Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
101 , – Qaydam, – dedi G‘afurjon aka, lekin ichida mehmonning taklifi unga ma’qul tushdi. – Shunday deyatganimki, – gapida davom etdi mehmon, – institut yangi. Uni bitirgan odam juda qimmatli kasb egasi bo‘ladi. Bu yog‘i menga ham yax shi. Qiz bilan ikkalovi birbiriga dalda bo‘lib o‘qirdi. – Rahmat, – dedi G‘afurjon aka minnatdor ohangda. – Men rozi, oyisi bilan keyin, Abdulla kelganda o‘zi bilan gaplashib ko‘ray. – Shunday qiling. Imtihon topshirmaydi. Hujjatlarini men olib ketaman. Gaplashib ko‘ring. Men bilan ham uchrashsin. Mehmon shunday deb, bloknotidan bir varaq yirtib, manzilini yozdi. U ketgach, G‘afurjon aka qog‘ozni ko‘rdiyu, uning kimligini esladi. – Shahodat, ho Shahodat! – qichqirdi u sevinchi ni yashirolmay. – Bilasanmi haligi odam kim? – Kim ekan? – dedi ayvonda ish tikib o‘tirgan Shahodat opa. – Arteldaligimda ekspeditor yigit bor ediku, Tursunali Qurbonov degan, esingdami? O‘sha. Shahodat opa eslolmadi. Lekin G‘afurjon akaning ko‘z oldidan bu odamning o‘qiyman deb O‘ratepadan qochib kelgani, turmushda qiynalib, bozorda hammolchilik qilgani va unga duch kel gani birmabir o‘tdi. G‘afurjon aka uni o‘shanda ishga joyladi, o‘qishini bitirganda yaxshi bir ziyo fat qilib berdi. Keyin Tursunali qayoqqadir ishga ketdi. O‘shandan beri ko‘rishmas edi. Mana, tog‘ tog‘ bilan uchrashmas ekan, odam odam bilan uchrashar ekan. Qancha yil o‘tib ketdi, bechora uni unutmabdi, atayin ko‘rgani kelibdi. Bu ham mayli, endi yaxshiliklarini qaytarmoqchi. Olmas Umarbekov 102 , Dunyoda yaxshi odamlar ko‘p, o‘ylardi chehrasi yorishib G‘afurjon aka, nega yubormasin Abdul lani? Borgani yaxshi, qiynalmaydi, qiynalib qolsa unchamuncha pulmul yuborib turishga qurbi yetadi. Innaykeyin, shunday katta odam, profes sor, yolg‘izlatib qo‘ymayman, deyapti. G‘afurjon aka shularning hammasini xoti niga tushuntirdi. Shahodat xola ko‘nglida qarshi bo‘lsa ham, erining ra’yini qaytara olmadi. – Mayli, ixtiyoringiz, – dedi u. – O‘zi nima der kin? O‘zi bilan gaplashing. Uning shunday deyishida jon bor edi. Abdulla eshushli bola, o‘ylardi u, dadasini shu ahvolda tashlab ketmas. Qachon tuzaladi, tuzala oladimi hali, noma’lum. Buni Abdulla ham biladi. Shu ning mulohazasiga boradi. Innaykeyin, hamma yoqda o‘qish bor, yaxshi o‘qisa shu yerda ham katta odam bo‘lib ketishi mumkin. Lekin G‘afur jon aka tinchimadi. – O‘zi nima derdi? – dedi u. – Boraman, deydi. Unday joyda o‘qish har kimga ham nasib bo‘la vermaydi. Mabodo ikkilanadigan bo‘lsa, sen ham jim turma, gapir. Shahodat opa indamadi. – Nega indamaysan? Yo o‘zing qarshimisan? – surishtira boshladi G‘afurjon aka. – Menga qara, besh yil hech gap emas. Hashpash deguncha o‘tib ketadi. O‘zing ham sezmay qolasan. O‘g‘ling yo‘q hunarni egallab kelsa yomonmi? – Men javobimni aytdim, – dedi Shahodat opa xo‘rsinib. – Ixtiyor o‘zingizda. Nimani lozim topsangiz, shuni qiling. Lekin, avvalo, o‘zi hal qilsin. Boraman, deb turib olsa, siz ham, men Odam bolish qiyin 103 , ham hech narsa deyolmaymiz. O‘g‘lingiz kichki na emas endi. – Men ham shuni aytyapmanda, xotin, – dedi G‘afurjon aka. – Endi kichkina emas. Lekin farzan dga maslahat berish – otaonaning vazifasi. Men gapirganimda indamay turmagin. Kelishdikmi? Shahodat opa «ha» degandek boshini qimirlat di. Abdulla bu yangilikni juda xotirjam eshitdi. G‘afurjon aka buni sira kutmagan, tezroq u bi lan gaplashishga shoshilgan edi. Shuning uchun o‘g‘li kelishi bilan qishloq yangiliklarini apiltapil eshitib, xushxabarni aytgan edi. – Ha, yoqmadimi? – so‘radi hayron bo‘lib u xo mush o‘tirgan o‘g‘lidan. – Yo‘q, nega? Yaxshi... – dedi Abdulla. Lekin ko‘nglida o‘zga yurtga borishni ista madi. Qanday ketadi, bir yildan keyin Gulcheh ra kelsa... Uni o‘zi zo‘rg‘a shunga ko‘ndirdiku! Qani endi u bilan birga Gulchehra ham ketsa, juda ajoyib bo‘lardi. Lekin bunday bo‘lmaydi. Demak, uning borishi kerak emas. Albatta insti tut yaxshi. Shuning ustiga Leningradda o‘qish – ko‘pchilik yetisholmaydigan orzu. Lekin u bor maydi, Gulchehrasiz borolmaydi. Shahodat opa mehr bilan o‘g‘liga tikilib, ha deganday boshini egib qo‘ydi. U xursand edi. O‘g‘lining ikkilanib turganini u o‘zicha tushungan edi. – Tursun amaking, o‘zim yordam berib turaman, doim holidan xabar olib turaman, deyapti. O‘zimiz senga bor desagu, bormaysanmi?! Manavi Tur sun amakingning manzili. Men bilan uchrashsin Abdulla, dedi. Ana, o‘zi bilan ham gaplash. – O‘ylab ko‘ray, – dedi Abdulla, lekin dadasi ning qo‘lidan qog‘ozni oldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling