Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
77 , Lekin bu sevgi unga nima keltiradi? Uni baxtli qiladimi, yo qayg‘uga soladimi – buni u bilmasdi. Ertasi kuni u Abdullaga onasining gaplarini, o‘zini qiynayotgan savollarni batafsil aytib berdi. Ular kanal yoqasida bir oz aylanishdi. Ikkalovi ham xomush, ikkalovining ham kayfi buzilgan edi. Abdulla shunday bo‘lishini sira kutmagan edi. Endi nima qiladi? Nahotki bor quvonchini shu yerga tashlab ketadi? – Balki, – dedi Gulchehra bir mahal, – kelasi yilga borarman. – Nahotki?! – qichqirib yubordi Abdulla. – Ayamlarga yana bir doktor topishdi. Tuzalib ketsalar, yanagi yilga boraman. – Gulchehra, jonim... Abdulla quvonch bilan uni quchoqladi. Lekin Gulchehra darrov o‘zini bo‘shatib oldi. – Kutasizmi? – Bo‘lmasachi! Ular shu qarorga kelib xayrlashishdi. Bir yil nima degan gap? Ko‘z ochibyumguncha o‘tib ketadi. Bir yildan keyin esa... Abdulla shirin xayollar og‘ushida uyga qaytdi. U shu paytda Gulchehraning yostiqqa yuzini burkab yig‘layot ganidan xabari yo‘q edi. Ertasi kuni Hojar buvi qishloqning o‘ttizqirq xotinqizini yig‘ib, beshik to‘yi qilib berdi. Obid aka bilan Abdulla rosa char chashdi. Lekin ikkalovi ham shod edi. Abdulla Gulchehra bilan qat’iy ahdlashganiga sevinsa, Obid aka uyda chaqaloqning ovozi eshtilayotgani dan boshi osmonda edi. Sevinganidan u, hatto osh suzib tarqatilganda, bitta yarimtalik ni ochib, Abdullaga ham ichirdi. Olmas Umarbekov 78 , – Jiyan! Seni yaxshi ko‘raman. Ishqilib o‘g‘lim senga o‘xshasin. Shunga ichmaysanmi? Abdulla yo‘q deyolmadi. Bir piyolani simirdi. – Barakalla! – dedi Obid aka. – Dadang xo‘p tortardida ilgari. Ichgin demayman, ichma, le kin, jiyan, manavinaqa paytda ozgina ichilsa, zi yon qilmaydi. Birinchi marta ichgani uchunmi, Abdullaning boshi aylandi, ko‘zlari qizarib ketdi. – Mazang yo‘qku! – dedi kulib Obid aka. – Ho zir tuzatamiz. Qani achchiqachchiq choy ichchi! Abdulla tog‘asi aytgandek qilib, ancha o‘zi ga keldi. Xotinlar tarqalishganda esa yo‘lga tushmoq chi bo‘lib qo‘zg‘aldi. Uning uyga ketgisi yo‘q edi. Lekin uchto‘rt kunga kelgan odam o‘n kun qolib ketdi. – Ayam xavotir oladilar, – dedi u buvisining qistoviga qaramay. – Ketaman. Obid aka bir nechta sur bedana tugib berdi. – Dadangga olib bor. Yemasa ham, ko‘ngli. – Kelib turgin, bolam. Jim bo‘lib ketmagin! – Endi teztez kelib turaman. Abdulla shunday deb, jilmaydi. – Shunday qil, bolam, shunday qil, – Hojar buvi hech narsaga tushunmay nevarasining yelkasiga qoqdi. Bir qo‘lida jomadon, bir qo‘lida tugun ko‘ta rib, Abdulla yo‘lga chiqqanda qosh qoraya boshlagan edi. Kechki poyezdga ikki soatcha bor. Gulcheh ra kelganmikan? U ko‘prikdan o‘tib, olmazor to mon yurdi. Gulchehra uni shu yerda kutmoqchi edi. Olmazorning etagiga yetganda uning qorasi ko‘rindi. Odam bolish qiyin 79 , – Keldingizmi? – dedi Abdulla unga yaqinlashib. Gulchehra boshini qimirlatdi. Xuddi birinchi uchrashuvdagidek ikkalovi yana ancha vaqt jim qolishdi. – Kelishdika? – Kelishdik, – dedi qiynalib Gulchehra. – Borishim bilan xat yozaman. – Kelasizmi? Gulchehraning ovozida cheksiz iltijo, muhab bat bor edi. Abdulla buni sezdi va to‘lqinlanib: – Albatta! – dedi. VII Har bir oilaning o‘ziga xos hayoti, tarixi bo‘ladi. Abdullalar oilasining ham ana shunday ham yax shi, ham yomon fazilatlarga ega bo‘lgan hayoti, tarixi bor edi. Bu oila uch kishidan iborat bo‘lib, Toshkentning markazida – Yangiobod mahal lasida istiqomat qilardi. Hovlilari katta, ko‘chaga orqa o‘girib tushgan uylari baland qasrni eslatar di. Abdullaning otasi – G‘afurjon aka mahalla ning obro‘li kishilaridan edi. Bironta to‘yma’raka usiz o‘tmas, mahallaning deyarli kattakichigi ko‘pin cha uning maslahati bilan ish tutardi. U o‘zi asli parkentlik bo‘lib, otasi bilan birga tunukasozlik qilgan, eski maktabda ozgina o‘qi gan, otasining vafotidan keyin Toshkentga kelib, Yangiobodda maktab ochgan o‘rtog‘i Husanxon akanikida yashay boshlagan edi. Yangi maktab da ham ozgina o‘qidi, keyin shu maktabda xo‘ja lik ishlarini boshqara boshladi. Bu sohada u qis qa vaqt ichida faqatgina maktab direksiyasi ning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling