 
ham hech kimga aytishmadi. Saodat opaning tu­
zalmas dardga yo‘liqqanini faqat to‘rt kishi – Yu­
suf aka, rais – Nurmat aka, Gulchehra va Obid 
akagina bilardi. To‘rttalovi ham bechora ayolni 
ko‘rishi bilan yuraklari ezilar, ko‘pincha tashqa­
riga chiqib, o‘zlarini tutolmay yig‘lashardi. Ayniq­
sa, Yusuf aka ko‘p azob tortardi. 
Urushdan yangi qaytganda Saodat opa uning 
kiyimlarini kiyib, traktor haydardi. Gulchehra 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling